«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə45/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

12-ma’ruza
Mavzu: Tuganak bakteriyalar va ularning ahamiyati
Reja:
1. Bakterial preparatlar, ularning turlari va ulardan foydalanish uslublari.
2. Azot bog‘lovchilarning asosiy vakillari.
3. Ildiz tuganak bakteriyalari, ularning turlari va ahamiyati.


Bakterial preparatlar, ularning turlari va ulardan foydalanish uslublari
Tuproqning foydali mikroorganizmlarining tarkibini yaxshilash va aktivligini oshirish uchun bakterial preparatlar qo‘llaniladi.
Mineral va organik o‘g‘itlarni tuproqqa solganda, o‘simlik uchun o‘zlashadigan yoki o‘zlasha oladigan shaklga o‘tadigan ozuqa moddalari tushadi.
Bakterial preparatlarni tuproqqa solganda, ozuqa moddalar emas, balki o‘simliklar oziqlanish sharoitini yaxshilovchi turkum tuproq mikroorganizmlari tushadi.
Bakterial preparatlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Nitragin bakterial preparatlar
2. Azotobakterin bakterial preparatlar
3. Fosforobakterin bakterial preparatlar
4. AMB bakterial preparatlar
1.Nitragin - aktiv tuganak bakteriyali bakterial preparatdir.
Tuganak bakteriyalari o‘zlariga xos xususiyatga egadir, ya’ni ular ma’lum bir dukkakli ekinlar ildizida tuganak hosil qiladi, xolos.
Ulardan birlari faqat bedaning ildizida tuganak hosil qilsa, boshqalari esa no‘xatning, yana boshqalari loviya va soyaning ildizida rivojlanadi hamda tuganak hosil qiladi. Ba’zi hollarda tuganak bakteriyaning o‘ziga xos xususiyatlari shunday kuchli namoyon bo‘ladiki, hatto bir turdagi o‘simliklar ildizlaridagi tuganak bakteriyalar shu turning ichidagi boshqa o‘simliklarning ildizida rivojlanadi. Tuganak bakteriyalari o‘zlariga xosliklaridan tashqari yana virulentlik va aktivligi bilan ham farq qiladi.
Virulentlik - tuganak bakteriyalarning dukkakli ekinlar ildiz tolalaridan ularning ildizlariga kirib, tuganaklar hosil qilish xususiyatidir.
Tuganak bakteriyalarning aktivligi esa ularning atmosfera azotini o‘zlashtirish qobiliyatidir.
Bu bakteriyalarning faqat aktiv guruhlari dukkakli ekinlarni azot bilan ta’minlaydi.
Aktiv bo‘lmaganlari esa hatto o‘simliklarni halok qilishi mumkin. Dukkakli ekinlar ildizmevalariga virulentlik xususiyatiga ega bo‘lgan bakteriyalarni yuqtirganda ham aktiv bo‘lmagan bakteriyalar tuganak hosil qiladi. Lekin atmosfera azotini bog‘lamaydi.
Eskidan haydalib kelinadigan, madaniylashgan tuproqlarda tez-tez dukkakli ekinlar etishtirilib kelinayotgan bo‘lsa, dukkakli ekinlarning ildizlarida hatto nitragin solinmasa ham tuganaklar hosil bo‘laveradi.
Lekin ilgari dukkakli ekinlar o‘stirilmagan joyga ular ekilsa, ularning ildizlariga nitragin yuqtirilmasa, tuganak bakteriyalari ildizlarida tuganak paydo bo‘lmaydi. Dukkakli ekinlarning ildizlarida tuganak paydo qiluvchi bakteriyalarning xususiyatlariga ko‘ra guruhlari.



Bakteriyalarning xususiyatlari bo‘yicha guruhlari

Ildizida tugunaklar hosil bo‘ladigan o‘simliklar


yo‘ng‘ichka


no‘xat, china, chechvitsa


beda, donnik, trigonella


lyupin va seradella


Soya


Loviya


mosh


eryong‘oq


Kanakunjut


Espartset


oq akatsiya


sariq akatsiya

Kislotali muhitga ega bo‘lgan tuproqlarda tuganak bakteriyalari kam aktiv shaklga o‘tadilar. Botqoq tuproqlarda ular umuman bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday tuproqlarda dukkakli ekinlarni yangi ekkanda, nitragin yuqtirish lozim.
Tuganak bakteriyalarining virulentligi va aktivligi tashqi muhit ta’sirida kuchayishi va passayishi mumkin. Kislotali tuproqlarga ohak solganda, organik, fosfor, kaliyli va mineral mikroo‘g‘itlar solinganda, tuproqning namligini optimal darajagacha etkazilganda, tuganak bakteriyalarning aktivligi va virulentligi ortadi, azotli o‘g‘itlar solinganda esa pasayadi.
Ilgari tuproqni tuganak bakteriyalari bilan boyitish maqsadida oldin dukkakli ekinlar ekilgan maydondagi tuproqdan olib, yangidan dukkakli ekinlar ekilayotgan maydonning tuprog‘iga tuganak bakteriyalarning yuqtirishni tavsiya etiladi. Bu esa yangi maydonga tuganak bakteriyalaridan tashqari har xil bakteriyali va virusli kasalliklarni kelishiga ham sabab bo‘lardi.
Keyinchalik bu usul ta’qiqlandi. Tuproqlarning tuganak bakteriyalari bilan boyitishning eng ishonchli va samarali usuli - bu nitragindan foydalanishdir. Nitraginni maxsus zavod laboratoriyalarida tayyorlanadi.
Bir gektar maydondagi dukkakli ekinlarga tuganak bakteriyalarini yuqtirish uchun bitta yarim litrlik shishadagi nitragin etarlidir.
Nitragin tayyorlangan kundan boshlab 9 oy saqlanadi. Uzoq vaqt saqlanganda esa tuganak bakteriyalarining aktivligi pasayib ketadi.
Nitraginni yadoximikatlar saqlanadigan xonalarda, omborlarda saqlash qat’iyan man etiladi.
Nitraginni tuproqqa dukkakli ekinlarning urug‘lariga yuqtirish yo‘li bilan solinadi. Buning uchun dukkakli ekinlar ekiladigan kuni toza idishga kerakli miqdorda preparat solinadi.
Bunda, 10 kg urug‘ning ustiga 2 stakan toza suv quyiladi, 20 kg urug‘iga bir stakan suv quyilib, yog‘och tayoqcha bilan 3-5 minut davomida nitragin suvga aralashtiriladi. Aralashmani tindirib qo‘ymasdan, tezlik bilan taxta pol yoki brezent ustiga yoyib qo‘yilgan urug‘lar namlanadi.
Urug‘larning hammasi birday namlanguncha ular aralashtiriladi.
Urug‘lar qurishi bilan ular qoplarga solinib, ekiladigan joylarga yuboriladi.
Nitraginlash soyada olib boriladi. Agar dukkakli ekinlarning urug‘lari formalin bilan zaharlangan bo‘lsa, urug‘lar yaxshilab quritiladi, shamollatiladi va undan so‘ng tuganak bakteriyalari yuqtiriladi. Agar urug‘lar gronozan bilan zaharlangan bo‘lsa, nitragin faqat ekishdan oldin yuqtirilishi mumkin.
Nitragin nafaqat urug‘lar bilan birga, balki, tuproqqa aralashtirib ham yerga solish mumkin. Buning uchun dukkakli ekinlar ekiladigan maydonda 300-400 kg tuproq olinib, har gektariga sarflanadigan nitragin miqdori bilan yaxshilab aralashtiriladi va bu aralashma yerga sepiladi.
Xo‘jaliklarda tayyorlanadigan nitragin quyidagicha tayyorlanadi: kuzda, kasalliklarga chalinmagan, yaxshi hosil bergan dukkakli ekinlar ekilgan yerlardagi ildizlar terib, to‘planib olinadi va yaxshilab tozalanadi hamda maydalanadi. Shunday ildizlarni tanlab olish lozimki, ulardagi tuganaklari yirik-yirik bo‘lishi kerak.
Quritilgan ildiz yaxshilab maydalanadi va 1 mm li elakdan o‘tkaziladi.
Shunday poroshok nitragin sifatida foydalanish mumkin.
Bunday nitragin 2 yilgacha saqlanishi mumkin.
1 g nitraginda 8-19 mln tuganak bakteriyalari bo‘ladi.
2. Azotobakterin - tarkibida azotobakteri bo‘lgan preparatdir
Azotobakter - tuproqda erkin yashovchi va aerob guruhiga kiruvchi azot bog‘lovchi bakteriyalardir. Bu bakteriyalarning tuganak bakteriyalardan farqi shundaki, bu bakteriyalar ildizning ichiga kirmaydi, ildizning yaqinida erkin holda yashaydi. Azotobakter o‘zining rivojlanishi uchun o‘simliklar ildizlari ajratmalaridan va ildizning chirigan qismidan foydalanadi, ildiz atrofi tuprog‘ini azot bilan oziqlanishini yaxshilaydi. Azotobakterin tuproqli, torfli va agarli bo‘ladi. Tuproqli yoki torfli azotobakterin chiqindili tuproqdagi yoki kuchli parchalangan neytral reaktsiyali torfdagi ko‘paytirilgan azotobakteriyalardir.
Bunday azotobakterin g‘allali ekinlar, sabzavot va texnika ekinlari urug‘lariga har gektariga 3 kg dan, kartoshka va sabzavot ekinlari ko‘chatlariga 6-9 kg dan ishlatiladi.
Urug‘lar poyaga yoki brezent ustiga yoyiladi va suv bilan 30-40 kg urug‘ uchun 1 l suv sarflanadi.
Shundan keyin kerakli miqdordagi azotobakterin bilan aralashtiriladi. Agar azotobakterin urug‘larga yopishmasa, ular yana qaytadan namlanadi. Namlanganda urug‘lar bir-biriga yopishib qolsa, ular shamollatib, sergitiladi. Azotobakterin yuqtirilgan urug‘lar 24 soat ichida ekib yuborilmasa, ularga yana azotobakterin yuqtiriladi.
Azotobakterinni kartoshkaga yuqtirib, ekish uchun kartoshka ekiladigan yerdan azotobakterin miqdoriga nisbatan 8-10 barobar ko‘p bo‘lgan tuproq bilan aralashtiriladi. Keyin bir gektarga etadigan kartoshka urug‘i 15 l suv bilan namlanadi va tayyorlangan azotobakterin tuproq aralashmasiga sepiladi va yaxshilab aralashtiriladi.
Sabzavot ekinlari ko‘chatlarining ildizlarini torfli azotobakterindan tayyorlangan quyuq eritmaga botirib olib ekiladi. Agarli azotobakterin shishalarda tayyorlanadi. Urug‘larni ekishdan oldin azotobakterin bor shishaga 200 ml suv quyiladi va bir sutkada 5-6 marta chayqatiladi. Urug‘lar ekiladigan kuni tayyorlangan aralashma suv bilan suyultiriladi. Urug‘lar uchun 1 ga yerga 1 l, kartoshka uchun 10 l hisobida suyultiriladi. Eritmalar urug‘lar bilan, kartoshka bilan yaxshilab aralashtiriladi.
3.Fosforobakterin - tuproqdagi fosforli organik birikmalarni minerallashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan mikroorganizmlardan iborat bakterial preparatdir.
Urug‘lar bilan tuproqqa tushgan fosforobakterin o‘simlik ildiz sistemasi yaqinida rivojlanadi va fosforli organik birikmalarni o‘simliklarga yaxshi o‘zlasha oladigan mineral shakliga o‘tkazadi. Fosforobakterin suyuq va quruq holda ishlatiladi.
Suyuq fosforobakterin shisha idishlarda bo‘ladi. G‘allali, sabzavot va texnik ekinlari urug‘lari uchun 1 gektariga 50 ml, kartoshka, bo‘za urug‘lari va lavlagi uchun 100 ml sarflanadi.
Ekiladigan urug‘lar fosforobakterin bilan ekishgacha ozroq muddat qolganda ishlanadi. Fosforobakterinning kontsentratsiyali eritmasi iliq suv bilan suyultiriladi. Mayda urug‘lar uchun 50-70 kg ga va yirik urug‘lar uchun 100-200 kg ga suv sarflanadi, 10-20 l suv 1,5-2 t kartoshka uchun sarflanadi.
Fosforobakterin yuqtirilgan urug‘lar yaxshilab aralashtiriladi, 20-25 sm qalinlikda yoyiladi va havoda quritiladi. Kartoshka urug‘i quritiladi. Poroshok holidagi fosforobakterin 1 gektariga 250 g sarflanadi.
Ishlashidan oldin suv bilan suyultiriladi, bu eritma yaxshilab 5-6 marta chayqatiladi, xona haroratida 2-3 soat qoldiriladi. Qolgan jarayonlar suyuq fosforobakterindan qanday foydalanilgan bo‘lsa, shunday amalga oshiriladi.
4. AMB - kombinatsiyalangan bakterial preparati bo‘lib, tuproqdagi chirindini minerallashtirib, o‘simliklar uchun oson o‘zlashadigan ozuqa moddalari hosil qiladi.
AMB preparati yordamida tuproq chirindi moddasining parchalanish va chirish jarayonlarini tezlashtirishi mumkin.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin