210
6.5.2. O‘stirilayotgan va boquvdagi qoramollarning qo‘shilgan
va tirik vaznining tannarxini hisoblash
O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari bo‘yicha tirik vazni,
qo‘shilgan vazni va molning umumiy tirik massasi tannarx hisoblash
obyektlari bo‘lib hisoblanadi.
Qo‘shilgan tirik vaznning tannarxi ushbu hisob guruhidagi mollarni
saqlash xarajatlari umumiy summasini (qo‘shimcha
mahsulotlar qiymati
chegirib tashlangan holda) qo‘shilgan tirik massaga bo‘lish yo‘li bilan
aniqlanadi.
U yoki bu hayvon turining tegishli guruhi bo‘yicha qo‘shilgan vazn
quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
V
q
=Vo+Vch-Vk-Vb,
(1)
Bunda: V
q
- qo‘shilgan (semirgan) vazn;
Vo - yil oxiriga qolgan vazn;
Vch – yil davomida xo‘jalikdan chiqarilgan hayvonlar vazni (no-
bud bo‘lgan hayvonlarning yil boshiga bo‘lgan
tirik vaznini ham
qo‘shgan holda);
Vk – yil davomida xo‘jalikka kirim qilingan hayvonlar vazni;
Vb – yil boshiga bo‘lgan vazni.
O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari bo‘yicha qo‘shilgan
vazn tannarxini hisoblashdan tashqari bir sentner tirik massasining ham
tannarxi hisoblanadi.
Tirik vazn tannarxini hisoblash
shuning uchun ham zarurki,
o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarining har bir turi bo‘yicha
1100-«O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi schot-
lar» (1110-1120) bo‘yicha hisob yuritishda har xil baholar qo‘llaniladi.
Masalan, olingan buzoq, uning olingan bosh sonidan qat’iy
nazar sut
yo‘nalashidagi asosiy podaga qilingan xarajatning 10 foizi bo‘yicha tan-
narxi aniqlanadi. Buzoqning qo‘shilgan vazni rejadagi qo‘shilgan vazn
tannarxi bo‘yicha baholanadi. Sotib olingan buzoqlar esa haqiqatda sotib
olingan baholarda kirim qilinadi. Boquvga qabul qilingan katta yoshli
mol va o‘tgan yilgi yosh mollar yil boshidagi
bir sentner tirik vazni
o‘tgan yillardagi o‘rtacha tannarxi bo‘yicha hisobga olinadi.
Go‘sht yo‘nalishidagi chorvachilikda tannarx hisoblash obyektlari
quyidagilar: asosiy poda bo‘yicha – olingan asl, qo‘shilgan tirik vazn va
sut, o‘stirishdagi va boquvdagi chorva mollari bo‘yicha esa qo‘shilgan