10.1.3. Agrotexnika chora-tadbirlar statistikasi
Statistikada agrotexnika tadbirlari deb, belgilangan dehqonchilik
ishlarini qisqa muddatda yuqori saviyada o‘tkazish hamda mineral va
organik o‘g‘itlardan intensiv ravishda foydalanish, bahorgi ekish
mavsumini qisqa muddatda tugallash, almashlab ekishni to‘g‘ri joriy
qilish, syerunum navli urug‘larni sepish va dehqonchilik madaniyatini
oshirishga qaratilgan boshqa tadbir (ishlar)ga aytiladi.
Dehqonchilik mahsulotlarini ko‘paytirishning eng asosiy
yo‘llaridan biri bo‘lib, barcha qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini
oshirish uchun agrotexnika tadbirlarini o‘z vaqtida yuqori saviyada tash-
kil etishdan iboratdir. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, agrotexnika tad-
birlari darajasi tabiiy sharoitga bog‘liq bo‘lganligi uchun, bu ko‘rsatkich
ishlab chiqaruvchi kuchlarning va dehqonchilikdagi konkret shakllardagi
intensifikatsiya darajasining rivojlanganligiga qarab aniqlanadi. Hozirgi
kunda agrotexnika tadbirlari darajasining yuqori darajada bo‘lishi uchun
birinchi navbatda mexanizatsiyalashtirish, ishlab chiqarishni ximiya-
lashtirish va foydalaniladigan yerlarda keng ko‘lamlarda melioratsiya
ishlarini olib borishdan iboratdir.
Yuqori darajadagi agrotexnika tadbirlari bilan ta’minlash uchun
dehqonchilikda shunday birinchi darajali bo‘lgan intensifikatsiya
shakllaridan biri bo‘lgan sug‘orish va quritish meliorativ sistemasi
(tizimi) ni qurish, yangi yuqori hosil beradigan navlarni joriy etish, yu-
qori samaradorligi bo‘lgan mashinalardan foydalanishdan iboratdir.
Shuni ta’kidlab o‘tish kyerakki, dehqonchilikda intensifikatsiya darajasi
hosildorlikka ta’sir etishda faqat kerakli bo‘lgan mehnat vositalari va
materiallariga bog‘liq bo‘lmasdan, balkim ularning tavsifi va ulardan
foydalanish darajasiga ham bog‘liqdir.
Demak, statistik agrotexnika tadbirlari - eng asosiy agrotexnika
tadbirlarining hajmini va samaradorligini aniqlashda, eng ilg‘or agrotex-
nik usullarini joriy etishdagi ishlarni tavsiflashda yordam beradi.
322
Agrotexnika tadbirlari statistikasining asosiy vazifalari quyidagi-
lardan iboratdir:
- agrotexnika tadbirlarni amalga oshirish reja bajarilishini nazorat
etish;
- agrotexnika tadbirlarni amalga oshirishdagi hajmini va ularning
iqtisodiy samaradorligini aniqlash;
- eng ilg‘or agrotexnika tadbirlarni o‘rganish va joriy etish va h.k.
Agrotexnika tadbirlari quyidagi guruhlarga bo‘linib o‘rganiladi:
- hosilning tashkil topishiga ta’sir etuvchi agrotexnika tadbirlari
bunga almashlab ekish uchun ajratilgan maydon va uning darajasi;
meliorativ holati yaxshilab o‘zlashtirilgan yerlar, kuzgi ekin turlarining
qora shudgor bilan ta’minlanishi va boshqalar kiradi;
- agrotexnika ishlari - bunga yerda namni to‘plash bo‘yicha
o‘tkaziladigan maxsus tadbirlar; tuproqqa asosiy ishlov berish va ekish
oldidan o‘g‘it sepish; ekishga tayyorlash choralari; ekish va ko‘chat
o‘tkazish; hosilni yig‘ib olish, hosilni yig‘ib olingandan so‘ng uni qayta
ishlash va h.k. kiradi;
- hosilni tashkil topishga bevosita ta’sir qiluvchi moddiy sarflar-
bunga o‘g‘itlar (mahalliy va mineral), zaharli ximikatlar va boshqa ki-
myoviy moddalar, ekish uchun sarflangan urug‘lar, sug‘orish uchun
sarflangan suv va boshqalar kiradi.
Agrotexnika tadbirlari ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
- umumiy - dalachilikdagi agrotexnika tadbirlari darajasi;
- xususiy - ayrim ekin guruhlarga tegishlisi;
- maxsus - qishloq xo‘jalik ekin turlarining konkret turiga qarab.
Misol. 1 ga haydalgan yerga sepilgan o‘g‘it - umumiy bo‘lib hisobla-
nadi.
1 ga g‘alla maydoniga sepilgan o‘g‘it - xususiydir.
1 ga suli maydoniga sepilgan o‘g‘it-maxsusdir.
Statistikada quyidagi agrotexnika tadbirlari bo‘lgan umumiy
ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi:
1 ga qishloq xo‘jaligi yerlariga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish
vositalarining ta’minlanishi (so‘mda); har 100 ga qishloq xo‘jaligi yer-
lariga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jaligi texnikalari; 1 ga haydalgan
yerlarga sepilgan o‘g‘it va h.k.
Agrotexnika tadbirlari samaradorligiga - belgilangan tadbirlarni
hajmi, ishning sifati, hosilga ta’sir etuvchi moddiy sarflar va tadbirlar-
ning o‘z vaqtida o‘tkazilganligi kiradi.
323
Belgilangan tadbirlar hajmini naturada (fizik) birliklarida, ayrim
hollarda shartli-natura birliklarida aniqlanishi mumkin. Masalan, belgi-
langan konkret ishlardan biri bo‘lgan suv sarfi m³ da o‘lchansa, mineral
o‘g‘itlarni esa shartli tuklarda (shartli naturada) o‘lchanadi.
Agrotexnika tadbirlari (ishlari)ni tahlil etishda xo‘jalik hisobotlari
va buxgalteriya hisobining dastlabki ma’lumotlari asosida dastavval ba-
jarilgan ishlarning haqiqiy hajmini rejaga yoki o‘tgan (bazis) yilga nis-
batan taqqoslanib, absolyut (mutlaq)-(+,-) va nisbiy-(% da) o‘zgarishlari
aniqlanadi.
Endi agrotexnika tadbirlari tizimiga kiruvchi ayrim muhim
ko‘rsatkichlarini hisoblash uslubiga (metodikasiga) to‘xtalib o‘tamiz:
- almashlab ekishni olib borish darajasi (% da)- almashlab ekish
uchun ajratilgan ekin maydonni 100 % ga ko‘paytirib, umumiy ekin
maydonga bo‘linib aniqlanadi;
-
kuzgi ekinlarning qora shudgor (bir yoz bo‘sh qoldirilgan may-
don) bilan ta’minlanish darajasi (% da)-qora shudgor maydonni 100 %
ga ko‘paytirib, kuzgi ekinlar jami maydoniga bo‘linib aniqlanadi;
-
bahorgi ekinlarning kuzgi shudgor bilan ta’minlanishi darajasi
(% da) - kuzgi shudgor maydonini 100 % ga ko‘paytirib, bahorda
haqiqiy ekilgan ekinlar umumiy maydoniga bo‘linib (bunga kuzda ekil-
gan ekinlarning nobud bo‘lgan qismi bahordagi qayta ekishga kirmaydi)
aniqlanadi;
-
xo‘jalikning urug‘ bilan ta’minlanish darajasi (% da)-haqiqiy
mavjud urug‘larni shu urug‘larga bo‘lgan talabga (normativ yoki
me’yorga) bo‘linib, 100 % ga ko‘paytirib hisoblanadi;
-
xo‘jalikning urug‘ga bo‘lgan talabi (kg, sentner yoki tonnada) –
1 ga sepish me’yori (normativ)ni shu ekinlar uchun ajratilgan maydonga
ko‘paytirib hisoblanadi;
-
1 ga sepish (kg yoki sentnerda) me’yoriy (normativi)- urug‘ning
ekish normasini urug‘ning yaroqlilik koeffitsientiga bo‘linib aniqlanadi;
-
xo‘jalikdagi urug‘larning yaroqlik koeffitsienti (% da)-
urug‘larning tozalik koeffitsientini unib chiqish koeffitsientiga
ko‘paytirilib hisoblanadi;
-
xo‘jalikdagi yaroqli urug‘larning miqdori (kg, sentner yoki
tonnada) – bor bo‘lgan urug‘larning natura og‘irligini xo‘jalikdagi
urug‘larning yaroqlilik koeffitsientiga ko‘paytirib hisoblanadi;
-
urug‘larning tozalik koeffitsienti (% da) - sog‘lom urug‘larning
og‘irligini umumiy urug‘larning og‘irligiga bo‘linib, 100 % ga
ko‘paytirib hisoblanadi;
324
-
sepilgan urug‘larning unib chiqish koeffitsienti (% da) – sepilgan
urug‘larning unib chiqqan qismini jami sepilgan urug‘larga bo‘linib, 100
% ga ko‘paytirib hisoblanadi;
-
urug‘larning namlik koeffitsienti (% da) - urug‘dagi bor bo‘lgan
namlikni jami urug‘ og‘irligiga bo‘linib, 100% ga ko‘paytirib hisobla-
nadi;
-
o‘simlikka ta’sir etuvchi o‘g‘itdagi oziq moddalarning miqdori
(kg, sentner yoki tonnada)- o‘g‘itning natura og‘irligini o‘simlikka ta’sir
etuvchi o‘g‘itdagi oziq moddalarning o‘rtacha foiziga ko‘paytirib, 100%
ga bo‘linib aniqlanadi.
Bu ko‘rsatkichni ayrim holatlarda quyidagi formula shakliga ham
keltirilib o‘rganiladi, ya’ni:
D=FxK / 100, bu yerda
D - o‘g‘itdagi oziq moddalari miqdori (kg, sentner yoki tonnada);
F - o‘g‘itning natura (fizik) og‘irligi (kg, sentner yoki tonnada);
K - o‘g‘itdagi oziq moddalar darajasi (% da).
Masalan, xo‘jalikda yerga 35% li oziq moddaga ega bo‘lgan 110,0
sentner azotli o‘g‘it solinadigan bo‘lsa, u holda o‘simlikka ta’sir etuvchi
o‘g‘itdagi oziq moddalarning miqdori quyidagicha bo‘ladi:
D=FxK / 100=110,0 x 35,0 / 100=38,5 sentner.
Demak, 110,0 sentner azotli o‘g‘it o‘simlikka ta’sir etuvchi 38,5
sentner oziq modda miqdoriga egadir.
Dostları ilə paylaş: |