30
balari va xo‘jalik jarayonlarini guruhlash, joriy tartibda aks ettirish va
nazorat qilish usulidir.
Xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari va xo‘jalik
jarayonlarining har bir guruhi bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlar olish uchun
iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir xil bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini gu-
ruhlashda schotlardan foydalaniladi.
Xo‘jalik muomalasini buxgalteriya schotlarida aks ettirish
ikki yo-
qlama yozuv usuli yordamida amalga oshiriladi. Bu usul xo‘jalik
muomalalarining ikki taraflamalik xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan,
moddiy boyliklar sotib olish redm bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik
muomalasi
bir tomondan moddiy boyliklar zaxirasini ko‘paytirsa, ikkinchi tomon-
dan pul mablag‘larining kamayishiga olib keladi. Xaridorda bu muomala
aks ettirilganda sotib olingan mMateriallarning kirimi va mol yetkazib
beruvchiga to‘langan pul mablag‘larining chiqimi bo‘yicha
ko‘rsatkichlar o‘zaro bog‘lanadi. Mol etkazib beruvchi bu muomalani
aks ettirganda, xaridordan kelgan pulning ko‘payishi va
unga sotilgan
Materialning kamayishini o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rsatadi.
Materiallarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va
xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar buxgalteriya hisobining alo-
hida schotlarida joriy tartibda guruhlanadi. Tayyorlangan materiallar,
ishlab
chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan redm ko‘rsatilgan xizmatning
tannarxini aniqlash buxgaltriya hisobida
kalkulyatsiya deyiladi. Kalku-
lyatsiyaning rejadagi, normativ, kutilayotgan (provizor) va hisobot kabi
turlari mavjud. Hisobot kalkulyatsiyalari buxgalteriya
hisobi schotlari-
dagi yozuvlar asosida tuziladi. Kalkulyatsiyalash qoidalarini yuqori or-
ganlar belgilaydi va ular barcha korxonalar uchun majburiydir.
Buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirilgan korxona mablag‘lari,
mablag‘lar manbalari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan
balans tarzida umum-
lashtirilishi zarur. Balansda xo‘jalik mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumotlar
aks
ettirilib, unda xo‘jalikda qanday mablag‘lar mavjudligi va ular qaysi
manbalar hisobidan tashkil topganligi hamda maqsadli tayinlanishi
ko‘rsatiladi. Balans mavjud mablag‘lar bilan ularning tashkil topish
manbalarini taqqoslab, xo‘jalik ahvolini o‘rganish imkonini beradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati haqida
xulosa chiqarish uchun xo‘jalik mablag‘lari,
ularning tarkibi va tashkil
topish manbalarini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarga ega bo‘lgan balansdan
tashqari, korxonadagi ayrim bo‘limlar xo‘jalik faoliyatining umumiy
ko‘rsatkichlari, xo‘jalik faoliyatining maxsus tomonlarini tavsiflaydigan
31
ko‘rsatkichlar ham zarur bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish
buxgalteriya hisobi metodining muhim usullaridan bo‘lgan
hisobot yor-
damida yerishiladi. Ma’lum davr uchun xo‘jalik faoliyatini aks
ettiruvchi umumlashtirilgan va o‘zaro aloqadorlikni ta’minlaydigan
ko‘rsatkichlarni aks ettiruvchi shakllar yig‘indisi hisobot deyiladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan buxgalteriya hisobi metodini tashkil etu-
vchi usullar (elementlar) ning har biri ma’lum darajada mustaqil bo‘lishi
bilan birga boshqalarining amal qilishlari uchun
birlamchi muhim shart-
sharoit ham hisoblanadi. Bu esa fanning predmeti hisoblangan: mab-
lag‘lar, manbalar va xo‘jalik jarayonlari hamda unda sodir bo‘ladigan
xo‘jalik muomalalari o‘rtasida sabab-oqibatli dialektik bog‘liqlik
mavjudligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga ularni buxgalteriya hisobi
tizimida to‘liq, uzluksiz va obyektiv aks ettirishga eirishiladi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi predmeti va metodi o‘rtasida
ham sabab-oqibatli dialektik bog‘liqlik mavjud (1.8-rasm).