Quyidagilar



Yüklə 225,74 Kb.
səhifə2/26
tarix09.11.2022
ölçüsü225,74 Kb.
#68170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
70-сон 31.01.2018(1)

1-ILOVA


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil asoslarini, shuningdek uning rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.

  2. Agentlik jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

  3. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi.

Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik va nazorat qilish, Agentlik xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.

  1. Agentlik faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan amalga oshiradi.

Keyingi tahrirga qarang.

  1. Agentlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlariko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.

  2. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shu jumladan,

Vazirlikning qarorlariga amal qiladi.

  1. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruviorganlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

  2. Agentlik va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boshqarmalari(keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutada bank hisob raqamlariga ega bo‘ladilar.

  3. Davlat xizmatlari markazlari yuridik shaxs hisoblanmaydi, mol-mulkka, xo‘jalik yurituvidayoki operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka ega bo‘lmaydi.

Davlat xizmatlari markazlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga ega bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
91. Hududiy boshqarmalarning fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi o‘rinlarda FHDY deb ataladi) arxivlari yuridik shaxs hisoblanmaydi, mol-mulkka, xo‘jalik yurituvida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lmaydi.
FHDY arxivlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga ega bo‘ladilar.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)

Yüklə 225,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin