1
Quyosh energetikasi: ustuvor tadqiqotlar va rivojlanish
istiqbollari
Joriy yil 24-25-dekabr kunlari O‘zR FA Fizika-texnika va Materialshunoslik institutlari tomonidan “Quyosh
energetikasi: ustuvor tadqiqotlar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
o‘tkazildi. Unda respublikamizning yetakchi olimlari, yosh tadqiqotchilar hamda xorijiy mutaxassislar
ishtirok etdi.
Anjuman ishida Quyosh energiyasidan foydalanish sohasidagi ustuvor ilmiy yo‘nalishlar, uning bugungi
kundagi holati va rivojlanish tendensiyalari, ushbu yo‘nalishda xalqaro ilmiy hamkorlik imkoniyatlari
muhokama qilindi.
2
Shuningdek, anjuman doirasida loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan Quyosh panellari, suv isitgichlari,
asboblar va materiallar ko‘rgazmasi, yosh olimlar va doktorantlar uchun "Energiya ta’minoti va Quyosh
energiyasi sohasidagi dunyo nashriyotchilari va agregatorlarining elektron ilmiy manbalari" mavzusida
master-klass ham bo‘lib o‘tdi.
Dostları ilə paylaş: |