R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Chorva mollarining son ko‘rsatkichlari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə179/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   226
10.2.2. Chorva mollarining son ko‘rsatkichlari 

Chorvachilikda ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy hajmi


bevosita chorva mollarning bosh soni va uning mahsuldorligiga
bog‘liqdir. Chorva mollarining bosh soni-chorvachilik mahsulotlarini
aniqlashda, yem-xashakka bo‘lgan talabni aniqlashda, chorvachilik in-
shootlarini qurishda, ishchi kuchiga bo‘lgan talabni aniqlashda keng
foydalaniladi. Chorva mollarni bosh soni xo‘jalikning kundalik, oylik,
choraklik hamda yillik hisobotlaridan 1 yanvargacha bo‘lgan holatiga
binoan, ularning bosh sonini quyidagi uch ko‘rsatkich orqali aniqlash
mumkin:
1. Chorva mollarining ma’lum muddatga bo‘lgan soni;
2. Chorva mollarining ma’lum bir davrdagi o‘rtacha bosh soni;
3. Chorva mollarining shartli soni.


330
Chorva mollarning ma’lum muddatga bo‘lgan (har qaysi oyning,


choraklikning va yilning boshiga) soni to‘g‘risidagi ma’lumotlardan,
mollar soniga bog‘liq bo‘lgan yutuqlarni, mollar soni rejasining
bajarilishini nazorat etish, yem-xashakka bo‘lgan talabni
rejalashtirishda, tarmoq taraqqiyotini tavsiflashda keng foydalaniladi.
Bizga ma’lumki, yil davomida chorva mollar bosh soni – buzoq
olish, zotli mollarni chetdan sotib olish, davlatga mollarni so‘yib, go‘sht
sifatida sotish, mollarning nobud bo‘lishi va boshqa holatlar o‘zgarib
turganligi sababli, chorva mollarining sonini ma’lum muddatga
hisoblashdan tashqari, ularning u yoki bu davr uchun o‘rtacha sonini
ham aniqlash zarurdir.
Chorva mollarining ma’lum bir davrdagi o‘rtacha son ko‘rsatkichi
orqali, chorva mollarni oziqlantirish darajasi, bir bosh mol hisobiga
sarflangan mehnat birligi hamda yetishtirilgan yalpi mahsulot,
mahsuldorlik darajasi va boshqalar aniqlanadi. Chorva mollarining
oylik, choraklik va yillik o‘rtacha sonini aniqlash uchun-oddiy usul,
o‘rtacha arifmetik (ham oddiy ham tortgichli) va o‘rtacha xronologik
miqdorlar formulalaridan keng foydalaniladikim, ularni batafsil quyida
o‘rganib chiqamiz.
Oddiy usul. Bunda, har oyning boshi va oxirida chorva mollarining
bosh soni berilgan bo‘lsa, shu oy uchun o‘rtachasini oddiy usul bilan
aniqlash mumkin. Bu formula quyidagi ko‘rinishga ega:
2
2
1
x
x
X
+
=

Bu yerda - x


1
va x
2
oy boshi va oy oxiridagi chorva mollarining
bosh soni; X- shu oydagi chorva mollarining o‘rtacha bosh soni.
Misol: 1 yanvardagi sigirlar soni -250;
1 fevraldagi sigirlar soni -260;
1 martdagi sigirlar soni -264;
1 apreldagi sigirlar soni -270.
Endi yuqoridagi formulalar orqali har bir oy uchun chorva mol-
larining o‘rtachasini aniqlaymiz:
Yanvar oyi uchun(250+260) / 2 = 255 (bosh)
Fevral oyi uchun (260+264) / 2 = 262 (bosh)
Mart oyi uchun (264+270) / 2 = 267 (bosh)
Oddiy o‘rtacha arifmetik. Agarda, chorva mollarining har oy uchun
o‘rtachasi aniqlangan bo‘lsa, o‘rganilayotgan ma’lum davrdagi (masalan
bir choraklik uchun) chorva mollarining o‘rtachasini aniqlash uchun od-
diy o‘rtacha arifmetik formula orqali aniqlanadi:


331
i q 1,2,3,..., n;


n
x
X
i

=

Bu yerda, x - o‘rganilayotgan hodisaning belgisi;


n - o‘rganilayotgan hodisaning soni;
- o‘rganilayotgan hodisaning o‘rtachasi.
Endi yuqoridagi hisoblangan har bir oy uchun chorva mollarining
o‘rtacha sonini ushbu formulaga quyib hisoblaymiz:
261
3
784
3
267
262
255
3
=
=
+
+
=
=

=
n
x
X
i

Statistika chorva mollarining u yoki bu davrdagi o‘rtacha sonini


aniqlash bilan bir qatorda ularning shartli bosh sonini ham hisobga olib
boradi.
Shartli chorva mollar soni. Ma’lumki, chorva mollarining har xil
turlari va guruhlari bo‘yicha ularning umumiy (fizik) bosh sonini
qo‘shish usuli bilan hisoblab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham chorva-
chilikning umumiy ahvoli va taraqqiyotini tavsiflash uchun «Chorva
mollarining shartli bosh soni» ko‘rsatkichi keng qo‘llaniladi.
«Chorva mollarining shartli bosh soni» ni aniqlash uchun dastavval
mollarning turlari va guruhlari bo‘yicha fizik sonlarini belgilangan koef-
fitsientlarga ko‘paytirib, kelib chiqqan natijalarni qo‘shish yo‘li bilan
topiladi. Amalda barcha chorva mollar va parrandalarning shartli
qoramolga aylantirib olinadi. Boshqa chorva mollar va parrandalar
shunga nisbatan hisoblab topiladi. Bular uchun belgilangan koeffitsient-
larga asos qilib, bir bosh molning o‘rtacha qiymati va iste’mol qilinadi-
gan yem-xashak miqdori olinadi. Bu qabul qilingan koeffitsientlarni
quyidagi 10.2-jadval orqali keltiramiz:



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin