6-variant (6-seminar)



Yüklə 329,88 Kb.
səhifə1/4
tarix06.10.2023
ölçüsü329,88 Kb.
#152718
  1   2   3   4
bozorboyev anva 6-varyant


6-variant (6-seminar)

  1. Ro’yxatlar va ular bilan ishlash, Ro’yxat ma’lumotlarini qayta ishlashda saralash imkoniyatlaridan foydalanish.

  2. Hujjatingizga Microsoft Office rasmlari kolleksiyasidan birorta rasmni o’rnatib, uning joyi va o’lchamlarini o’zgartirish algoritmini yozing.

  3. Jadvalingizga mos diyagrama yarating. Yaratilgan diyagrammaga mos ma’lumotlar unda aks etib tursin.

  4. Funksiya ustasidan foydalanish algoritmini bayon qiling.


1 Ro`yxatdagi ma`lumotlarni tashkil qilish va tekshirish

Ro`yxat o`xshash ma`lumotlardan iborat ishchi varag`idagi ketma-ketlikdir. Masalan, firma mijozlari telefon nomerlari yoki hisob raqamlari yozilgan ketma-ketlik. Ushbu mashg`ulotda ko`plab ro`yxatlarni o`quvchilarning o`zlaridan ham foydalanib keltirish mumkin. Bu ro`yxatlar ma`lumotlar bazasi bo`lib ham xizmat qiladi. Masalan, agar o`quvchilar telefon nomerlarini tuzgan bo`lsalar, familiyalar ustuni, yozuvlar maydoni, telefon nomeri, yozuv, ustunlar belgisi (metka) maydon nomi desa bo`ladi. Ro`yxatlar ustida quyidagi amallarni o`tkazish mumkin:
- izlash;
- saralash;
- yakunlash;
- ro`yxatdagi ma`lumotlarni filtrlash.
Bu erda shuni ta`kidlash lozimki, EXCEL bu amallarni bajarayotganida, ro`yxatni ma`lumotlar bazasi sifatida tushunadi. Ro`yxat bilan ishlash izlash, saralash va turli ma`lumotlar bilan ishlashni birmuncha engillashtiradi.
Ro`yxat bilan ishlashni tashkil etish.
Ma`lumotlar formasi yordamida ro`yxatlarni kiritish (o`quvchilarning o`zlari tuzgan telefon ro`yxati asosida bo`lsa yaxshi bo`lardi). Ma`lumotlar formasi ("Ma`lumotlar" menyusidagi forma buyrug`i) ro`yxatdagi yozuvni osonlik bilan ko`rish, unga qo`shimchalar kiritish va shu bilan birga ma`lum belgi bilan yozuvni qidirish imkonini beradi. Mazkur buyruqlarni bajarish davomida ekranda ma`lumotlar formasining muloqot oynasi chiqadi. Ma`lumotlar esa birin-ketin kiritiladi. Ma`lumotlar oynaga kiritilgach, mos ravishda yacheykadagi ro`yxat o`zgaradi.
Bu erda shuni alohida aytish kerakki, mazkur buyruqlarni ishlatish vaqtida albatta ustunlarning belgisi bo`lishi shart. Yozuvlarga qo`shish uchun yozuv qo`shilishi kerak bo`lgan ro`yxat yacheykasi tanlanib, so`ng "Ma`lumotlar" menyusidan "Forma" buyrug`i tanlanadi, "Tuzatish" tugmasi bosiladi. Yangi yozuvni qo`shish uchun ma`lumotlar kiritilgandan keyin ENTER ni bosish kifoya. Ishni tugatish uchun "Yoping" tugmasi bosiladi.
Ro`yxatdagi yozuvlarni ko`rib chiqish uchun ro`yxatdagi yacheykani tanlash, "Ma`lumotlar" menyusidan "Forma" buyrug`ini tanlash, ro`yxat bo`yicha harakatlanish uchun "Navbatdagi" tugmasini bosish, ro`yxat bo`yicha yurish uchun "Avvalgisi" tugmasini bosish, ko`rishni tugallash uchun "Yoping" tugmasi bosiladi.
Yozuvni yo`qotish uchun ro`yxatdan yacheykani tanlash, ma`lumotlar" menyusiga "Forma" buyrug`ini chiqarish va "Yo`qotish" tugmasini bosish kerak. Yo`qotishni OK tugmasini bosish bilan tasdiqlang.
Ma`lumotlar formasi yordamida yo`qotilgan ma`lumotlar qayta tiklanmaydi. Ro`yxatdagi yozuvni izlash uchun ro`yxatdagi yacheykani tanlab, "Ma`lumotlar" menyusidan "Forma" buyrug`ini tanlash, "Me`yor" tugmasini bosib, tahrirlash maydonida me`yor shartlarini kiritish lozim. Ro`yxat bo`yicha oldindan izlash uchun "Navbatdagi" tugmasini, ro`yxat bo`yicha ilgarigi ro`yxatni qidirish uchun "Avvalgisi" tugmasini, boshqa izlashni tashkil etish uchun "Tozalash" tugmasini bosing. Ishni tugatish uchun esa "Yoping" tugmasini bosing.
Ro`yxat bo`yicha saralash va filtrlashtirishni tashkil etish. Saralashni uyushtirish uchun maydon belgilarga ega bo`lishi kerak. Saralash yordamida ro`yxatdagi qatorlarni tartiblashtirish mumkin. Masalan, savdo xaqida ma`lumotlar tuzish, tovarlar soni, tovarning buyurtma qilingan kuni va boshqalar. Ana shu tovarlarning kamayish tartibi, sotilish hajmini "Ma`lumotlar" menyusidagi "Saralash" buyrugi orqali bajarish mumkin.

EXCEL da saralash uchun quyidagilar ishlatiladi:


- agar saralashtirish bir ustun bo`yicha qilinayotgan bo`lsa, bu ustunning bir xil ma`nodagi qatorlarining avvalgi tartibi saqlanadi;
-ustundagi tartiblashtirishda hosil bo`layotgan qatorning bo`sh yacheykalari tartiblashtirilgan ro`yxatning oxirida joylashadi.
Ro`yxatni saralash usullari "Saralash" buyrug`idan foydalanib, quyidagicha amalga oshiriladi: ro`yxatdan bir yacheykani ajratib, "Ma`lumotlar" menyusidan "Tartiblash" buyrug`i tanlab olinadi. Ustun yoki ustunlarda saralash chog`ida hal qiluvchisi tanlanib, har bir ustun uchun saralash tartibi beriladi. Agar lozim bo`lsa, o`sish yoki kamayib borish Saralash tartibi ko`rsatiladi (yuqoridan pastga -ustunlar bo`yicha tartiblash, chapdan o`ngga - qatorlar bo`yicha tartiblash. O`sish bo`yicha "Tartiblash" buyrug`i OK orqali amalga oshiriladi).
Ro`yxatdagi ma`lumotlarni filtrlash (ro`yxatda albatta ustun belgisi bo`lishi kerak).
Bir necha sonli yozuvlarni qayta ishlash ro`yxatda ma`lumotlarni qandaydir shart bo`yicha topish imkonini beradi. Filtr qo`llanilgach, ekranda ma`lum shartlarga javob beruvchi qatorlargina qoladi, kerakmas qatorlar "yashirinadi" (shu jarayonni kompyuterda o`quvchilarga ko`rsatish maqsadga muvofiqdir).
Ma`lumotlarni EXSELda filtrlash uchun Avtofiltr buyrug`i ishlatiladi. Avtofiltr tugmalari (strelkali tugmalar) yordamida ekranga chiqarish lozim bo`lgan ro`yxat elementlari tanlanadi. Masalan, ekranga hamma qatorlarni chiqarish mumkin. Avvalgi misollarda ko`rganimizdek, sotuv hajmi bo`yicha 50 ustun. Shuni aytish kerakki, filtrlash rejimida EXCEL buyruqlari faqat ko`rinadigan yacheykalarga ta`sir qiladi. Masalan, filtrdan so`ng, filtrlangan qatorlarni ajratish va ularni boshqa joyga qo`yish mumkin. Filtratsiya rejimida Avtoyig`indi tugmasi faqat ko`rinadigan yacheykalarnigina hisoblaydi, filtr o`zgarganda yig`indi ham o`zgaradi. Yacheykalarni formatlash buyruqlari faqat ko`rinadigan yacheykalarga ta`sir ko`rsatadi. Faol yacheykalar bilan ishlash (tozalash, nusxalash, yo`qotish, o`rnatish buyruqlari) faqatgina ko`rinadigan yacheykalar bilan, hatto chop etish ham ko`rinadigan yacheykalar uchun amalga oshadi.
Ruyxatda filtrlashni o`rnatish:
- filtrlanayotgan ro`yxat yacheykasi ajratiladi;
- "Ma`lumotlar" menyusidagi "Filtr" buyrug`ini ajratib, so`ng Avtofiltr buyrug`i beriladi;
- filtrlanishi lozim bo`lgan ma`lumotlar joylashgan ustunga strelka olib kelinadi. Avtofiltr ro`yxati ochiladi. Mos qatorlar bo`yicha chiqarish kerak bo`lgan elementni ajratish lozim. Agar hamma amallar to`g`ri bajarilsa, ekranda faqat siz filtrda ko`rsatgan qatorlar qoladi.
Filtrni bekor qilish:
- filtrlashni ustun bo`yicha bekor qilish uchun ro`yxatdagi qatorni tanlash;
- ro`yxatdagi avtofiltrni bekor qilish uchun "Ma`lumotlar" menyusidan kerakli "Filtr" buyrug`ini tanlab, so`ng Avtofiltrni tozalash lozim.
Ruyxatdagi ma`lumotlar natijasini chiqarish:
Ro`yxatdagi ma`lumotlarni tahlil qilish qayta ishlash uchun muhim vositadir. "Ma`lumotlar" menyusidagi "Yakunlash" buyrug`i yordamida ro`yxat yakunini barcha ma`lumotlar bilan yig`ish mumkin. Bu amalni o`qituvchi o`quvchilar bilan bevosita amaliy mashg`ulotlarda bajarishini tavsiya etamiz.

Ma`lumotlar ro`yxatida avtomatik natijalarni chiqarish quyidagicha:


- ro`yxatni ustun bo`yicha saralab, ma`lumotlar saqlanadigan natijalar chiqariladi;
- bu ro`yxatda yacheykani tanlash;
- "Ma`lumotlar" menyusiga natijalar buyrug`ini tanlash;
- ochilgan ro`yxatda "Har bir o`zgatirishda": ustunni tanlash, rypyhni tashkil etuvchi natija chiqariladigan yoki jim turish taklifiga rozi bo`lish. Agar bu erda qo`shimcha shartlar kompyuterga berilmasa, hammasi "Jim turib" amalga oshiriladi.
-OK ni bosish.

Yüklə 329,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin