Quyosh tizimi 1-rasm quyosh tizimi



Yüklə 185,06 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü185,06 Kb.
#35968
Quyosh tizimi


Quyosh tizimi


1-rasm. quyosh tizimi.
  Quyoshning gravitatsion taʼsir maydoni ichida harakatlanuvchi osmon jismlari (Quyosh, sayyoralar, sayyoralarning yoʻldoshlari, kichik sayyoralar, kome-talar, kosmik changlar) majmui. Quyosh tizimi chegarasining koʻrinma oʻlchami Pluton orbitasi (taxminan 40 a.b., q. Astronomik birlik) bilan aniqlansada, ammo uning haqiqiy chegarasi eng yaqin yulduzgacha (230 ming a.b. gacha) boʻlishi mumkin.Quyosh tizimining uzoq tashqi sohalari haqidagi maʼlumotlar Quyoshga yaqinlashuvchi uzun davrli kometalar va shu sistemani qoplagan kosmik changlarni kuza-tishdan olinadi. Quyosh tizimi hududidagi har qanday jism ham Quyosh tizimiga kiravermaydi. 

Quyosh tizimi jismlarining harakatlarini boshqaruvchi asosiy jism Quyoshdir. Sayyoralar, asosan, ichki (Merkuriy, Venera, Yer va Mars) va tashqi (Yupiter, Saturn, Uran va Neptun) guruhlarga boʻlinadi va ular oʻz xususiyatlari bilan bir-birlaridan tubdan farq qiladi. Ichki sayyoralarning oʻrtacha zichliklari 4,0—5,6 g/sm³, tashqi gigant sayyoralarniki 0,7—2,3 g/sm³boʻlishi ularning boshqa-boshqa moddalardan tashkil topganligini bildiradi. Venera, Mars, Merkuriy va Yupiter atmosferalari tekshirilganda ichki sayyoralar atmosferalari tashqilari-nikiga qaraganda ancha siyrak ekanligi maʼlum boʻldi.

Quyosh tizimiga kiruvchi kometalarut biz faqat Quyoshga 4—5 astronomik birlikkacha yaqinlashgandan keyin koʻra boshlaymiz. Quyoshga yaqinlashgan sari ularning yadrosi bugʻlanib koma ajralib chiqib kattalasha boshlaydi, soʻng Quyosh nurlarining bosimi taʼsirida dum hosil boʻladi. Baʼzi kometalar perigeliyda Quyosh toji ichidan oʻtib afeliyda 1 parsek uzoqlikkacha boradi va Quyosh atrofida aylanish davri bir necha oʻn mln. yil boʻlishi, hatto boshqa yulduzlar tortish kuchi taʼsirida orbitalarini oʻzgartirishi ham mumkin. 




3-rasm.Galaktika

2-rasm.Galaktika

Yüklə 185,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin