O‘g‘itlarni haydov ostiga solish. Haydov ostiga solinadigan asosiy o‘g‘itlarning normalari O‘g‘itlarni haydov ostiga solish bu qishloq xo‘jalik ekinlarini butun o‘suv davrida ozuqa elementlari bilan bir tekisda ta’minlash demakdir.
CHuqur haydov ostiga solingan o‘g‘itlar o‘simliklar rivojlanishining eng zarur davrida, ya’ni o‘simliklarning tez o‘sayotgan va rivojlanayotgan davrida ozuqa elementlarini eng ko‘p iste’mol qiladigan davrida kerak bo‘ladi.
Shuning uchun xaydov ostiga solinadigan o‘g‘itlar asosiy o‘g‘itlar deyiladi. Bunday usulda o‘g‘itlar yillik normasining ko‘p qismi solinadi.
Asosiy o‘g‘itlarni tuproqqa solish muddatini aniqlash tuproqning mexanik tarkibiga iqlim sharoitlariga va o‘g‘itlarning o‘zlarini xususiyatlariga bog‘liqdir.
Nitratli va ammiak nitratli azotli o‘g‘itlarni nam iqlimli sharoitlarda chimli-podzol, o‘rmon sur tusli ishqorsizlangan qora tuproqlarda bahorda solinadi. Bu sharoitda azotli o‘g‘itlarni ko‘pgina kultivator bilan solinadi. Ammiakli azot issiq bahor oylarida 2 haftada to‘liq nitrat shakliga o‘tadi.
Bunday sharoitda azotli o‘g‘itlarni bahorda tuproqning ustki qatlamiga solinsa, namgarchilik bo‘lmasa tuproq quriydi va o‘g‘itlarning samaradorligi pasayadi.
Fosforli va kaliyli o‘g‘itlar ko‘pchilik asosiy tuproqlar sharoitida kuzda haydov ostiga solinadi.
Kaliyli o‘g‘itlar faqat qumli va qumoq tuproqlar sharoitida, nam iqlimli mintaqalarda, bahorda solinadi.
Go‘ng asosan kuzda haydov ostiga solinadi.
O‘g‘itlarni notekis solinishi 15-20 % dan ortmasligi kerak.
1. Haydov ostiga solinadigan asosiy o‘g‘itlarning normalari quyidagicha bo‘ladi.
Fosforli o‘g‘itlarning yillik normasining 70 %, agar kaliyli o‘g‘itlarning yillik normasi 100 kg gacha bo‘lsa, hammasi solinadi, 100 kg dan ko‘p bo‘lsa, 50 -60 % haydov ostiga qolgani esa oziqlantirishda beriladi.
2. Eroziyaga uchragan yerlarda azotning yillik normasini 50 % ni bahorgi haydov ostiga yoki chizel ostiga solinadi. Qolgan qismi ekish bilan va oziqlantirishda beriladi.
Fosforning 65-70 % haydov ostiga solinadi.
3. Sug‘orish eroziyasiga uchragan joylarda o‘g‘itlarning yillik normasini 4545-65 % ni yonbag‘irning kuchli yuvilgan joyiga 22-23 % ni yonbag‘irning o‘rtacha yuvilgan joyiga, qolgan qismini esa yonbag‘irning pastki qismiga ya’ni yuvilib tushgan loyqa va oziq moddalarni to‘plangan joyiga solish lozim.