38
langan holda, pul ifodasida ma’lum bir sanaga aks ettiriladi. Balans aktiv
va passivi hamma vaqt o‘zaro teng bo‘lishi shart.
Balans aktivi va passivining o‘zaro tengligi uning aktivida ham,
passivida ham bir xil xo‘jalik mablag‘lari aks ettirilishidan kelib chiqadi,
lekin aktivda mablag‘lar tarkibi, joylanishi va ishlatilish shakli bo‘yicha,
passivda esa tashkil topish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha
aks ettiriladi.
Aktiv va passivning o‘zaro tengligi ulkan nazorat ahamiyatiga ega
bo‘lib, buxgalteriya yozuvlarining to‘g‘riligini
tekshirish va hisobot
tuzishda foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi
qonuni va buxgalteriya hisobining xalqaro hamda milliy standartlariga
muvofiq moddiy boyliklar balansda aks ettirilganda, quyidagicha ba-
holanadi: asosiy vositalar (ishlatilayotgani hamda zaxirada yoki kon-
servatsiyada saqlanayotgani) - ularning qoldiq qiymati bo‘yicha; xom-
ashyolar, asosiy va yordamchi Materiallar, yoqilg‘ilar,
sotib olingan
yarim tayyor mahsulotlar va yig‘ib tuzatiladigan buyumlar, ehtiyot
qismlar, idish va moddiy qiymatliklar (tayyorlash va omborga tashib
keltirish sarflarini qo‘shgan holda); tayyor mahsulotlar, xo‘jalikning
o‘zida yetishtiriladigan urug‘lik, yem-xashak va yosh chorva mollari-
chakana bahoda, ulgurji omborlar va savdo qiluvchi yoki savdo-ta’minot
tashkilotlarida esa - chakana bahoda
yoki xarid qilingan qiymati
bo‘yicha aks ettiriladi.
Aktivda moddiy mablag‘lar, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi
mablag‘lar, pul mablag‘lari, debitorlar kelgusi davr uchun sarflangan
mablag‘lar, aylanishdan tashqari (chetlashtirilgan) mablag‘lar, passivda
esa - ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezyerv kapitali, taqsimlanmagan
foyda,
budjetdan moliyalashtirish, bank kreditlari, korxonaning kreditor
qarzlari, berilmagan mehnat haqi va daromadni taqsimlash bo‘yicha
majburiyatlar kabilar aks ettiriladigan moddalar bo‘ladi.
Shunday qilib, balans tuzilishiga xo‘jalik mablag‘lari va ularning
tashkil topish manbalari hamda iqtisodiy mazmuni asos bo‘ladi.
Buxgalteriya balansi aktiv va passividagi moddalar mablag‘larning
tarkibi, joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy tas-
niflanishiga muvofiq ikkita bo‘limga guruhlanadi.
Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:
Dostları ilə paylaş: