R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Chorvachilik mahsuloti va mahsuldorlik



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə183/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   226
10.2.4. Chorvachilik mahsuloti va mahsuldorlik
ko‘rsatkichlari 

Chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi chorva mollarining


bosh soni va ularning mahsuldorligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Statistikada chorvachilik mahsuloti deb, chorva mollarini
so‘ymasdan oldingi, ulardan olinadigan mahsulot tushuniladi. Bunga -
sut, jun, tuxum, asal, pilla hamda chorva mollarining nasli, yosh chorva
mollarining o‘sishi va boquvdagi mollarning semirishi kiritilib
o‘rganiladi.
Lekin shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, chorvachilik statistikasi
chorva mollarini so‘yish orqali ishlab chiqarilgan go‘sht hajmini aniqlab
berib, bu bilan u sanoat statistikasining mazkur kamchiligini to‘ldirib,
go‘sht yetishtirishning hamma tomonlarini aniq belgilashga yordam
berib kelmoqda. Chunki chorva mollarni o‘stirilishidan olinadigan bar-
cha mahsulotlar (tug‘ilgan nasl vazni, yosh mollarning o‘sishi va
bo‘rdoqidagi mollarning vazniga vazn qo‘shilishi) iste’mol qilinishi
uchun dastavval qayta ishlab chiqarish sanoati bilan bog‘langan bo‘lib,
qayta ishlanganligi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotiga kiritilmay, balki
u sanoat mahsulotiga kiritilib, bu jarayon to‘laligicha hozirgi kunda
sanoat statistikasi o‘rganib kelmoqda.
Chorvachilik statistikasi chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish
hajmini o‘rganish bilan birga, chorva mollarning mahsuldorligini ham
o‘rganadi.
Chorva mollarning mahsuldorligi deb, bir bosh chorva moliga
to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mahsulot chiqishini tushunamiz. Chorva mol-
larning asosiy mahsuldorlik ko‘rsatkichlari quyidagilardan iboratdir: bir
bosh sigirdan o‘rtacha hisobda sog‘ib olinadigan sut; bir bosh qo‘ydan
o‘rtacha hisobda qirqib olinadigan jun; bir bosh chorva molining
o‘rtacha vazni; chorva mollarning o‘rtacha vazni va semirishi; bir ona
tovuqdan olingan o‘rtacha tuxum; bir asal uyasidan o‘rtacha olingan asal
va hokazolarni tashkil etadi.
1. Sut ishlab chiqarish va sut mahsuldorligi ko‘rsatkichlari. Chor-
vachilik fermalarida yetishtirilgan sut miqdoriga, sut yo‘nalishidagi
sigirlardan haqiqiy sog‘ib olingan jami sut kiradi. Onalaridan ajratilmas-
dan boqilayotgan (o‘stiralayotgan) buzoqlarning emgan sutlari yalpi sut
miqdoriga kiritilmaydi, chunki ularning miqdorini aniqlash qiyin bo‘lib
hisoblanadi.


342
Sigirlarning sut mahsuldorligining darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar


orqali ifodalanadi:
- sut yo‘nalishidagi sigirdan sog‘ib olingan o‘rtacha sut miqdori;
- sog‘in yo‘nalishidagi bir sigirdan sog‘ib olingan o‘rtacha sut
miqdori. Sut yo‘nalishidagi bir sigirdan sog‘ib olingan o‘rtacha sut
miqdorini aniqlash uchun, chorvachilik fermasi bo‘yicha o‘rganilayot-
gan davrda jami sog‘ib olingan sut miqdorini shu davrdagi sut
yo‘nalishidagi o‘rtacha sigirlar soniga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkich-
chorvachilik ferma sining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, hamma sigirlarning
bosh soni olinadi (shu davrda shu sigirlardan sut sog‘ib olinishi va olin-
masligidan qat’iy nazar) va bu ko‘rsatkich hozirgi kunda statistikada
qo‘llaniladigan eng asosiy ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi.
Sog‘in yo‘nalishadagi bir sog‘in sigirdan sog‘ib olingan o‘rtacha
sut miqdorini aniqlash uchun, sog‘in yo‘nalishidagi sigirlardan sog‘ib
olingan jami sut miqdorini sog‘in sigirlarining o‘rtacha bosh soniga
bo‘linadi. Sog‘in sigirlar deb, hisobot davrida shu sog‘in sigirlardan
olingan buzoq va sut sog‘ilganligi tushuniladi.
Agarda, sut yo‘nalishidagi bir sigirdan sog‘ib olingan sut-bir yillik
mahsuldorlik darajasini tasvirlasa, sog‘in yo‘nalishidagi bir sog‘in sigir-
dan sog‘ib olingan o‘rtacha sut esa sog‘in sigirlarning laktatsiya davri-
dagi mahsuldorligini tasvirlaydi.
«Laktatsiya» ko‘rsatkichi orqali, sigirlarning sut mahsuldorligini
zoomuhandislik nuqtai-nazaridan baholash uchun chorvachilik ferma-
lari shu davrda bir sog‘in sigir hisobiga olingan sut miqdorini aniqlay-
dilar. Bu ko‘rsatkichni faqat bevosita chorvachilik fermalarining o‘zida
hisoblab chiqarish mumkin, chunki sog‘in sigirlarning hisobi faqat chor-
vachilik ferma sida bo‘ladi, statistika hisobotlarida esa bunday ma’lumot
aks ettirilmaydi. Bu ko‘rsatkich sigirlarga zoomuhandislik jihatdan baho
berish va o‘rtacha sut sog‘ilishini bir bosh sigirdan hisoblaydigan chet el
mamlakatlarida (AQSh, Kanada va boshqalar) solishtirish uchun kerak
bo‘ladi. Laktatsiya davri 300-305 kunni tashkil etadi.
Masalan, 2-ta chorvachilik ferma sida sigirlarning bir yildagi
ozuqa-kunlari 182500 ga teng bo‘lsin, sog‘in kunlari esa 146000 kunni
tashkil etadi. Jami sog‘ib olingan sut miqdori 1350000 kg. Sut
yo‘nalishidagi o‘rtacha yillik sigirlar soni - 500(182500:365), sog‘in
yo‘nalishidagi sigirlar esa - 477(146000:305) ga teng bo‘ladi. U holda
sut yo‘nalishidagi bir sigirning o‘rtacha yillik mahsuldorligi
2700(1350000:500) kg. bo‘lsa, sog‘in sigirlarning o‘rtacha yillik
mahsuldorligi esa-2830( 135000:477) kg teng bo‘ladi.


343
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, sog‘in sigirlarning bosh soni hamma


vaqt sut yo‘nalishidagi sigirlardan kam bo‘ladi. Bunga sabab shuki,
sigirlar bola berish oldidan ma’lum vaqt sog‘ilmaydi. Bu davr sta-
tistikada - ko‘rik davr (mahalliy tilda uvuz davri) deb yuritiladi. Chorva-
chilik ferma larida sigirlardan sut olishda foydalanishini aks ettirishda
sog‘in sigirlarning chorvadagi salmoq ko‘rsatkichi aniqlanadi.
2Jun ishlab chiqarish va jun mahsuldorligi ko‘rsatkichlari. Yalpi
yetishtirilgan jun miqdoriga tirik qo‘y va tuyalardan qirqib olingan jami
jun, hamda echki tiviti kiritiladi. So‘yilgan va o‘lgan mollardan olingan
jun qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan jun miqdoriga kiritilmaydi, chunki
u qayta ishlab chiqaruvchi sanoat mahsuloti bo‘lib hisoblanadi.
Qirqilib olingan jun miqdori fizik vaznda hisobga olinadi. Ayrim
xo‘jaliklar qo‘ydan olinadigan junni yuvmasdan qirqib olsa,, ko‘pchilik
xo‘jaliklar esa junni qirqishdan oldin uni tozalash maqsadida qo‘ylarni
suv havzalari (hovuzlar) orqali haydalib, yuviltiriladi. Shunday
qo‘ylardan olingan jun tozalangan jun bo‘lib, yuvilmagan qo‘ylardan
olingan jundan farq qiladi. Ularni solishtirish mumkin bo‘lishi uchun
yuvilgan junni belgilangan koeffitsientlar asosida yuvilmagan junga ay-
lantirib hisoblab chiqariladi. Demak, qo‘ychilikda jun mahsuldorligi to-
zalanmagan jun bo‘yicha hisoblanadi. Yuvilmasdan qirqib olingan jun
mumkin qadar taqqoslab bo‘lmaydigan ko‘rsatkichdir, chunki
qo‘ylarning zoti va ularni boqish sharoiti ta’siri ostida qabul qilinadigan
junning sof chiqimi har xil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham
bevosita to‘g‘ri ko‘rsatkich bo‘lib, tozalangan (yuvilgan) jun hisobla-
nadi, chunki deyarli barcha jun tovar mahsulotiga kiritilib o‘rganiladi.
Statistika junning yalpi yetishtirilishidan tashqari, uning tolasining
- mayin, yarim mayin, dag‘al, yarim dag‘al sifatlarini ham hisobga olib
o‘rganadi. Xo‘jaliklarda yetishtirilgan junning sifatini tayyorlov tash-
kilotlarining hisobotlari asosida aniqlash mumkin.
Bir qo‘ydan o‘rtacha qirqib olingan jun qo‘ychilik mahsuldor-
ligining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun yil
boshidagi (ayrim vaqtlarda 1-aprelga) qo‘ylar soni olinib, shu
ko‘rsatkichga nisbatan o‘rtacha jun mahsuldorligi darajasi topiladi.
Holbuki, chorvachilikning boshqa tarmoqlarida chorva mollarning
o‘rtacha yillik bosh soni olinib aniqlanadi.
Demak, o‘rtacha bir bosh qo‘y hisobiga olingan jun miqdorini
aniqlash uchun yalpi yetishtirilgan jun miqdorini yil boshidagi (birinchi
apreldagi) qo‘ylar soniga bo‘linadi.


344
3. Tuxum yetishtirish va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari. Yalpi tuxum


yetishtirishga tovuqlar, o‘rdaklar va boshqa parrandalar tuxumlarining
hammasi kiradi. Tovuq tuxumlari alohida, boshqa parrandalarning
tuxumlari bilan birgalikda hisoblanadi.
Tuxumlarning sifati ikki xil bo‘ladi: standartli va standartsiz. Stan-
dartli tuxumlar parhezli (7-kungacha) va oshxonali (7-kundan ko‘p)
larga bo‘linadi. Parhez tuxumlar o‘z navbatida hajmiga qarab, birinchi
va ikkinchi kategoriyalarga bo‘linadi. Standartsiz tuxumlarga singan
po‘st tashlagan (to‘liq yetilmagan)lar kiradi.
Tovuqlarning o‘rtacha tuxum tug‘ishini aniqlash uchun bir tovuq
tuxumning o‘rtacha miqdori belgilanib olinadi. Buni belgilash uchun
yalpi yetishtirilgan tuxum miqdori tuxum tug‘uvchi tovuqlarning
umumiy soniga bo‘linadi, ularning o‘rtacha soni esa o‘rtacha xronologik
formulasi orqali hisoblab chiqiladi.
4. Chorva mollarni o‘stirish mahsulotlari va mahsuldorlik
ko‘rsatkichlari. Chorva mollarni o‘stirish mahsulotlariga ulardan olingan
bolalarning tirik vazni, o‘stirilayotgan yosh mollar vaznining o‘sishi va
boquvdagi (yosh va katta mollarning) o‘sishi hamda semirishi kiradi.
Asosiy poda safidagi chorva mollarning tirik vaznini semirishi yoki
ozishi o‘stirish mahsulotlariga kirmaydi. Chorva mollarni o‘stirish
mahsulotlari ikki usul bilan hisoblab chiqiladi: biri bevosita hisobga ol-
ish yo‘li bo‘lsa, ikkinchisi esa hisoblab chiqarish usulidir.
Hisobga olish usuli orqali chorva mollarning vazni, yosh chorva
mollarning o‘sishi va boquvdagi chorva mollarning semirishi hisobla-
nadi. Nobud bo‘lgan chorva mollar vazni o‘stirish mahsuloti miqdoridan
chiqarib tashlanadi.
Hisoblash usuli orqali chorva mollarning yil oxiridagi vazni bilan
yil boshidagi vazni o‘rtasidagi farq aniqlanib, so‘ngra hosil bo‘lgan
ko‘rsatkichdan sotib olingan va chetdan kelgan chorva mollarning tirik
vazni chiqarilib, hosil bo‘lgan miqdorga hisobot davrida realizatsiya
qilingan (davlatga, bozorda sotilgan, xo‘jalikda so‘yilgan va hokazo)
chorva mollar vazni qo‘shiladi.
Chorva mollarning go‘sht mahsuldorligi quyidagi ko‘rsatkichlar
orqali ifodalanadi:
1. Bir molning o‘rtacha tirik vazni va so‘yilgan vaznlari;
2. Boquvga quyilgan yosh va katta mollarning sutkalik o‘rtacha
o‘sishi;
3. Mollarning semizlik darajasi;


345
4. So‘yilgan vaznining tirik og‘irlikka nisbatan salmog‘i (so‘yilgan


vaznning kelib chiqishi);
5. Bir bosh ona mol hisobiga o‘stirish mahsulotining chiqimi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin