R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə10/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   226
2. Nazorat funksiyasi – iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va
bozor munosabatlarini erkinlashtirish, turli mulkchilik shakllarining
mavjudligi sharoitlarida buxgalteriya hisobining nazorat qilish funksi-


16
yasi kuchaymoqda. Bunga uning shakl va uslublarini takomillashtirish,


buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlarini joriy qilish, hi-
sob ishlarini kompyuterlashtirish, buxgalter, iqtisodchi va
tahlilchilarning avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari imkoniyatlaridan keng
foydalanish sabab bo‘lmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish turli mulkchilik shakllarining mavjud-
ligi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar huquqlarining kengaytirilishi, xalq
xo‘jaligida moliyaviy nazorat tizimining mahsulot ishlab chiqarish va
realizatsiya qilish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish xarajatlari ustidan
nazoratning pasaytirilishini bildirmaydi. Aksincha, moliya-hisob
markazi (MHM), vazirlik va davlat idoralarining nazorat va taftish xiz-
matlari, banklar, auditorlik tashkilotlar va soliq inspeksiyasi xodimlari
yangicha xo‘jalik yuritish uslublariga tayangan holda barcha resurslar-
dan oqilona foydalanish ustidan kuchli nazorat o‘rnatishlari lozim. Bux-
galteriya hisobining yagona yaxlit tizimida nazorat qilish funksiyasining
roli kuchaymoqda va yanada ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Chunki,
korxona ma’muriyati yoki mulkdorlarga nafaqat o‘z korxonasining
moliyaviy ahvolini bilish, balki raqobatchi korxonalarning hamda ham-
korlarining moliyaviy ahvolini, to‘lov layoqatini bilish zarur.
Buxgalteriya hisobining maxsus usullari va amallari yordamida na-
zoratning uchta turi yuritiladi: dastlabki nazorat – xo‘jalik muomalasi
sodir bo‘lgungacha; joriy nazorat – xo‘jalik muomalasini amalga
oshirish; keyingi nazorat – muomala sodir bo‘lganidan so‘nggi.
Hisob jarayonining axborotlarni to‘plash, o‘lchash, ro‘yxatga ol-
ishdan tortib, to zarur bo‘lgan oraliq, natijaviy va hisobot ko‘rsatkich-
larini olish bilan yakunlanadigan barcha bosqichlarida kompyuter va
boshqa tashkiliy-texnik vositalardan foydalanish buxgalteriya hisobining
boshqaruv tizimidagi nazorat funksiyasini kuchaytirishga doir
vazifalarni bajarishga yordam beradi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin