Bundan tashqari siz Matnni saqlashingiz, Matnni chop qilishingiz va matnni formatlashingiz mumkin.
Bundan tashqari siz Matnni saqlashingiz, Matnni chop qilishingiz va matnni formatlashingiz mumkin.
Matnni saqlash uchun, "File" tugmasini bosib, "Save"ni tanlang. Yoki, "Ctrl" + "S" tugmachalarini bosing.
Matnni chop qilish uchun, "File" tugmasini bosib, "Print"ni tanlang. Yoki, "Ctrl" + "P" tugmachalarini bosing.
Matnni formatlash uchun, menyudan kerakli elementni tanlang (masalan, "Home" yoki "Page Layout" tugmalaridan biri) va ko'rsatilgan imkoniyatlardan foydalaning.
Amaliyotdagi mashg’ulot
Microsoft Word dasturi main muharrirlari bilan ishlashga asoslangan dastur. Amaliyotda men Word dasturidan ishga kirish jarayoniga so’raladigan tarjimai hol yozdim. Bunda o’zim, oilam, va boshqa zarur bo’lgan ma'lumotlarni aniq va ravshan yetkazib berish, shu bilan birga tarjimai hol qay tartibda va qanday yozilishi kerak ekanligi bilan tanishdim va kelajak uchun ko'nikma sifatida bilib oldim.
Excel dasturida ishlash
Microsoft Excel, ko'p yoki kamida bir nechta ma'lumotni o'z ichiga olgan va ularni tahlil qilish tartiblash va ko'rsatish uchun mo'ljallangan bir elektron jadval dasturidir.
Excel dasturi,
Ma'lumotni tahrir qilish.
Jadvalni tahrirlash.
Ma'lumotni formatlash.
Ma'lumotni tartiblash.
Ma'lumotni hisoblash.
Jadvalni chop etish.
Kabi xususiyatlarni o’z ichiga oladi
Amaliyotdagi mashg’ulot
Microsoft Excel dasturi asosan jadvallar bilan ishlashga mo'ljallangan dastur bo’lib, ko’proq hisob-kitob ishlarini yengillashtirishga yordam beradi. Men ham amaliyot jarayonida amaliyotga doir bo’lgan hisob-kitob ishlarini bajardim. Ya‘ni o'quvchilarga berilgan topshiriqlar sonini hisobladim hamda ularga qo'yilgan baholarni o'rtacha hisobini chiqardim. Bular Exceldagi eng sodda formulalar orqali chiqishini bildim va murakkabroq o'rganishga harakat qildim.