R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


-rasm. Buxgalteriya hisobining «uzviy aloqa» funksiyasining



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə13/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   226
1.5-rasm. Buxgalteriya hisobining «uzviy aloqa» funksiyasining
paydo bo‘lish jarayoni

5. Tahliliy funksiya xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik
faoliyatini va uning natijalarini tahlil qilishdan iborat. Axborotdan foy-
dalanuvchilar (ichki va tashqi) hisob-iqtisodiy axborotlarga asosan
xo‘jalik yurituvchi subyektning mulkiy holati, to‘lov layoqati, chetdan
kapital jalb qilishi, ichki va tashqi munosabatlari, faoliyat samaradorligi,
rivojlantirish istiqbollari va hokazolar to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni
olishga intiladilar. Boshqaruv maqsadlari uchun resurslarning barcha
turlaridan foydalanish, ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlari; foy-
daning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi va shunga o‘xshashlar
tahlil qilinishi lozim. Tahlil jarayonida haqiqiy ko‘rsatkichlar, reja, nor-
mativ, smeta ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanib, tafovut sabablari aniqla-
nadi. Demak, operativ boshqaruv, boshqaruv qarorlarini tayyorlash,
asoslash va qabul qilish hamda korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini
prognozlashda buxgalteriya hisobi tahliliy funksiyasining ahamiyati
beqiyosdir.

1.6. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar

Buxgalteriya hisobi o‘ziga xos xususiyatlari tufayli ko‘p hollarda


«biznesning tili», rivojlangan bozor ishtirokchilarining muloqat qiladi-
gan umumiy tili deb e’tirof etiladi. Tegishli axborotlar ulardan foy-
Q a r o r
Qaror qabul qiluvchi
shaxs
Ma’lumotlarni bir
tizimga keltirish
Ma’lumotlarni yig‘ish
Ma’lumotlarni
ro‘yxatga olish
Boshqaruv obyektlari: 
aktivlar, passivlar va moliya‐
xo‘jalik faoliyati


19
dalanuvchilarga buxgalteriya hisobi tilida, ya’ni tadbirkorlar «o‘qiy


oladigan» tilda etkaziladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risidagi ax-
borotlarga qiziquvchi istalgan yuridik yoki jismoniy shaxs moliyaviy hi-
sobotdan foydalanuvchi deb tan olinadi. Shu munosabat bilan hisob ax-
borotlaridan foydalanuvchilar doirasining manfaatlari shakllanadi. Maz-
kur foydalanuvchilar doirasi etarli darajada barqaror bo‘lishiga
qaramasdan, ularning axborotlarga talabi har xil. Farqlar eng avvalo?
manfaatlar xilma-xilligidan kelib chiqadi. Birovlarni mazkur xo‘jalik yu-
rituvchi subyektga quyilgan kapitaldan olinadigan daromad qiziqtirsa,
boshqalarni – ushbu daromadni soliqqa tortish, uchinchi birovlarni – sar-
flangan mehnatga to‘liq va o‘z vaqtida haq to‘lash hamda boshqa shu
kabilar qiziqtiradi. Hisob axborotidan foydalanuvchilar talablarining
xilma-xilligi foydalanuvchilarning tarkibi bilan ham bog‘liq (1.6-rasm).
Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari umumiy konsepsiyasiga
muvofiq hisob axborotlaridan foydalanuvchilar: xizmatchilar, mol
etkazib beruvchilar, kreditorlar, investorlar, xaridorlar, hukumat,
jamoatchilik hisoblanadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin