R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Mulkning saqlanishini ta’minlash funksiyasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə11/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   226
3. Mulkning saqlanishini ta’minlash funksiyasi. Bu funksiya
buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish va uning nazorat funksi-
yasini kuchaytirish bilan chambarchas bog‘liq. Shuni alohida ta’kidlash
zarurki, ushbu funksiyani amalga oshirish uchun quyidagi shart-sharoit-
lar zarur: jihozlangan omborxona binolari, nazorat va o‘lchash asboblari,
o‘lchagich idishlar va boshqalar.
Inventarizatsiya ushbu funksiyani amalga oshirishning muhim
usuli bo‘lib, korxona mulklarining saqlanishi va ular tarkibida ro‘y bera-
digan o‘zgarishlarni aniqlashga imkon yaratadi. Uni amalga oshirish
uchun №19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli Bux-


17
galteriya Hisobi Milliy Standarti (BHMS) dan foydalaniladi. Ushbu


standart O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi
qonunning 11-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Inventarizatsiya jarayonida barcha xo‘jalik muomalalari hujjatlar
bilan rasmiylashtirilganligi va tegishli buxgalteriya hisobi schotlarida
aks ettirilganligi, zarur aniqliklar va tuzatishlar kiritilayotganligi hamda
joriy hisob ko‘rsatkichlari va haqiqiy ma’lumotlarning o‘zaro mos (teng)
kelishlari tekshiriladi. Inventarizatsiya mahsulot ishlab chiqarish va re-
alizatsiya qilishga qilingan xarajatlarni, mulklarni saqlanishi maqsadida
to‘g‘ri aks ettirish, asosan xom-ashyo va Materiallar va yoqilg‘i-enyer-
getik resurslarning yo‘qotilishi borasida katta ahamiyatga ega. Chunki,
bozor iqtisodiyotiga o‘tishning hozirgi bosqichida va turli mulkchilik
shakllari mavjudligi sharoitida inventarizatsiya o‘tkazish, odatda, katta
hajmdagi axborotlarga ishlov berish bilan bog‘liq. Shuning uchun in-
ventarizatsiya o‘tkazish jarayonlarini ham kompyuterlashtirish zarur.
Asosan katta nomenklaturadagi tovar-moddiy zaxiralarini inventarizat-
siya qilishda kompyuterlardan foydalanish yuqori samara beradi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin