Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Iqtisodiy geografik o‘rni. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni O‘zbekistonning shimoli g‘arbida joylashgan. Bu rayon Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan iborat.
Qoraqalpogʻiston, Qoraqalpogʻiston — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi Suveren demokratik Respublika.
Maydoni 166,6 ming km². Aholisi 2 mlnga yaqin (2021). Respublika poytaxti – Nukus shahri.
Transporti Qoraqalpogʻiston keng va turli-tuman transport tarmogʻiga ega. Transport yoʻli, havo, avtomobil transportlaridan keng foidalaniladi. 1994 yilda avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 4295 km, shu jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar 4235 km boʻlgan. 1999 yilda Amudaryoga Nukus va Xoʻjayli shaharlarini birlashtiruvchi avtomobil yoʻlli koʻprik qurildi.
Xorazm viloyati Xorazm viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Umumiy maydoni — 6 300 kvadrat kilometr.
Transporti Xorazm viloyati orqali Toshkent- Moskva, Dushanba-Moskva temir yoʻl oʻtgan, Urganch — Toshkent yoʻnalishida poyezdlar qatnaydi. Amudaryo ustiga qurilgan Hazorasp temir yoʻl koʻprigi ishga tushirilib (Hazorasp yaqinida, 2004), Hazorasp — Miskin — Toshkent temir yoʻl masofasi qisqardi. Koʻprik har sutkada 14 poyezd, 20 ming avtomobil oʻtkazish imkoniyatiga ega. Koʻprik strategik ahamiyatga ega. Viloyatdagi qattiq qoplamali avtomobil yoʻllarining uz. 2750 km (2004). Urganch, Xiva shaharlaridan Toshkent, Samarkand, Navoiy, Buxoro, Nukus va boshqa shaharlarga avtobuslar katnaydi. Urganch sh. xalkaro va mahalliy yoʻnalishlar aeroportlaridan xorijiy davlatlar (shu jumladan, Parij, Tokio, Munhen, Tel-Aviv, Moskva, Simferopol va boshqalar) shuningdek, Toshkent, Nukus va boshqa shaharlar bilan muntazam aviatsiya aloqasi oʻrnatilgan. Viloyat orqali Oʻrta Osiyo — Markaz, Buxoro — Ural, Turkmaniston — Rossiya xalqaro gaz magistral quvurlari oʻtkazilgan.