Quyidagilar



Yüklə 225,74 Kb.
səhifə3/26
tarix09.11.2022
ölçüsü225,74 Kb.
#68170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
70-сон 31.01.2018(1)

Keyingi tahrirga qarang.
10. Agentlikning rasmiy nomi:
1) davlat tilida:
to‘liq nomi – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi,
qisqartirilgan nomi – “Davxizmat” agentligi; 2) rus tilida:
to‘liq nomi – Agentstvo gosudarstvennix uslug pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan,
qisqartirilgan nomi – Agentstvo gosuslug;
3) ingliz tilida:
to‘liq – Public services agency under the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi – Public services agency.
2-bob. Agentlikning tuzilmasi

  1. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi: Agentlikning markaziy apparati; hududiy boshqarmalar; Davlat xizmatlari markazlari;

Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
FHDYning hududiy arxivlari.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
1-§ Agentlikning vazifalari va funksiyalari:

  1. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  1. jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatiniamalga oshirish;

  2. ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish;

  3. Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirish, ushbu sohada davlat organlari va boshqatashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

  4. davlat xizmatlari ko‘rsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlarbazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, joriy etish va integratsiya qilishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

  5. davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslari vama’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash;

  6. davlat xizmatlari ko‘rsatishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishni tashkil qilish,ushbu sohada qonunchilik va huquqni ko‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.

13. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar shu jumladan, FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik rahbarlik qiladi;
(13-bandning 1-kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni, shuningdek FHDY sohasini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
(13-bandning 1-kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018y., 09/18/767/1966-son) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Vazirlikning topshiriqlari bo‘yicha va o‘z tashabbusiga ko‘ra qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi; davlat xizmati ko‘rsatish holati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qiladi;

Yüklə 225,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin