Azot bog‘lovchilarinng asosiy vakillari Atmosferadagi erkin molekulyar azotni o‘zlashtiradigan tuproq bakteriyalarining ikki turi mavjud:
1. Erkin yashovchi aerob va anaerob bakteriyalar
2. Dukkakli ekinlar ildizida ular bilan birgalikda yashaydigan tuganak bakteriyalaridir.
Tuproqda aerob sharoitda yashaydigan azot o‘zlashtiradigan azotobakter krokokkum va azotobakter agiliy singari bakteriyalarning hayot kechirishlari uchun tuproqning harorati 25-30°S, tuproq muhitining reaktsiyasi neytral bo‘lishi eng qulay sharoit hisoblanadi.
Tuproqdagi kislorodsiz muhitda ham hayot kechiradigan azot to‘plovchi kristridium paterianum bakteriyasi mavjudki, bu bakteriyalar tashqi muhit sharoitiga unchalik talabchan emas.
Kislorod etarli muhitda o‘sayotgan dukkakli ekinlar ildizida yashaydigan Psevdomonas radikikola deyiladigan aerob tuganak bakteriyalarning turi ham ko‘p uchraydi.
Ildiz tuganak bakteriyalari, ularning turlari va ahamiyati Ko‘pchilik yashil o‘simliklar va mikroorganizmlar atmosferadagi juda ko‘p miqdordagi molekulyar erkin azotdan foydalanadi. Shuning uchun atmosfera azotini o‘zlashtiradigan va to‘playdigan maxsus tuproq bakteriyalari alohida ahamiyatga ega. Kislorod etarli sharoitda o‘sayotgan dukkakli ekinlar ildizida yashaydigan Psevdomonos radikikola deyiladigan aerob tuganak bakteriyalarining turi ham ko‘p uchraydi. Har qaysi dukkakli ekin ildizida o‘ziga xos tuganak bakteriyalar yashaydi.
Bu mikroorganizmlarga sebarga bakteriyasi, beda, yo‘ng‘ichka, no‘xat, loviya bakteriyalari, soya bakteriyalari va boshqalar kiradi.
Havoda va tuproqda namlikning etishmasligi, harakatning keskin o‘zgarishi, tuproq kislotaliligining ortishi azot bog‘lovchi bakteriyalar aktivligini kuchli darajada pasaytiradi. Tuganak bakteriyalari tuproqning neytral va kuchsiz ishqoriy muhitida (RN=6-7) yaxshi rivojlanadi.
Kislotali tuproqlarni ohaklash tuganak bakteriyalari hayot faoliyatini yaxshilaydi, ularning aktivligini oshiradi va ularning ko‘payishini kuchaytiradi.
Tuganak bakteriyalarining aktivligi tuproqning ozuqa moddalari bilan ta’minlanishiga bog‘liq. Tuproqni yuqori darajada organik moddalar bilan, fosfor va kaliyning xarakatchan shakllari bilan ta’minlanishi tuganak bakteriyalarning aktivligini oshiradi. Dukkakli ekinlarning o‘sishi va rivojlanishi bilan asta-sekin tuganak bakteriyalarining aktivligi ortib boradi va gullash davriga kelib ularning aktivligi eng yuqori darajaga ko‘tariladi.
Atmosfera azotining bog‘lanishi o‘simlikning yoshidan ko‘ra tuganaklarning kattaligiga ham bog‘liq.
Tuganak bakteriyalari o‘zlashtirgan organik birikmalar holida bo‘lgan azot ular nobud bo‘lgandan keyin parchalanib, o‘simlik ildiziga oson singadigan azot tuzlarini hosil qiladi.
Lekin tuproq tarkibidagi organik moddalarning parchalanishi va atmosfera azotini bog‘lash natijasida hosil bo‘lgan azot bilan ekinlarning hosildorligini oshirish uchun dukkakli ekinlar o‘g‘itlarni qo‘llashni birga qo‘shib olib borish kerak.
Nazorat savollari
1. Bakterial preparat nima va u nima uchun tuproqqa solinadi?
2. Nitragin qanday preparat?
3. Tuganak bakteriyalarining o‘zlariga xos xususiyatlarini ayting?
4. Tuganak bakteriyalarning virulentligi nima?
5. Tuganak bakteriyalarining aktivligi nima?