Xo‘jalik mablag‘lari
(asosiy va joriy
aktivlar)
B.
Mablag‘larning
manbalari
(xususiy kapital, zaxiral‐
ar va majburiyatlar)
S.
Кorxona moliya‐xo‘jalik
faoliyatida amalga
oshiriladigan xo‘jalik
muomalalari
24
kiradi. Bularning mazmunini tushunish uchun ayrimlariga batafsilroq
to‘xtalib o‘tamiz.
Asosiy vositalar – korxona xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzoq
davom etadigan vaqt mobaynida, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish
va xizmat ko‘rsatish yoki ma’muriy va ijtimoiy-madaniy funksiyalarni
amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Nomoddiy aktivlar – moddiy-ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan,
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan, xo‘jalik faoliyatida foydalanish
maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek, uzoq vaqt (bir yildan ko‘p)
ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk obyektlari. Shuningdek, nomod-
diy aktivlar quyidagi talablarga javob berganida aktiv deb olinadi: aktiv
ta’rifini qondiradigan; o‘lchanadigan; ahamiyatga molik bo‘lgan; ishon-
chli bo‘lgan; kelgusida iqtisodiy naf keltiradigan; ajratiladigan, ya’ni uni
ishlatiladigan ishlab chiqarishdan alohida foydalanish mumkin bo‘lgan
hollarda.
Nomoddiy aktivlarga patentlar, litsenziyalar, «nou-xau», savdo
markalari, tovar belgilari, sanoat namunalari, dasturiy ta’minot, gudvill,
tashkiliy xarajatlar, franshizalar, mualliflik huquqlari, xizmat ko‘rsatish
belgilari va boshqalar kiradi.
Korxonaning joriy aktivlariga tovar-moddiy zaxiralari, kelgusi
davr xarajatlari va kechiktirilgan qarzlar, olinadigan schotlar (debitor
qarzlar), pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqalar
kiradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlari tarkibida joriy aktivlarning
ro‘yxati keng va xilma-xil bo‘lib, ular doimo aylanishda bo‘lganligi sa-
babli uzoq muddatli aktivlarga qaraganda nisbatan yuqori likvidli
hisoblanadi. Joriy aktivlarning naqd pulga aylantirish oson bo‘lgan
qismi yuqori likvidli deyiladi.
Ishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larning ikkinchi qismini
mehnat buyumlari tashkil etadi. Bular kishi mehnati yo‘naltiriladigan
mablag‘lardir. Mehnat buyumlari tarkibiga urug‘lik ko‘chatlar, em-
xashak, yosh chorva mollari va boquvdagi mollar, yordamchi Material-
lar, yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlar, yoqilg‘ilar, tugallanma-
gan ishlab chiqarish, kelgusi davr sarflari va boshqalar kiradi. Mehnat
buyumlari ishlab chiqarishi jarayonida qatnashib mehnat vositalaridan
farq qilgan holda, bir ishlab chiqarish jarayonida o‘z qiymatini yangidan
yaratilgan mahsulotning tannarxiga to‘liq o‘tkazadi. Mehnat buyum-
larining pulda ifodalangan yig‘indisi aylanma ishlab chiqarish mab-
lag‘lari deb ataladi.
25
Tovar-moddiy zaxiralari korxonaning ishlab chiqarish zaxiralari va
tugallanmagan ishlab chiqarish sohasidagi aylanma mablag‘laridan tash-
kil topadi. Ishlab chiqarish sohasidagi aylanma mablag‘lari quyidagi-
larga bo‘linadi: ishlab chiqarish zaxiralari – o‘stirilayotgan va boquvdagi
chorva mollari, urug‘lik va ko‘chatlar, ehtiyot qismlar va ta’mirlash
materiallari, neft mahsulotlari, qattiq yoqilg‘i, mineral o‘g‘itlar, zaharli
ximikatlar, hunarmandchilik va yordamchi ishlab chiqarishdagi qayta
ishlovchi vositalar, idish va idish materiallari, boshqa materiallar,
ta’mirlashga va boshqa asosiy faoliyat ehtiyoji uchun ishlatiladigan qu-
rulish Materiallari, tugallanmagan ishlab chiqarish – kelgusi yillar hosili
uchun qilingan xarajatlar, chorvachilikdagi ishlab chiqarish xarajatlari,
hunarmandchilik va yordamchi ishlab chiqarishdagi xarajatlar, ustax-
onalarning tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari, kelgusi davr sar-
flari.
Zaxiralar, kapital quyilmalar va ta’mirlash xarajatlari (qurilma va
Materiallar) tugallanmagan kapital qurilish, kapital tuzatish xarajatlari
kapital quyilmalar va kapital ta’mirlashdagi aylanma mablag‘lar
qatoriga kiradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning tovar qismi (ya’ni sotishga
mo‘ljallangan qismi), pul mablag‘lari debitorlar bilan hisoblashuvdagi
va muomala jarayoniga xizmat qiluvchi mablag‘lar muomala sohasidagi
mablag‘larni tashkil etadi.
Sotgan mahsulotlari uchun korxonalar pul oladilar va bu pullardan
ishlab chiqarish vositalari (Materiallar, urug‘lik, neft mahsulotlari) sotib
olish, ish haqi berish uchun, davlat budjeti bilan hisoblashish uchun va
boshqa maqsadlarda foydalanadilar. Korxonaning pul mablag‘lari
bankning hisoblashuv schoti va maxsus schotlarida yoki kassada saqla-
nadi. Korxona ixtiyorida mahsulot sotishdan va xizmat ko‘rsatishdan
tushgan pullardan tashqari ishlab chiqarishni kengaytirishni budjetdan
moliyalashtirish yoki mavsumiy sarflarni qoplash ko‘rinishidagi pul
mablag‘lari ham bo‘ladi.
Sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun
pul mablag‘lari kelib tushishi amalda mahsulot sotilgan yoki xizmat ba-
jarilgan vaqtidan kechikib sodir bo‘ladi. Sotilgan mahsulot yoki
ko‘rsatilgan xizmat uchun mazkur korxonaga qarzdor bo‘lgan
korxonalar yoki ayrim shaxslar debitorlar, qarzning o‘zi esa,
(hisoblashuvdagi mablag‘lar) debitor qarz deb ataladi.
26
Shunday qilib, korxonaning muomala sohasidagi mablag‘lari
amaliyotda tayyor mahsulotlar (tovar) ko‘rinishida omborlarda, pul
mablag‘lari kassada yoki hisoblashuvda (debitor qarz) bo‘lishi mumkin.
Mablag‘lar mavjudligi va joylashuvi xo‘jalikning iqtisodini to‘liq
tavsiflay olmaydi. Buning uchun ularning manbalarini bilish zarur.
Xo‘jalik mablag‘lari tashkil topish manbalari va tayinlanishiga
ko‘ra korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari va majburiyatlari yoki
qarzga olingan mablag‘lar manbalariga bo‘linadi.
Korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari xususiy kapital, maqsadli
tushumlar hamda kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralar-
dan iborat.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq korxonaning
xususiy kapitali: ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali va
taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi.
Dostları ilə paylaş: |