Quvasoy shahar xalq ta’limi bo’lmi tasarrufidagi
16-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi
B U Y R U Q № ____
2023 yil 14.04 Sufon MFY
Maktabda o’quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida
Maktabda 2022-2023 o’quv yilida o’quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o’tkazish hamda O’zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 6-mart kungi 46-sonli buyrug’ini bajarish maqsadida
B U Y U R A M A N :
1. O’zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 6-mart kungi 46-sonli buyrug’i ,Farg’ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 5.04 kungi 41-sonli buyrug’i hamda Quvasoy shahar XTBning 13.04.kungi 135-11-167-XT/2023 –sonli buyrug’i ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2.Maktabda o’quv mashg’ulotlari 2023 yil 25 mayda tugallanishi belgilab qo’yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3.Maktabda o’uvchilarining davlat ta’lim standartlari asosida egallashi lozim bo’lgan malaka talablariga muvofiq bilimlarini sinovdan o’tkazish maqsadida 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari quyidagi fanlardan tashkil etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
a) IX sinf bitiruvchilari uchun yakuniy nazorat imtihonlari
Ona tili va adabiyoti
|
Yozma ( bayon) - 26 may
|
Matematika
|
Yozma - 30 may
|
Rus tili
|
Og’zaki - 1-iyun
|
Tarix
|
Og’zaki - 3-iyun
|
Jismoniy tarbiya
|
amaliy 3- 4-may
|
O’quvchilarning tanlovi bo’yicha( biologiya)
|
Og’zaki - 7 iyun
|
b) XI sinf bitiruvchilari uchun yakuniy nazorat imtihonlari
Ona tili va adabiyoti
|
Yozma ( insho) - 29 may
|
Matematika
|
Yozma - 1 iyun
|
Ingliz tili
|
Og’zaki - 3-iyun
|
O’zbekiston Tarixi
|
Og’zaki - 5-iyun
|
O’quvchilarning tanlovi bo’yicha(kimyo)
|
Og’zaki - 6-iyun
|
O’quvchilarning tanlovi bo’yicha (huquq)
|
O’g’zaki - 8-iyun
|
4.2022-2023 o’quv yilida maktab o’quvchilarining bosqichli nazorat imtihonlarini o’tkazish bekor qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. Maktabda 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari 2023 yil 26 maydan 15-iyungacha amalga oshirilsin (Jismoniy tarbiya fani bundan mustasno).
6. Maktabning IX sinf o’quvchilari uchun jismoniy tarbiya fanidan yakuniy nazorat imtihonlari 2023 yil 1 maydan 6 mayga qadar jismoniy tarbiya fanidan me’yoriy talablar asosida sinovdan o’tkazilsin. Bunda bolalar sog’lig’iga alohida e’tibor berib, malakali tibbiy xodimlarning nazorati ta’minlansin.
7.Maktabda 2022-2023 o’quv yilini muvaffaqiyatli yakunlash, yakuniy nazorat imtihonlariga puҳta tayyorgarlik ko’rish, imtihonlarni tashkiliy va uslubiy jihatdan yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha maktab ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga, tadbirlar rejasi 2-ilovaga, maktabda yakuniy nazorat imtihonlarini o’tkazuvchi imtihon komissiyasi a’zolarining huquq vazifalari 3-ilovaga asosan tasdiqlansin.
8.Ishchi guruhiga:
- maktabda o’quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko’rishlari uchun sharoitlar yaratish;
-Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlangan imtihon materiallarini maktabga belgilangan muddatlarda yetib borishini ta’minlash hamda imtihonlarning o’z muddatlarida o’tkazilishini nazoratga olish;
-bitiruvchi sinflar o’quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari natijalari, ularni o’tkazish yuzasidan taklif va mulohazalarni umumlashtirilib, joriy yilning 16 iyuniga qadar tuman xalq ta’limi bo’limiga taqdim etish vazifalari topshirilsin.
9.Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish maktab o’quv- tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari A.Shaxanov zimmasiga yuklatilsin.
Dostları ilə paylaş: |