R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə2/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226
UO‘К: 657.1(075) 
KBК 32.81ya73 
Mas’ul muharrir:
S.Sh.Xolmirzayeva – filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Taqrizchilar:
Ibragimov A.K. – O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya Akademiyasi,
Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi mudiri, i.f.d., professor;
Saidakbarov X.X. – Toshkent davlat agrar universiteti Qishloq xo‘jaligi
iqtisodiyoti kafedrasi mudiri, i.f.n. dotsent.


ISBN 978–9943–4265–3–5
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2014. 


3

KIRISH 

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va bozor munosabatlari bux-
galteriya hisobining qo‘llanilish chegaralarini kengaytirmoqda. Jum-
ladan, yangi hisob obyektlari vujudga kelmoqda va buning natijasi sifa-
tida hisob axborotlaridan foydalanuvchilarning yangi turlari paydo
bo‘lmoqda. Shu bois, buxgalteriya hisobi oldiga uni yangi sharoitlarga
moslashtirish bo‘yicha vazifalar qo‘shilmoqda. Hisob axborotlari ha-
jmining doimiy o‘sib borishi, uning sifatiga zarar etkazmasdan, buxgal-
teriya hisobi shakllari va uslublarini yanada takomillashtirib borishni,
EHM yordamida dastlabki hisob axborotlarini ro‘yxatga olish va ishlov
berish vaqtini qisqartirishni taqozo etmoqda.
Bozor munosabatlari rivojlanishi natijasida boshqaruvning ax-
borotlarga talabi ham kuchaymoqda. Uning asosini esa buxgalteriya hi-
sobining axborot tizimi tashkil etadi. Bu axborot tizimining ajralib turu-
vchi belgilari: to‘liqlik, hujjat bilan asoslanganlik, pul o‘lchovining
qo‘llanilishi va boshqalar bo‘lib, hisob axborotlarini shakllantirish va
umumlashtirish hamda ichki va tashqi axborotdan foydalanuvchilarga
etkazish imkonini beradi. Shu bilan birga, axborotdan foydalanuvchilar
korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida aniq tasavvurga ega
bo‘ladilar.
Fanning maqsadi buxgalteriya hisobining obyektlari va subyektlari;
schotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv, xo‘jalik muomalalarini hisobga
olish, dastlabki hujjatlarni yuritish, qishloq xo‘jaligi korxonalarida sta-
tistik usullarni qo‘llash, statistik ko‘rsatkichlarni aniqlash, ishlab chi-
qarish jarayonlarini statistik tahlil etish to‘g‘risidagi bilimlarni berishdan
iborat.
Fanning vazifalari talabalarga buxgalteriya hisobining nazariy
asoslari, qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobini tashkil etish va yurit-
ish, buxgalteriya balansi, uning tuzulishini, xo‘jalik jarayonlarini hi-
sobga olish va ularning natijalari asosida hisobot tuzish to‘g‘risidagi
bilimlarni, statistikaning nazariy asoslarini, umumlashtiruvchi ko‘rsat-
kichlarini va ularning mohiyatini, moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini
tavsiflovchi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash usullarini va statistik
tahlil etishni o‘rgatishdan iborat.


4
Fanning namunaviy dasturiga muvofiq talabalarning bilimi, uquvi


va ko‘nikmasiga quyiladigan talablar quyidagilardan iborat:
-
buxgalteriya hisobi va statistikaning nazariy asoslarini;
-
qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobining tashkil etish va yu-
ritishni;
-
xo‘jalik jarayonlari va moliyaviy natijalarni hisobga olishni;
-
qishloq xo‘jaligi statistikasini tashkil qilishni bilishi lozim.
-
buxgalteriya hisobi va statistikaning asosiy tushunchalarini
bilish;
-
qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobini yuritish;
-
hujjatlarni to‘ldirish, jamlash va ulardagi ma’lumotlarni qayta
ishlash;
-
statistik kuzatishni tashkil etish;
-
ommaviy-ijtimoiy hodisalar haqidagi ma’lumotlarni jamlangan
ko‘rinishga keltirish o‘quviga ega bo‘lishi kerak.
-
buxgalteriya hisobi va statistikaning usullari;
-
xo‘jalik jarayonlari va moliyaviy natijalarni hisobga olish hamda
moliyaviy hisobot tuzish;
-
statistik tahlil usullarini va ularning ijtimoiy hodisalarni tahlil
qilishda qo‘llanishi yuzasidan ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
Ushbu fan «Iqtisodiyot nazariyasi», «Iqtisodiy tahlil», «Qishloq
xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejmenti», «Oliy matematika», «Falsafa»
kabi fanlar bilan uzviy bog‘liq.
Qishloq xo‘jaligida, xususan fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hi-
sobi va hisobotini amaliy jihatdan yaxshilashda «Fermer xo‘jaliklarida
buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish
to‘g‘risida»gi Nizom muhim amaliy ahamiyatga ega. Shuning uchun
o‘quv qo‘llanmada buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda ustun
darajada mazkur Nizomga asoslanildi.
O‘quv qo‘llanmaning kirish, I-VII boblari iqtisod fanlari doktori,
professor R.D.Do‘smuratov,VIII-X boblari iqtisod fanlari nomzodi, dot-
sent B.Yu.Mengliqulovlar tomonidan yozilgan.
Albatta, kitob kamchiliklardan holi bo‘lmasligi mumkin. Uni
mazmun va shakl jihatdan yaxshilash borasida bildiriladigan barcha fikr-
mulohazalar va takliflar uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin