R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə12/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   226
4. Uzviy aloqa funksiyasi. Buxgalteriya hisobi uzviy aloqa funk-
siyasini bajarib, busiz boshqaruv tizimining faoliyati ma’nosiz bo‘lib
qoladi, buning ustiga keng ko‘lamda kompyuterlashtirilgan sharoitda
faoliyat ko‘rsatadigan tizimli buxgalteriya hisobi boshqaruv xodimlarini
korxona va uning bo‘linmalarining ma’lum davr ichidagi faoliyati
to‘g‘risida, xo‘jalik mablag‘lari, ularning vujudga kelish manbalari va
korxonaning majburiyatlari haqida, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar,
buyurtmachilar, banklar, soliq inspeksiyasi, investorlar va boshqa xorijiy
hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlar to‘g‘risida, moliyaviy natijalarni
shakllantirish, foydaning ishlatilishi va jamg‘arilishi to‘g‘risida, mulk-
dorlar (aksiyadorlar, paychilar, ta’sischilar va h.k.) bilan munosabatlar
to‘g‘risida haqiqiy ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Ko‘rsatkichlarning haqiqiy miqdorini aks ettiradigan buxgalteriya
axborotlari yordamida uzviy aloqadan foydalangan holda biznes-reja
ko‘rsatkichlari, standartlar, norma va normativlar, smetalar bajarilishi,
barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat
o‘rnatiladi, har xil kamchiliklar bartaraf etiladi. Ishlab chiqarish imkoni-
yatlari va ularning safarbar etilish hamda ishlatilish darajasi aniqlanadi
(1.5-rasm).
Buxgalteriya hisobi tizimi boshqaruvni uzviy aloqa orqali har qan-
day darajada ta’minlay oladi. Boshqa hech qanday tizim ushbu vazifani
bajara olmaydi.


18
Uzviy aloqa funksiyasi, odatda asosan dastlabki hujjatlardan oli-


nadigan, turli xil tashuvchilardagi birlamchi axborotni bajaradi. Ma-
salan, mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi ishbay naryadlarda mavjud
bo‘lgan axborotlar, ham bajarilgan ishlarning haqiqiy hajmini hisobga
olish uchun, ham ma’lum davr ichidagi rejalashtirilgan har bir tadbir
bo‘yicha rejadan chetga chiqishlarni aniqlash uchun ishlatiladi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin