«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə35/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

Nazorat savollari
1. Kaliyning o‘simliklar uchun qanday ahamiyati bor?
2. Tuproqdagi kaliyning miqdori va shakllari qanday?
3. Kaliyning qishloq xo‘jalik ekinlari hosiliga va uning sifatiga ta’siri qanday?
4. Kaliy o‘g‘itlar ishlab chiqarishdagi xom ashyo bazalarini aytib bering.
5. Xos kaliyli o‘g‘itlar va ularning vakillariga qaysilar kiradi?


9-maruza
Mavzu: mikroo‘g‘itlar va mikroelementlar.
reja:
1. Mikroelementlarning o‘simliklar oziqlanishidagi roli.
2. Tuproq tarkibidagi mikroelementlar
3. Mikroo‘g‘itlar, ularning turlari, normalari va foydlanish usullari.
Mikroelementlarning o‘simliklar oziqlanishidagi roli
Mikroelementlar - bu eng zarur oziq elementlari bo‘lib, o‘simliklarda mingdan bir-yuz mingdan bir foizni tashkil etadi va o‘simliklarning hayot faoliyatida muhim funktsiyalarni bajaradi. O‘simliklar hayotida mikroelementlarning fiziologik ahamiyati ochib berilgandan keyin dehqonchilikda ham mikroelementlarni qo‘llashning nazariy asoslari ishlab chiqildi.
O‘simliklarning mikroelementlar bilan oziqlanishining nazariy va amaliy masalalarini o‘rganishda Ya.V.Peyve, M.V.Katalimov, M.Ya.Shkolnik va boshqa olimlar o‘zlarining katta xissalarini qo‘shdilar. O‘simliklarda mikroelementlarning etishmasligi natijasida bir qator kasalliklar kelib chiqadi va o‘simliklarni halokatga olib kelishi mumkin.
Amalda mikroo‘g‘itlardan foydalanish oqibatida o‘simliklarning kasalliklarini bartaraf etish bilan birga yuqori sifatli hosil olishga imkon yaratadi.
Mikroelementlar o‘simliklarda kechadigan oksidlanish-qaytarilish jarayonida, uglevod va azot almashinuvida qatnashadi, o‘simliklarni kasalliklarga va tashqit muhitning noqulay sharoitlarining ta’siriga chidamliligini oshiradi.
Mikroelementlar o‘simliklar hujayralarining membranalarini o‘tkazuvchanligiga va oziq elementlarini qabul qilinishiga ta’sir qiladi.
Masalan, marganets o‘simliklarni tashqi muhitdan ionlarni tanlab qabul qilinishini, fosforni o‘simliklarning qari barglaridan yosh barglariga qarab harakatlanishini yaxshilaydi.
Temir - G‘e. Temirsiz o‘simliklarning bargida xlorofill hosil bo‘lmaydi. O‘simliklar xloroz kasali bilan kasallanadi.
Temir etishmasligi natijasida xlorofilning hosil bo‘lishi kamayadi va barglarning yashil rangi yo‘qola boshlaydi. Lekin temirning o‘zi xlorofillning tarkibiga kirmaydi.
Ilgari xlorofillning sintezida G‘e oksidlanish-qaytarilish jarayonini boshqaradi, deb taxmin qilingan edi.
Bunday taxminga aniqlik kiritildi, ya’ni xlorofillning paydo bo‘lishida ishtirok etadigan fermentlarda G‘e bor ekan.
Bor - V. Borning eng ko‘zga tashlanadigan roli o‘simliklarda sodir bo‘ladigan changlanish hodisasida seziladi, ya’ni borsiz o‘simliklar gulidagi otaligi o‘smaydi va changlanmagan gullar to‘kilib ketadi. Shuning uchun o‘simliklarda bor etishmasa, urug‘larining mahsuldorligi pasayib ketadi. Agar bor etishmasa, zig‘irda o‘suv nuqtasi quriydi, kartoshkada chirish kasalliklari rivojlanadi.
O‘simliklar ildizi o‘suv nuqtasining va o‘simliklarning o‘suv nuqtasining qurib qolishi borning etishmasligi bilan bog‘liqdir.
Bor o‘simliklarning hosil tarkibida ko‘p bo‘ladi.
Marganets. Hamma o‘simliklarning tirik hujayralari tarkibiga kiradi. Marganets o‘simliklarda kechadigan oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida faol ishtirok etadi, askorbin kislota sintezida ishtirok etadi.
Marganets etishmasa, makkajo‘xori, qand lavlagi, g‘o‘za, don-dukkaklilarda, tamakida xloroz kasalligi ro‘y beradi. Barglarining chetlari sarg‘ayadi, yosh novdalari qurib qoladi.
Marganetsning em-xashaklarda etishmasligi natijasida parrandachilikda jo‘jalarning oyoqlari qiyshayadi. O‘simliklar tarkibidagi marganetsning miqdori, quruq moddaga nisbtan 15 mg dan 400 mg gacha tashkil etadi.
Mis - oksidlovchi fermentlar tarkibida bo‘ladi, masalan, polifenoloksidoza fermenti tarkibiga kiradi. V guruhi vitaminlarining aktivligini oshiradi mis etishmasligi oqsil sintezini kamaytiradi.
O‘simliklarni misli birikmalar bilan kam oziqlantirilsa, hayvonlarda kamqonlik ro‘y beradi, yosh hayvonlar raxit bilan kasallanadi, qo‘y-echkilarda junning to‘kilishi ro‘y beradi.
Molibden - Mo. O‘simliklarda aminokislotalar va oqsil moddalarning sintezida nitratlarning ammiakgacha qaytarilish jarayonida ishtirok etadi.
Mo ushbu jarayonni tezlashtiruvchi nitratreduktoza fermenti tarkibiga kiradi.
Mo tuganak bakteriyalari faoliyatida ham muhim ahamiyatga ega. Agar Mo etishmasa, tuganak bakteriyalari atmosferadagi erkin azotni bog‘lamaydi.
Rux - karbonangidraza fermenti tarkibiga kiradi va nafas olish jarayonini tezlashtiradi. Auksinlarning hosil bo‘lishini yaxshilaydi. Rux etishmasa, o‘simliklarda oqsillarning parchalanishi sodir bo‘ladi. O‘simliklarning ruxga bo‘lgan talabi yorug‘lik kuchayishi bilan ortadi.
Kobalt So - bu mikroelementni ko‘proq dukkakli ekinlar talab qiladi, chunki kobalt tuganak bakteriyalarning faoliyatini kuchaytiradi.
Muhit reaktsiyasini nordonlashuvi natijasida, uning o‘simliklarga qabul qilinishi kuchayadi. Kobaltning ozuqa eritmasidagi optimal dozasi 1 l ga 0,06 mg nm tashkil etadi.
CHorva hayvonlarining ozuqasida kobalt etishmasa, yirik shoxli hayvonlarning va qo‘ylarning ishtahasi keskin pasayadi hamda ularning mahsuldorligi kamayadi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin