R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Buxgalteriya hisobi metodining ta’rifi, tarkibi, predmeti va



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə19/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   226
1.8. Buxgalteriya hisobi metodining ta’rifi, tarkibi, predmeti va 
metodining o‘zaro bog‘liqligi 

Har qanday fanning predmeti va obyektlarining mohiyatini bilishga


mazkur fan metodining mazmunini bilish orqali erishiladi.
Oldingi paragraf (1.7) da ta’riflanganidek, buxgalteriya hisobining
predmeti deganda, mablag‘lar, manbalar va xo‘jalik jarayonlari hamda
faoliyat natijalari tushunilsa, uning metodi predmetni qanday usullar va
amallar yordamida o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.

Demak, buxgalteriya hisobining metodi mazkur fan predmetini 
o‘rganish uchun qo‘llaniladigan usullar (element) ning ilmiy asoslangan 
tizimiga aytiladi.


29
Iqtisodiy fanlar qatorida buxgalteriya hisobining metodi faqat un-


ing o‘ziga xos usullardan iborat bo‘lib, ular fan predmetining mohiyati
va uning oldiga quyilgan vazifalar hamda talablardan kelib chiqadi
Buxgalteriya hisobi metodini tashkil etuvchi asosiy usullar (ele-
mentlar) quyidagilardan iborat: hujjatlashtirish va inventarizatsiya; ba-
holash va kalkulyatsiya (mahsulotlar, bajarilgan ish va xizmatlar tan-
narxini aniqlash); schotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv; balans va hi-
sobot. 
Buxgalteriya hisobi sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalarini hu-
jjatlarda uzluksiz va yoppasiga aks ettirishdan boshlanadi. Hujjatlashti-
rish – bu sodir bo‘lgan muomalani dastlabki ro‘yxatga olish usulidir.
Hujjatlarda xo‘jalik muomalalarining mazmuni, ularning miqdori va si-
fati to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Hujjatlarda aks ettirilgan
xo‘jalik muomalalarining to‘g‘riligi uchun mas'ul shaxslar imzolari bilan
tasdiqlanib, ularning dalillovchi kuchi ta’minlanadi.
Hujjatlashtirish – buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining aniqligi va
ishonchliligini ta’minlay turib, mulklarning saqlanishini qat’iy nazorat
qilish, tejamkorlikka rioya qilish va xo‘jalik faoliyati jarayonida mab-
lag‘lardan maqsadli foydalanishning muhim shartidir. Buxgalteriya hi-
sobi ma’lumotlari mavjud mablag‘lar bilan bir xil bo‘lmog‘i kyerak.
Bunday bir xillikni ta’minlash uchun vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya
o‘tkazib turish kyerak.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin