29
Iqtisodiy fanlar qatorida buxgalteriya hisobining metodi faqat un-
ing o‘ziga xos usullardan iborat bo‘lib, ular fan predmetining mohiyati
va uning oldiga quyilgan vazifalar hamda talablardan kelib chiqadi
Buxgalteriya hisobi metodini tashkil etuvchi asosiy usullar (ele-
mentlar) quyidagilardan iborat:
hujjatlashtirish va inventarizatsiya; ba-
holash va kalkulyatsiya (mahsulotlar, bajarilgan ish va xizmatlar tan-
narxini aniqlash); schotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv; balans va hi-
sobot.
Buxgalteriya hisobi sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalarini hu-
jjatlarda uzluksiz va yoppasiga aks ettirishdan boshlanadi. Hujjatlashti-
rish – bu sodir bo‘lgan muomalani dastlabki ro‘yxatga olish usulidir.
Hujjatlarda xo‘jalik
muomalalarining mazmuni, ularning miqdori va si-
fati to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Hujjatlarda aks ettirilgan
xo‘jalik muomalalarining to‘g‘riligi uchun mas'ul
shaxslar imzolari bilan
tasdiqlanib, ularning dalillovchi kuchi ta’minlanadi.
Hujjatlashtirish – buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining aniqligi va
ishonchliligini ta’minlay turib, mulklarning saqlanishini qat’iy nazorat
qilish, tejamkorlikka rioya qilish va xo‘jalik faoliyati jarayonida mab-
lag‘lardan maqsadli foydalanishning muhim shartidir.
Buxgalteriya hi-
sobi ma’lumotlari mavjud mablag‘lar bilan bir xil bo‘lmog‘i kyerak.
Bunday bir xillikni ta’minlash uchun vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya
o‘tkazib turish kyerak.
Dostları ilə paylaş: