16
yasi kuchaymoqda. Bunga uning shakl va uslublarini takomillashtirish,
buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy
standartlarini joriy qilish, hi-
sob ishlarini kompyuterlashtirish, buxgalter, iqtisodchi va
tahlilchilarning avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari
imkoniyatlaridan keng
foydalanish sabab bo‘lmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish turli mulkchilik shakllarining mavjud-
ligi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar huquqlarining kengaytirilishi, xalq
xo‘jaligida moliyaviy nazorat tizimining mahsulot ishlab
chiqarish va
realizatsiya qilish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish xarajatlari ustidan
nazoratning pasaytirilishini bildirmaydi. Aksincha,
moliya-hisob
markazi (MHM), vazirlik va davlat idoralarining nazorat va taftish xiz-
matlari, banklar, auditorlik tashkilotlar va soliq inspeksiyasi xodimlari
yangicha xo‘jalik yuritish uslublariga tayangan holda barcha resurslar-
dan oqilona foydalanish ustidan kuchli nazorat o‘rnatishlari lozim. Bux-
galteriya hisobining yagona yaxlit tizimida nazorat
qilish funksiyasining
roli kuchaymoqda va yanada ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Chunki,
korxona ma’muriyati yoki mulkdorlarga nafaqat o‘z korxonasining
moliyaviy ahvolini bilish, balki raqobatchi
korxonalarning hamda ham-
korlarining moliyaviy ahvolini, to‘lov layoqatini bilish zarur.
Buxgalteriya hisobining maxsus usullari va amallari yordamida na-
zoratning uchta turi yuritiladi:
dastlabki nazorat – xo‘jalik muomalasi
sodir bo‘lgungacha;
joriy nazorat – xo‘jalik
muomalasini amalga
oshirish;
keyingi nazorat – muomala sodir bo‘lganidan so‘nggi.
Hisob jarayonining axborotlarni to‘plash, o‘lchash, ro‘yxatga ol-
ishdan tortib, to zarur bo‘lgan oraliq, natijaviy va hisobot ko‘rsatkich-
larini olish bilan yakunlanadigan barcha bosqichlarida kompyuter va
boshqa tashkiliy-texnik vositalardan foydalanish buxgalteriya hisobining
boshqaruv tizimidagi nazorat funksiyasini
kuchaytirishga doir
vazifalarni bajarishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: