«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə38/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

6. Kobaltli mikroo‘g‘itlar.
Kobaltli mikroo‘g‘itlarni qora tuproqlarda, madaniylashtirilgan chimli podzol tuproqlarda, Markaziy Osiyoning kashtan va bo‘z tuproqlarida ishlatish yaxshi samara beradi. O‘simlik mahsulotlarining parhezlik hususiyatini oshirishda bu o‘g‘itlardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
Agarda 1 kg quruq pichan tarkibida kobaltning miqdori 0,07 mg dan kamaysa, chorva hayvonlari okobaltoz kasalligi bilan og‘riydi. Shuning uchun kobaltli o‘g‘itlardan yaylovlarni, o‘tloqlarni oziqlanishda foydalanish lozim, qaysiki, tuproqlari kobalt bilan yaxshi ta’minlanmagan mintaqalarda.
Yuqori tuproq mintaqaning har bir kg quruq tuproq tarkibida 1,0-1,1 mg, qora tuproq mintaqasida 0,6-2,0 mg, Markaziy Osiyoning kashtan va bo‘z tuproqlarining har bir kg da 1-1,5 mg kobalt bo‘lsa, kobaltli o‘g‘itlarning samaradorligi yuqori bo‘ladi.
Ildizdan tashqari oziqlantirish va urug‘larni ekishdan oldin ishlash uchun kobalt sulfatning 0,01-0,1 % li eritmasidan foydalaniladi.


Nazorat savollari
1. Mikroelementlar deb nimaga aytiladi?
2. Mikroelementlar o‘simliklarda kechadigan qanday jarayonlarda aktiv ishtirok etadi?
3. Qaysi mikroelementlar qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘llaniladi?
4. O‘simliklar hayotidagi temirning ahamiyatini gapiring.
5. O‘simliklar hayotidagi marganetsning roli.


10-maruza
Mavzu: Organik o‘g‘itlar.
Reja:
1. Organik o‘g‘itlar, ularning turlari va ahamiyati
2. Go’ng, uning turlari va tarkibi
3. Go‘ngni tuproqqa solish muddati va chuqurligi
4. Kompost tayyorlash uslublari, ularga fosfor va
kaliy qo‘shib boyitish
Organik o‘g‘itlar, ularning turlari va ahamiyati
Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirish uchun organik o‘g‘itlarni qo‘llash katta ahamiyatga ega.
Organik o‘g‘itlar deb, yangi yoki biologik qayta ishlangan, kelib chiqishi jihatidan o‘simliklar yoki hayvonlar chiqindilaridan bo‘lgan, tuproqqa solinganda uning unumdorligini va ekinlar hosildorligini oshiradigan moddalar kompleksiga aytiladi. Organik o‘g‘itlarga go‘ng, torf, turli xil kompostlar, ko‘kat o‘g‘itlar, yirik aholi punktlari va shaharlarning chiqindilari va boshqalar kiradi.
Bularning hammasi mahalliy o‘g‘itlar ham deyiladi, chunki ular xo‘jaliklarning o‘zida to‘planadi, tayyorlanadi va yashil o‘g‘itlar etishtiriladi.
Tuproqning biologik xususiyatlari organik o‘g‘itlar ishlatish hisobiga tubdan yaxshilanadi. Tuproqning haydalma qavatida doimo yashab, o‘simliklarning normal o‘sishi uchun sharoit yaratib beradigan mikroorganizmlarning miqdori gektariga 4-5 t ni tashkil etadi. Mikroorganizmlarning ta’siri ostida doimo tuproq unumdorligini oshiradigan jarayonlar kechadi va ularning faoliyati tufayli tuproqdagi foydali birikmalar miqdori ortib boradi.
Organik o‘g‘itlar ishlatilganda mikroorganizmlarning umumiy soni ortadi va ulardagi turli xil guruhlarning ham o‘zaro rivoji va nisbati yaxshilanadi.
Shunga ko‘ra, organik o‘g‘itlar tuproqdagi chiqindi moddasi miqdorini oshirishda asosiy rol o‘ynaydi.
Olib borilgan tajribalarning natijalariga qaraganda, har gektariga 150 kg azot, 100 kg fosfor va 50 kg kaliy ishlatilganda, tuproqdagi chirindi miqdori 15-18 % ga ortadi, go‘ng ishlatilganda esa uning miqdori ikki martaga ko‘payadi.
Tuproq unumdorligini oshirishda unda mavjud bo‘lgan juda ko‘p xildagi fermentlarning ahamiyati ham kattadir.
Fermentlar tuproq tarkibidagi oziq moddalarni o‘simliklar o‘zlashtira oladigan shaklga aylantirib beradi, o‘simliklarda modda almashinuvini tezlashtiradi. Tuproqqa organik o‘g‘itlar solinganda shu xildagi fermentlarning miqdori 3-4 marta ortgan.
Organik o‘g‘itlar ishlatilganda mikroorganizmlar hayot faoliyatining jadallashishi evaziga tuproqdagi biologik aktiv moddalarning turi va miqdori ko‘payadi. Biologik aktiv moddalardan hisoblangan auksinlar, geteroauksinlar, organik moddalar va aminokislotalar, vitaminlar o‘simliklar tomonidan juda oz bo‘lsa ham o‘zlashtirilishiga qaramasdan, unda kechadigan modda almashinuv jarayonlarini tezlashtiradi.
Natijada o‘simliklar tomonidan ko‘p miqdorda mineral o‘g‘itlar o‘zlashtiriladi, ekinlarning hosildorligi ortadi va mahsulotlarning sifati sezilarli darajada yaxshilanadi.
Olib borilgan ko‘p sonli tajribalarda kompost qilingan go‘ngda va organik o‘g‘it solingan tuproqlarda vitamin V12, riboflavin, nikotin kislotasi, biotin, pentsillin, streptomitsitin, terramitsin kabi fiziologik aktiv moddalar bo‘lishi aniqlangan.
Tuproqda penitsillin, streptomitsin, terromitsin kabi antibiotik moddalarning bo‘lishi, birinchidan, undagi kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlarni yo‘qotsa, ikkinchidan, o‘simlik tomonidan oz miqdorda o‘zlashtirilishiga qaramay uni turli xil kasalliklarga duchor bo‘lishidan saqlaydi. Shu sababli, organik o‘g‘itlar solingan maydonlardagi o‘simliklar sog‘lom bo‘lib, hosildorligi hamisha yuqori bo‘ladi. Organik o‘g‘itlar tuproqning oziq rejimini ham sezilarli darajada yaxshilaydi. Organik o‘g‘itlar tarkibida 0,5 % gacha azot, 0,25 % fosfor va 0,5 % atrofida kaliy bo‘ladi.
Bulardan tashqari, organik o‘g‘itlar tarkibida yana molibden, bor, rux, marganets, kobalt va mis kabi boshqa bir qancha foydali mikroelementlar ham bo‘ladi. Organik o‘g‘itlar tuproqning oziq rejimiga bevosita ta’sir ko‘rsatishdan tashqari yana bilvosita ham ta’sir etadi. Masalan, mikroorganizmlar o‘z hayoti faoliyati davomida azotli o‘g‘itlarni o‘zlashtirib, ularni o‘z tanasida saqlab turadi. Natijada azotli o‘g‘itlarning tuproqdagi aktiv harakati ancha pasayadi va u o‘simlikning ildiz sistemasi joylashgan qatlamida uzoq muddatgacha saqlanib turadi.
Demak, organik o‘g‘itlarni ishlatish azotli o‘g‘itlarning yo‘qolishini sezilarli darajada kamaytiradi va ularning samaradorligini ancha oshiradi.
Organik o‘g‘itlarning fosforli o‘g‘itlar xususiyatigaga ko‘rsatadigan ta’siri alohida ahamiyatga ega. Bunda, birinchidan, mikroorganizmlar o‘g‘itlar tarkibidagi fosforni o‘zlashtirib, uni tuproqdagi tuzlarning kimyoviy ta’siridan saqlab turadi. Natijada tuproqqa solingan fosforli o‘g‘itlarning ko‘pchilik qismi qiyin eriydigan shakllarga o‘tib qolishdan saqlanadi.
Ikkinchidan esa organik o‘g‘itlar va tuproqda ularning ta’sirida paydo bo‘lgan chirindi fosforni o‘rab olib, uni o‘simlik qiyin o‘zlashtiradigan shaklga o‘tib qolishdan saqlaydi.
Uchinchidan, tuproq fermentlari, mikroorganizmlarning nafas olish davrida ajralib chiqadigan karbonat angidrid gazi hamda organik o‘g‘itlarning parchalanishi natijasida paydo bo‘ladigan organik kislotalar ta’siri ostida tuproq tarkibida bo‘lgan fosforning eruvchanligi kuchayib, o‘simlik oson o‘zlashtira oladigan shaklga aylanadi.
Organik o‘g‘itlar ta’sirida tuproq zarrachalarining shimuvchanlik qobiliyati oshadi, natijada sho‘r yerlarda tuzlarning o‘simlik ildiziga ko‘rsatadigan zararli ta’siri ancha kamayadi.
Shunday qilib, organik o‘g‘itlar tuproq xususiyatlariga turlicha va sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatar ekan. Tajribalarda aniqlanishicha, organik o‘g‘itlar katta normada ishlatilganda o‘simliklarning yuqori dozada berilgan mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanishi uchun muvofiq sharoit vujudga kelar ekan.
1 tonna organik o‘g‘itlar tarkibidagi ozuqa moddalar miqdori,
kg hisobida

Organik o‘g‘itlar

1 t tarkibida, kg




Azot

fos. oksi.

kaliy oksi.

kalts. oksi.

yarim chirigan go‘ng

5,0

2,5

6,0

7,0

suyuq go‘ng

2,5

0,6

3,6

0,6

yuqorida hosil bo‘lgan torf, namligi 70 %

3,0

0,3

0,3

0,9

pastda hosil bo‘lgan torf, namligi 70 %

9,0

1,2

0,6

1,2

har xil chiqindilar

6,0

3,0

2,0

1,0




Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin