«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə57/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

Nazorat savollari
1. O‘g‘itlash sistemasining rivojlanishi necha etapga bo‘linadi?
2. O‘g‘itlash sistemasining rivojlanishi birinchi etapda qanday tadbirlar amalga oshiriladi?
3. O‘g‘itlash sistemasining rivojlanishi ikkinchi etapida qanday tadbirlar amalga oshiriladi?
4. O‘g‘itlash sistemasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
5. Necha xil o‘g‘itlash sistemasi bor?


16-ma’ruza
Mavzu: Mineral o’g’itlarni saqlash, tashish va tuproqqa
Solish. Mineral o’g’itlar bilan ishlashda texnika xavfsizligi
REJA:
1. Mineral o’g’itlarni saqlash
2. Mineral o’g’itlarni tashish
3. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solish
4. Mineral o’g’itlar bilan ishlashda texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi.
1. Mineral o’g’itlarni saqlash.
O’g’itlarni saqlash, tashish va tuproqqa solishni to’g’ri tashkil etish
isrofgarchiliklarni kamaytirish va o’g’itlarning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Mineral o’g’itlar tipovoy loyqalar asosida qurilgan, temir yo’l stantsiyalari yaqinidagi, shuningdek bevosita xo’jaliklarining, ulardagi kgrokimyoviy punktlaridagi maxsus omborlarda saqlanadi.
Mineral o’g’itlar ochiq, jihozlanmagan maydonlarda saqlanganda ularning anchagina qismi isrof bo’ladi va sifati buziladi. Ngam tortadi, mushtlabi qoladi, tarkibidagi oziq moddalar miqdori kamayadi.
Yomg’ir qor va gurunt suvlari oqib chiqib ketadigan qilib ishlangan, maxsus
tayyorlangan, asfalt bosilgan yoki betonlangan oziq maydonlarda o’g’itlarni
polietilen qoplarda texnogen holda saqlashga ruxsat etiladi.
Bunda qoplarni yog’och taglikka taxlash kerak va ustidan brezent yoki
polietilen plyonka yopib qo’yiladi.
O’g’itlarni omborlarda saqlash zaruriyati ularning mavsumiy ishlatilishi va yil
davomida notekis kelishi bilan bog’liq. Omborlarning tiplari va o’lchamlari turlicha bo’ladi, ular o’g’itlarning yil davomida kelib ketishini hisobga olgan holda maolum sig’imiga mo’ljallangan bo’ladi. Temir yo’llar yonidagi va stantsiyalardagi omborlarning sig’imi xo’jaliklarning omborlariga nisbatan ancha katta bo’ladi. Omborlarning binosi temir-beton va yengil yog’och konstruktsiyalardan, shuningdek, g’isht va boshqa mahalliy qurilish materiallaridan quriladi. Ular turar joy, jamoat va ishlab chiqarish binolaridan kamida 200 m uzoqlikda bo’ladi.
Temir yo’l va stantsiya yaqinidagi omborlar sig’imi shu ombor xizmat
ko’rsatadigan xo’jaliklarning soniga, ularning ombordan uzoq yaqinligiga, kelajakda o’g’itlarga yillik ehtiyoj qancha bo’lishiga qarab, shuningdek, ombor qurishga hamda o’g’itlarning xo’jaliklarga tashishga sarflanadigan minimal sarf-xarajatlarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Temir yo’l yaqinidagi omborlarda mintaqaviy sharoitlarga bog’liq holda
o’g’itlarning yillik kelib ketishi ikki, uch va to’rt martagacha borishi mumkin.
Xo’jalik omborining o’lchamlari uning kelajakda mineral o’g’itlarga
bo’ladigan ehtiyojiga va ularning keltirish-sarfldash koeffitsientiga bog’liq bo’ladi.
Kelajakda o’g’itlarga ehtiyoji 1-2 ming tonnadan kam bo’lgan xo’jaliklarda
mineral o’g’itlarning xo’jaliklararo omborlarini qurish maqsadga muvofiqdir.
Tipovoy loyixalar bo’yicha qurilgan omborlar quidagi asosiy talablarga javob
berishi kerak:
o’g’itlarga atmosfera yog’in sochinlari, qor, va gurunt suvlari tegmasligi.
Omborda mikroiqlim yaratilishi lozim.
O’g’itlarni yuklash - tushirish ishlarini mexanizatsiyalashga imkon berishi lozim.
Idishlarga joylanmagan o’g’itlarni tushirish uchun omborda qabul qurilmasi
bo’lishi, omborning tagi albatta beton yoki asfatl bo’lishi shart.
Idishlarga joylangan hamda joylanmagan o’g’itlar omborlarda aloxida aloxida saqlanadi. Ular turiga va shakliga qarab maxsus xonalarga joylashtiriladi yoki idishlarga solinmagan o’g’itlar ko’chma to’siqlar bilan ajratib qo’yiladi. Xonaning yoki sektsiyaning old tomoniga o’g’itning nomi, tarkibidagi oziq moddalarning miqdori, olingan vaqti yozilgan yorliqlar osib qo’yiladi.
Idishlarga joylanmagan o’g’itlar 2-3 m balandlikdagi uyum holida saqlanadi.
Polga sochilgan o’g’itlar yig’ishtirib olinadi. Idishlarga joylangan o’g’itlar yassi yoki ustunlarga o’rnatilgan tagliklarga joylashtiriladi. Har bir taglik uch qavat va besh qatordan iborat bo’ladi.
Namlik yetarli darajada va ortiqcha bo’ldigan joylarda idishlarga joylangan o’g’itlarni panjara tagliklarga va stelajlarga joylashtirigan maoqul.
Joylashtirish vaqtida ehtiyoj bo’lish mumkin. Idish yirtilib -buzilganda o’g’itni darhol boshqa idishga joylashtirilishi lozim. Ammiakli selitraning o’t olish xavfi bor, shuning uchun u maxsus jihozlangan ajratilgan sektsiyalarda yoki alohida omborgda saqlanadji.
Ammiakli selitra solingan paketlarni stelajlarda yoki korroziyalanmaydigan ustunli tagliklarda 10 qavat qilib taxlangan holda saqlangan maoqul.
Taxlangan joy bilan devor orasidagi masofa 1m, uyumlar orasida esa 3 m gacha bo’lishi kerak.
2. Mineral o’g’itlarni tashish.
Mineral o’g’itlar zavoddan temir yo’l yaqinidagi omborlarga temir yo’l
transportida, bu omborlardan xo’djaliklarni omborlariga es avtotransportlar tashiladi.
Mineral o’g’itlarni temir yo’l transporida tashish va vagonlarni bo’shatish vaqtida isrofgarchilikni kamaytirish maqsadida quyidagilarga rioya qilish zarur:
topish uchun faqat butun vagonlardan foydalanish lozim;
maqsadlarga mo’ljallangan usti yopiq temir yo’l vagonlarida, asosan paketlarda hamda vagonlarga yaxshi o’rnatilgan ustunli tagliklarda tashish lozim, vagonlardan paketlardagi o’g’itlarni tashib ketish uchun vagon eshiklari keng bo’lishi kerak. Idishlarga joylashmagan donador o’g’itlarni yaxshi ixtisoslashgan o’z-o’zidan tushiriladigan vagonlarda yoki eshiklari o’z-o’zicha zich berkiladigan, to’siqlar bilan jihozlangan usti yopiq umumiy vagonlarda tashigan maoqul.
Fosforit uni va ohak temir yo’l tsisternalarida - tsementavozlarda yoki maxsus o’zi to’kadigan vagonlarda tashiladi.
O’g’itlarni avtotransportda tashishda yopiq kuzovli maxsus avtomashinalardan, odatdagi avtomashinalar bilan tashishda esa kuzov ustini to’kmaydigan material bilan qoplash lozim.
O’g’itlar tushirib olingandan keyin avtomobillarning kuzovlarini yaxshilab tozalash kerak. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solish uchun tayyorlashda, ularni dalaga tashib olib boishda va yerga solishda iloji boricha o’g’itni isrof qilmaslik lozim.
O’g’itni solishga tayyorlash, ularni maydalash va aralashtirish ishlari maydalagich va o’g’it aralashtirish mashinalaridan foydalangan holda bevosita
omborning o’zida bajariladi, maydalagich va aralashtirgichlar bo’lmaganida esa bu ilar qulda-albatta asfalt yoki beton maydonchalarda bajariladi.
O’g’itni dalaga tashib borish va ularni solish ishlari to’g’ri oqimi va ag’darma texnologiya bo’yicha bajarilishi mumkin.
Birinchi holda o’g’itlar bitta mashinaning o’zi bilan tashiladi va tuproqqa solinadi.
Ikkinchi holda esa o’g’itlar dalaga avtotransport vositalari bilan olib boriladi va dala chetidagi maxsus tayyorlangan maydonchalarga ag’darib kelinadi va so’ngra o’g’itlar sogichlarga yuklanadi. Avtotransport kuzovlarining teshiklari yaxshilab berkitilishi lozim.
3. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solish.
Mineral o’g’itlarni tuproqqa turli usullarda solish mumkin.
O’g’itlarni tuproqqa solishda, ayniqsa aviametod bilan solishda o’g’itlanadigan maydondantashqariga to’kilishi hisobiga ular isrof bo’lishi mumkin.
Markazdan qochirma soggichlardan foydalanilganda, o’g’itni uzatib beradigan qurilma uzib qo’yilganda, o’g’itlar tarqalilarga o’z-o’zini to’kilishi, shuningdek, dala bo’ylab notekis taqsimlanishi yo’l qo’yiladigan normadan ortib ketishi mumkin. Bu esa ularning samaradorligini kamaytiradi.
O’g’itlar solishning optimal dozalari, muddatlari va solish usullariga rioya qilinmaganida, tuproqqa o’g’itlar solingandan keyin ham oqar suvlar olib ketishi va pastki qatlamlarga yuvilib ketishi natijasida o’g’itlardagi oziq mddalar isrof bo’lishi mumkin.
Isrofgarchiliklarni kamaytirish uchun o’g’itlarni agrokimyo xizmatining va ilmiy tashkilotlarning tavsiyalariga muvofiq holda foydalanish, ularni kuzgi-qishki va erta bahorgi davrlarda ortiqcha namlangan tuproqlarga hamda tekislanmagan rel’efi dalalarga solinishiga yo’l qo’ymaslik, bahorgi ekinlar va ko’p yillik o’tlarga bahorgi oziqlantirish maqsadida solish ishlarining qor erib ketganidan va tuproq yuzasidagi hamda ichidagi erigan qor suvlari oqib ketgandan keyin amalga oshirish kerak.
O’g’itlarni dalaga iloji boricha bir meoyorda taqsimlanishiga erishish zarur, buning uchun markazdan qochma sochgichlarni to’g’ri boshqarish, burilishlarda o’g’it mashinalari ish organlarini o’z vaqtida uzib ulashni qatoiy nazorat qilib turish kerak.
Samolyotlardan foydalanilganda aniq signalizatsiya sistemasini taominlash, o’g’itlanadigan maydon chegaralarini belgilash va shamol bo’layotgan vaqtda o’g’it sepmaslik muhim ahamiyatga ega. O’g’it va zahar ximikatlar sepish uchun aviatsiya ishlatish harakatlarini ko’paytirsa ham, lekin dalalarga tez kimyoviy ishlov berish zarur bo’lganda yoki juda namlangan dalalarda mashinalardan foydalanish mumkin bo’lmagan hollarda muhim ahamiyatga ega. Bunda o’g’it va zaharli kimyoviy vositalar ishlatishga qilingan ortiqcha xarajatlar ishlarni bajarishning optimal muddatlariga rioya qilish natijaida olinadigan qo’shimcha hosil hisobiga qoplab ketadi.
SHu sababli o’g’itlarni mashinada va aviatsiyada solish bir-birini to’ldirish lozim. Ikkala usulda bajariladigan ishlar hajmining nisbatlari konkret zonal sharoitlarga qarab belgilanadi.
Sug’orib dehqonchilik qilinadigan bizning sharoitimizda mineral o’g’itlar tuproqqa asosan yer ustki agregailari bilan solinadi. Asosiy o’g’itlarni kuzgi haydov ostiga solish uchun NRU-500, RUM tipidagi sochish agregatlaridan foydalaniladi. Bu agregatlar mineral o’g’itlarni tuproqning yuzasiga bir tekisda sepadi.
Qolgan holatlarda mineral o’g’itlar asosan oziqlantirgich kultivatorlar bilan solinadi.
Ekishdan oldin tuproqqa ishloq berish paytida mineral o’g’itlarni chizel -kultivatorlar bilan 18-20 sm chuqurlikka solinadi. Ekish bilan birga beriladigan azotli va fosforli o’g’itlar ekish chizig’idan 5-6 sm yonboshga va 10-12 sm chuqurlikka solinadi. Asosiy qishloq xo’jalik ekini hisoblangan g’o’zani oziqlantirishda ham o’g’itlarni KRX tipidagi kultivator oziqlantirgichlar bilan tuproqqa bir necha oziqlantirishlarda solinadi:
g’o’zani birinchi oziqlantirish 2-4 ta chin barg chiqarganda amalga oshiriladi. Bunda mineral o’g’itni g’o’za qatoridan 12-15 sm yoniga va 14-16 sm chuqurlikka solinadi. Bunda azotli o’g’itlar solinadi.

4. Mineral o’g’itlar bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi va mehnat


muhofazasi.
Mineral o’g’itlar bilan ishlashda ishlovchilarning hammasi xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi qoidalariga qatoiy rioya qilishlari lozim.
O’g’itlar va ohakli materiallar bilan ishlashga 18 yoshdan kichik bo’lmagan shaxslargagina ruxsat etiladi.
Ishlovchilarning hammasi o’g’itlar bilan ishlashni boshlashdan oldin texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasiga oid instruktajdan o’tishlari zarur. O’g’itlar bilan ishlashdagi texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalari ombor binosiga ilib tso’yilgan bo’lishi kerak.
Ombor ichida va ombor tashqarisida o’g’itlar bilan ishlashda barcha ishchilar shu xildagi ishlar uchun tavsiya etilgan maxsus kiyim: kamenzon, qo’lqoplar, ko’zoynak, raspiratorlar yoki protivogazlar kiyib olishlari kerak.
Ammiakli selitrani saqlashda yong’inga qarshi qoidalarga rioya qilish zarur.
Uni ombor tashqarisida uyum holida va yonuvchan moddalar bilan birgalikda saqlash mumkin emas. Ammiakli selitra saqlanadigan omborda chekish, ochiq
alangadan foydalanish va qizdirish vositalaridan foydalanish taoqiqlanadi.
O’t chiqib ketganida uni faqat suv sepib o’chirish darkor.
O’t o’chirish vaqtida ajrab chiqayotgan azot oksidlaridan zaharlanib qolmaslik uchun protivogazdan foydalanish lozim. Suyuq ammiak bilan ishlashda, ayniqsa ehtiyot bo’lish kerak.
O’g’itlar bilan to’xtovsiz ishlashda respiratordan foydalanilayotgan bo’lsa, har yarim soatdan keyin 5 minut tanaffus qilish tavsiya etiladi.
Ish kunining oxirida, ish tugagandan keyin yuvinish lozim.
Ish joyida doimo toza suv zapasi va dori-darmonlar qutichasi bo’lishi kerak. O’g’itlar ko’zga tushganda, uni darhol ko’p miqdordagi toza suv bilan yuvish va tezlik bilan tibbiy punktga murojaat qilish, kuygan hollarda esa kuygan joyni kuchli suv oqimida yuvish, spirtni 5 % li eritmasi bilan artish va doka bog’lab qo’yish kerak.
Mineral o’g’itlar saqlanadigan omborlardan oziq-ovqat mahsulotlarini, don mahsulotlarini saqlashda, uy-ro’zg’or buyumlarini saqlashda foydalanish
taoqiqlanadi.
Nazorat savollari
1. Mineral o’g’itlar saqlanadigan omborlar qanday asosiy talablarga javob
berishi kerak?
2. Turli xil mineral o’g’itlar omborlarda qanday saqlanadi?
3. Mineral o’g’itlarni tashishda isrof bo’lish sabablari va uni oldini olish
tadbirlari.
4. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solishning usullarini gapiring.
5. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solishdagi isrofgarchiliklar va ularni bartaraf
etish yo’llarini ayting.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin