20
Bunday axborotdan foydalanuvchilar ikkita katta guruhga: ichki
foydalanuvchilar va
tashqi foydalanuvchilarga bo‘linadi.
Birinchi guruh
ichki foydalanuvchilarni tashkil etadi. Keng
ma’noda ularga korxona ma’muriyati, uning menejerlari va nihoyat
korxona xodimlari kiradi. Korxona ma’muriyati boshqaruv qarorlarini
qabul qilishning barcha bosqichlarida: biznes-reja tuzish, nazorat va
boshqaruv funksiyasining o‘zining samaradorligini
baholashda hisob
axborotlaridan foydalanadi.
Bevosita moliyaviy manfaatdor bo‘lgan tashqi foydalanuvchilar –
bu qarz beruvchilar, kreditorlar, mol etkazib beruvchilar va xaridorlar,
bo‘lg‘usi aksiyadorlar, ularning konsultantlari.
Tashqi foydalanuvchilarni eng avvalo, quyilgan kapitalning
qoplanishi qiziqtiradi:
qarzlar qaytarilishi, foizlarni ham qo‘shgan holda;
tovarlar shartnoma bahosining to‘lanishi; dividendlarning olinishi;
ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga quyishning iqtisodiy maqsadga mu-
vofiqligi va h.k. Mol etkazib beruvchilar va boshqa tijorat kontragentlari
sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar uchun pul mablag‘larining o‘z
vaqtida olinishi to‘g‘risida shak-shubhasiz xulosaga kelishga imkon
beradigan hisob axborotlarini olishdan manfaatdordirlar.
Bevosita moliyaviy manfaatdor bo‘lmagan tashqi foydalanuvchilar
– bu birinchi navbatda soliq organlari. Ularning
asosiy vazifasi soliqlar
va boshqa to‘lovlar (bojxona to‘lovlari, jarimalar va boshqalar) ni
yig‘ishdan iborat.
Moliya bozorining ishtirokchilari – investorlarni emitent qimmatli
qog‘ozining daromadliligi (kotirovkasi), asosan aksiya sotib olish bilan
bog‘liq risk (tavakkalchilik) darajasi qiziqtiradi. Aksiyalar va boshqa
qimmatli qog‘ozlarning sotilish va sotib olinish bahosi o‘rtasidagi
farqqa, vositachilik xizmatlari ko‘rsatishda uning ishtirokchilari o‘z
moliyaviy natijalarini shakllantiradi. Emitentning qimmatli qog‘ozlariga
bo‘lgan talab va taklif uning moliyaviy barqarorligiga bog‘liq holda
aniqlanadi.
Moliya bozorining professional ishtirokchilari, moliyaviy
barqarorlik
darajasini, mulkdorlarning fond birjasida ro‘yxatga olingan
va e’lon qilingan moliyaviy hisobotlaridagi ma’lumotlar asosida
aniqlashlari mumkin.
Davlat organlari – bu mamlakat iqtisodiyotini boshqaruv organlari
(Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, inves-
titsiyalar
va savdo vazirligi, Davlat statistika komiteti va b.) bo‘lib, ular
hisob va moliyaviy axborotlarni milliy iqtisodiyotning tarmoqlari va
21
alohida ishlab chiqarishlarning rivojlanishini bashorat qilish, nisbatlarni
va o‘sish sur'atini aniqlash, yalpi daromadni hisob-kitob qilish va boshqa
shunga o‘xshash statistik ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilishga zarur
bo‘lgan me’yorda o‘rganish bilan shug‘ullanadilar.
Moliyaviy manfaati bo‘lmagan buxgalteriya hisobi axborotidan
foydalanuvchilar guruhiga auditorlik tashkilotlari, kasaba uyushmalari,
yollangan shaxslar, davlat muassasalari va shu kabilarni kiritish mum-
kin.
Kasaba uyushmalari xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hi-
sobotini uning bilan jamoa shartnomasi tuzish yoki muddatini uzaytirish
maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganadilar.
Mahalliy davlat muassasalari va aholi
korxonalar moliyaviy hi-
sobotlari bilan ularning moliyaviy holati va ijtimoiy-iqtisodiy muam-
molarni ayrim tumanlar, fuqarolar yig‘ini va boshqalar doiralarida hal
eta olishlari nuqtai nazaridan qiziqadilar.
Shunday qilib, hisob axborotlari moliyaviy hisobotda muayyan
xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini
ko‘rsatilgan yo‘nalishda ochib berishi uchun,
buxgalteriya hisobining
butun metodologiyasi axborotdan foydalanuvchilar tomonidan belgilan-
gan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilishi lozim. Ayni vaqtda bux-
galteriya axborotlaridan foydalanuvchilar o‘rtasida raqobatli muhit
mavjud bo‘lgan va uning tijorat sirini saqlash obyektiv zarurati, hisob
axborotlarining mazmuniga ichki va tashqi foydalanuvchilar tomonidan
quyiladigan talablardan kelib chiqqan holda
bozor iqtisodiyotida bux-
galteriya hisobining ikkita turi mavjud:
boshqaruv hisobi va
moliyaviy
hisob.
Boshqaruv hisobi ichki foydalanuvchilar-xo‘jalik yurituvchi
subyektni boshqaruvchi menejerlar uchun axborotlarni tayyorlaydi.
Moliyaviy hisob tashqi foydalanuvchilar uchun axborot taqdim et-
ishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun uning negizida shakllanadi-
gan moliyaviy hisobotda tijorat siri bo‘lmaydi va e’lon qilinishidan oldin
uning ishonchliligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: