Quyosh haqida umumiy ma'lumotlar



Yüklə 7,4 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü7,4 Kb.
#191273
11-sinf


Quyosh sistemasiga kiruvchi jismlar bilan biz, dastlab «Tabiat-shunoslik» darslarida tanishgan edik. Ma'lumki, bu sistemaning eng yirik jismi Quyosh bo'lib, uning diametri Yernikidan 109 marta katta, massasi esa 330 000 Yer massasiga teng (25- rasm). Uning atrofida 9 ta yirik planeta bir-biriga yaqin tekisliklarda, turli davrlar bilan aylanadi. Quyoshdan uzoqligiga ko'ra, bu planetalar uning atrofida quyidagi tartib bilan joylashganlar: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun va Pluton.
Quyosh sistemasini shartli ravishda chegaralovchi Pluton, Quyoshdan Yerga qaraganda salkam 40 marta uzoqlikda joylash-gan. Ma'lumki, Yerning Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 150 mil­lion kilometr, binobarin, Plutonning Quyoshdan uzoqligi o'rta­cha 6 milliard kilometrni tashkil etadi. Quyoshdan Yergacha uning nurlari 8 minutdan sal ko'proq vaqtda yetib kelgani holda, Pluton-gacfca 5,5 soatdan ko'proq vaqt «yuradi».
  • Quyoshning kundalik ko'rinma harakatiga biz shu qadar ko'ni-kib qolganmizki, go'yo u abadiydek tuyuladi. Haqiqatan shundaymi? Quyosh so'nmaydigan osmon jismimi? Quyosh qisqa vaqtda g'oyib bo'lsa, planetamizda qanday o'zgarishlar ro'y bergan bo'lar edi?
  • Agar Quyosh so'nsa, zum o'tmay Yerni qorong'ilik qoplardi, chunki Quyoshning yorug'ligini qaytarish hisobiga ko'rinadigan Oy va planetalar ham osmonda ko'rinmay qolib, faqat yulduz-largina xira shu'lalari bilan Yerni yoritardi, xolos. Shuningdek, butun Yer yuzini izg'irin sovuq o'z «iskanjasiga» olardi. Bir haftaga qolmay tropiklar qor bilan qoplanar, daryolar oqishdan to'xtab, dengiz va okeanlar sekin-asta tubigacha muzlar, shamol ham «uvullash»ini bas qilardi. Xullas, hamma yoqni vahimali qorong'ilik va qahraton sovuq egallardi. Bunday sharoitda odamzod yoqilg'ilari zaxirasi hisobiga umrini bir oz cho'zsada, biroq u halokatdan qochib qutula olmas edi.

Quyosh haqida umumiy ma'lumotlar
  • Quyosh sistemasidagi to'qqizta planeta ichida Quyoshga eng yaqini Merkuriy bo'lib, qadimda uni arablar Utorud deb atashgan. Utorudning orbitasi boshqa planetalarnikidan farq qilib. cho'zinchoq ellips shaklidadir. Shuning uchun ham bu planetaning Quyoshdan uzoqligi 0,31 dan to 0,47 astronomik birlikkacha o'zgarib turadi. Planetaning Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 58 million kilometrni tashkil qiladi.ijMerkuriyning diametri 4880 kilometr bo'lib, uning sirtida tortish kuchi Yernikidan 2,6 marta kam. Boshqacha aytganda, og'irligi Yerda 80 kilogramm bo'lgan odam Merkuriyda atigi 30 kilogramm chiqadi.
  • Merkuriy o'z orbitasi bo'ylab sekundiga o'rtacha 48 kilometr tezlik bilan harakatlanib, Quyosh atrofini 88 kunda to'la aylanib chiqadi.
  • Merkuriy sirtining kunduzgi o'rtacha temperaturasi +345 gra-dusgacha (Selsiy shkalasida) ko'tarilgani holda, kechasi -180 gra-dusgacha pasayadi.

Merkuriy
Merkuriy sirti («Mariner-10»
KA olgan rasm)
Merkuriy sirtining relyefi.
  • Qadim rim mifologiyasida sevgi xudosining nomi bilan yuriti-ladigan bu planetaning Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 108 million kilometrdir. Venera (o'zbekcha nomi Zuhra) orbitasi bo'ylab sekundiga 35 kilometr tezlik bilan harakatlanib, 225 kunda Quyosh atrofida bir marta to'la aylanib ulguradi.
  • Ravshanligi jihatidan Quyosh va Oydan keyin turadigan bu planeta juda qadimdan kishilar diqqatini o'ziga tortib, qo'zg'almas yulduzlar fonida harakatlanishi birinchi bo'lib sezilgan «adashgan» yoritgichdir. Shuning evaziga u «Tong yulduzi» deb nom olgan.
  • 1610- yildayoq G. Galiley o'zi yasagan teleskopda uni kuzatib, Veneraning ham Oy kabi turli fazalarda bo'lishining guvohi bo'ldi. Bu hodisa Venera ham Oy kabi sferik shakldagi osmon jismi ekanligining dastlabki isboti edi. Veneraning kattaligi salkam Yerni-kicha bo'lib, diametri 12 ming 100 kilometrni tashkil qiladi.

Venera (Zuhra)
Vinera sirti olgangan rasm)
  • Yer Quyoshdan uzoqligi bo'yicha uchinchi o'rinda turuvchi planeta bo'lib, Yer rusumidagi planetalar ichida eng yirigi hisoblanadi. Yer osmonda juda chiroyli ko'rinish olishini, uning Oy sirtidan olingan rasmi to'la tasdiqlaydi (76- rasm). Planetamiz-ning ekvatorial radiusi 6378 kilometr. Yer, Quyosh atrofida se-kundiga taxminan 30 kilometr tezlik bilan harakatlanib, 365,24 kunda uning atrofida bir marta to'la aylanib chiqadi. Planetamizda bir yilda to'rt faslning kuzatilishi sababi Yer o'qining orbita tekisli-giga 66,5° og'maligi bilan tushuntiriladi.
  • Yer o'z o'qi atrofida 23 soat 56 minut 4 sekundda to'la aylanib chiqadi. Bu uning haqiqiy aylanish davridir. Biroq uning Quyoshga nisbatan o'rtacha aylanish davri biroz uzunroq bo'lib, rosa 24 soatni taslikil qiladi. Planetamizning Quyoshga nisbatan aylanish davrining uzunligi Quyoshning yulduzlar fonida yillik ko'rinma siljishidandir (bunday siljish Yerning Quyosh atrofida haqiqiy hara-katlanishi tufayli sodir bo'ladi).

Yer sayorasi
Yer sayoprasi
  • Urush xudosi Mars nomi bilan yuritiladigan Yer tipidagi to'r-tinchi bu planetaning orbitasi Yer orbitasidan tashqarida yotadi. Uning Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 228 million kilometr. Mars Quyosh atrofida aylanayotib, bar 780 kunda Yerga yaqinlashib turadi. Sunday yaqinlashish qarama-qarshi turish deyiladi. Mars orbitasi ellips shaklida bo'lganidan, qarama-qarshi turish paytida u Yerga eng yaqin kelganda (buyuk qarama-qarshi turish paytida), undan bizgacha masofa 56 mln km ni tashkil etadi. Planetaning buyuk qarama-qarshi turishi har 15—17 yilda kuzatilib, oxirgisi 1988-yilda bo'lgan edi.
  • Mars nisbatan kichik planeta, uning diametri 6775 kilometr, massasi esa 6,44 . 1023 kg (Yer massasining 0,107 qismini tashkil qiladi). O'rtacha zichligi ham Yernikidan ancha kam — 3,94 g/sm3. Erkin tushish tezlanishi — 3,72 m/s2.

Mars (Mirrix)
Mars sirti olgan rasm)
Merkuriy sirtining relyefi.
Yüklə 7,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin