Ko‘kat o‘g‘itlar va ularning ahamiyati Ko‘kat o‘g‘itlar bu tuproqni organik moddalar va azot bilan boyitish uchun haydaladigan yangi ko‘kat o‘simliklar massasidir. Bu usulni ko‘pincha sifratsiyalash ham deyiladi. O‘g‘itlash uchun etishtiriladigan o‘simliklarni esa sideratlar deb ataladi.
Sideratlar sifatida ko‘proq dukkakli ekinlar va shuningdek, kuzgi javdar, roj, perko kabilar ekiladi. Ko‘kat o‘g‘itlar boshqa xar qanday organik o‘g‘itlar singari tuproqni hususiyatiga har tomonlama ijobiy ta’siri qiladi. Lekin ko‘kat o‘g‘itlar avvalo tuproqni organik moddalar va azot bilan boyitadi.
Ko‘kat o‘g‘itlar yerga xaydalganda tuproqni xaydov qatlami ko‘p miqdorda azot va boshqa ozuqa moddalar to‘planadi. Sideratlar hamma kul elementlarini ildizlari bilan tuproqning pastki qatlamlaridan tortib so‘rib oladilar go‘ng etishmagan sharoitlarda ko‘kat o‘g‘itlar uni o‘rnini ancha bosishi mumkin. Sideratlarning ko‘k massasi tarkibidagi azotning miqdori go‘ngning tarkibidagina teng yoki hatto undan ko‘p xam bo‘lishi mumkin. Lekin fosfor va kaliy anchagina kamdir. Go‘ng va sideratlarning ko‘k massasi tarkibidagi asosiy ozuqa moddalarining miqdori ko‘kat o‘g‘itlardagi fosfor va kaliyning etishmagan qismini fosforli hamda kaliyli o‘g‘itlarning sideratlarning o‘zlariga yoki uni xaydashda tuproqqa solib to‘ldirish mumkin.
O‘simliklarning ko‘kat o‘g‘itlardagi azotni o‘zlashtirish koeffitsienti go‘ngdagiga nisbatan 2 barobar ko‘pdir. Ko‘kat o‘g‘itlarni xaydaganda ularning tarkibidagi azot xech yo‘qolmaydi.
Sideratlar tuproqda boshqa tarkibida ko‘p miqdorda klechatka bo‘lgan organik o‘g‘itlarga nisbatan tez parchalanib ketadi. Tuproqqa xaydalgan ko‘kat o‘g‘itlar uning kislataliligini pasaytiradi. Alyuminiyning xarakatchanligini kamaytiradi. Buferligini, singdirish sig‘imi, ion sig‘imini, suv o‘tkazuvchanligini oshiradi. Tuproq strukturasini yaxshilaydi.
Ko‘kat o‘g‘itlar tuproqdagi mikroorganizmlar hayot faoliyatini keskin yaxshilaydi. Tuproqdagi mikrobiologik jarayonlar xali sideratlar o‘sayotgan davrdayoq kuchayadi. Xuddi shu o‘suv davrida ularning ildizlaridagi tuganak bakteriyalarning faoliyati kuchayadi.
Tuproq mikroorganizmlari uchun yana ham sharoitlari sideratlarni xaydagandan so‘ng yaratiladi.
Tuproqda xaydalgan ko‘kat o‘g‘itlarning parchalanishi natijasida tuproq va tuproq ustki havosida SO2 gazi ko‘payadi. Tuproqda o‘simliklar o‘zlashtira oladigan kul elementlari ko‘p miqdorda to‘planadi.
Ko‘kat o‘g‘itlar unimdorligi past ayniqsa qumli va qumloq mexanik tarkibli tuproqlarning unimdorligini oshirishda muxim vosita xisoblanadi.