R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


-rasm. Buxgalteriya hisobining funksiyalari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə9/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   226
1.4-rasm. Buxgalteriya hisobining funksiyalari 

Axborot funksiyasi


Uzviy aloqa funksiyasi
Nazorat funksiyasi
Tahliliy funksiyasi
Mulkning saqlanishini ta`minlash
Buxgalteriya hisobining
funksiyalari


15
1. Axborot (boshqaruv tizimini axborot bilan ta’minlash) funk-


siyasi. Buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimi va bozor munosabat-
larini rivojlantirishdagi asosiy funksiyalaridan biri axborot bilan
ta’minlash funksiyasi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
hozirgi bosqichida o‘z vaqtida olinadigan haqqoniy iqtisodiy axborot-
larning roli va ahamiyati kuchaymoqda.
Buxgalteriya hisobi tizimi har xil boshqaruv obyektlariga –
korxona xizmatlari, uning bo‘linmalari menejerlariga haqiqiy
axborotlarni yetkazib beruvchi muhim manba bo‘lib, ular ushbu
axborotlardan foydalangan holda tegishli boshqaruv qarorlarini ishlab
chiqadilar va qabul qiladilar.
Hisob-kitoblar ko‘rsatishicha, iqtisodiy axborotlar umumiy haj-
mining 70% idan oshig‘i buxgalteriya axborotlari ulushiga to‘g‘ri keladi.
Aynan buxgalteriya hisobi tizimi korxona mablag‘lari va ular man-
balarining ahvoli va harakati, xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risida korxona
moliyaviy natijalari to‘g‘risida umumlashgan (sintetik) va batafsil
(analitik) axborotlarni aks ettiradi va to‘playdi.
Buxgalteriya axborotlari operativ va statistik hisobda, rejalashti-
rishda, istiqbolni belgilash (prognozlash) da, korxona faoliyati taktikasi
va strategiyasini ishlab chiqishda va boshqalarda keng qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobining axborot sig‘imi eng katta bo‘lgan uchast-
kalariga xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar, tovar-
moddiy zaxiralarini hisobga olish, ishlab chiqarish xarajatlari hisobi,
tayyor mahsulotlar va ularni sotishni hisobga olish kabilar misol bo‘ladi.
Masalan, xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblarni hi-
sobga olishga doir axborotlar jami hisob axborotlarining 25-30 foizini
tashkil etadi. Shu tufayli hisob-kitoblar, mehnat va ish haqini tahlil qilish
hamda mehnat resurslarini boshqarish uchun etarli axborot bazasi
yaratilgan.
Quyilgan maqsad, hal etiladigan vazifalar doirasi axborotdan foy-
dalanuvchi bo‘linmalar, boshqariladigan obyekt darajasiga ko‘ra hisob
va tahliliy axborotlarni ularning eng yuqori va eng past qismlarga
bo‘lish zarur. Har bir axborot turini boshqaruv obyektlari va berish
muddatlari bo‘yicha tabaqalashtirish kerak.
Axborotlar davriyligi ham turlicha bo‘lishi mumkin: smena, sutka,
hafta, dekada, oy, chorak va boshqalar.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin