Kaliyning qishloq xo‘jalik ekinlari xosildorligi va uning sifatiga ta’siri. Kaliy bilan oziqlanish qishloq xo‘jalik ekinlarining hosili va uning sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Kaliy etishmasa o‘simliklarda yangi hujayralar kam xosil bo‘ladi. O‘simliklar o‘sishdan orqada qoladi. Moddalar almashinuv jarayoni buziladi.
Buning natijasida esa barglarda hosil bo‘lgan uglevodlarning xosil elementlariga kelishi kamayadi. Barglarda uglevodlar ko‘p to‘planadi va natijada barg vilt kasaliga chalinganga o‘xshab oqarib sarg‘ayib to‘kiladi.
Kaliy yuqori molekulyar uglevodlarning sintezini kuchaytiradi, natijada, o‘simliklar poyasining xujayralari devorlari qalinlashadi. Bu esa qishloq xo‘jalik ekinlarini yotib qolishdan saqlaydi va zig‘ir, kunjut, paxta tolalarining sifatini yaxshilaydi.
Kaliyning etishmasligi natijasida qator fermentlarning faoliyati buziladi, o‘simliklarning nafas olishi uchun qand moddalaring sarfi ortadi, uglevodlar va oqsillar almashinivi buziladi. Natijada puch pishmagan don, urug‘lar xosil bo‘ladi. Urug‘larning unuvchanligi va chiqishi yashash qobiliyatlari pasayadi, bu esa xosil sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining kaliy bilan yaxshi ta’minlamaslik ularning har xil kasalliklarga chalinuvchan qilib qo‘yadi, buning natijasida xosilni yig‘ishtirib olgandan so‘ng xosil uzoq vaqt saqlanishini yo‘qotadi, tez buziladi.
Kaliy etishmaganda o‘simliklarda quyidagicha tashqi belgilar paydo bo‘ladi: o‘simliklarning pastki yaruslaridagi eski barglari tezda sarg‘ayadi, keyinchalik barglar chekkalaridan uchlarigacha qo‘ng‘ir tusga kiradi. Ba’zi xollarda qizil zangsimon dog‘lar paydo bo‘ladi, barglarning chekkalari qurib qoladi.
Qishloq xo‘jaligida kaliyning aylanishi azot va fosforni aylanishidan ancha farq qiladi.
Donli ekinlarda doniga qaraganda somonida kaliy ko‘p bo‘ladi. Shu sababli somonning hammasi em xashaklar va mollarning tagiga to‘shama uchun ishlatilganda kaliyning ko‘p qismi go‘ng bilan birga yana tuproqqa qaytib keladi.
Shu munosabat bilan go‘ngdan ratsional va to‘liq foydalanish o‘simliklarning kaliy bilan ta’minlashda juda katta axamiyatga egadir.