R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


-rasm. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilarning



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə14/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   226
1.6-rasm. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilarning 
turkumlanishi 
Buxgalteriya hisobi axborotlaridan 
foydalanuvchilar 
Ichki foydalanuvchilar
Tashqi foydalanuvchilar
Korxona boshqaruv organi
(Direktor, bosh director,
direktorlar kengashi, kuzatuv
kengashi)
Mulkdorlar, aksiyadorlar
Tarkibiy bo‘linma rahbarlari
Bevosita moliyaviy manfaatdor 
(investorlar, mol etkazib beruvchilar,
xaridotlar va b.)
Bevosita moliyaviy manfaatdor 
bo‘lmagan (DSI, fond bozori
ishtirokchilari, iqtisodiyotni
boshqarish organlari)
Moliyaviy manfaati yo‘q 
(statistika organlari, kasaba
uyushmalari va b.)


20
Bunday axborotdan foydalanuvchilar ikkita katta guruhga: ichki 


foydalanuvchilar va tashqi foydalanuvchilarga bo‘linadi.
Birinchi guruh ichki foydalanuvchilarni tashkil etadi. Keng
ma’noda ularga korxona ma’muriyati, uning menejerlari va nihoyat
korxona xodimlari kiradi. Korxona ma’muriyati boshqaruv qarorlarini
qabul qilishning barcha bosqichlarida: biznes-reja tuzish, nazorat va
boshqaruv funksiyasining o‘zining samaradorligini baholashda hisob
axborotlaridan foydalanadi.
Bevosita moliyaviy manfaatdor bo‘lgan tashqi foydalanuvchilar –
bu qarz beruvchilar, kreditorlar, mol etkazib beruvchilar va xaridorlar,
bo‘lg‘usi aksiyadorlar, ularning konsultantlari.
Tashqi foydalanuvchilarni eng avvalo, quyilgan kapitalning
qoplanishi qiziqtiradi: qarzlar qaytarilishi, foizlarni ham qo‘shgan holda;
tovarlar shartnoma bahosining to‘lanishi; dividendlarning olinishi;
ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga quyishning iqtisodiy maqsadga mu-
vofiqligi va h.k. Mol etkazib beruvchilar va boshqa tijorat kontragentlari
sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar uchun pul mablag‘larining o‘z
vaqtida olinishi to‘g‘risida shak-shubhasiz xulosaga kelishga imkon
beradigan hisob axborotlarini olishdan manfaatdordirlar.
Bevosita moliyaviy manfaatdor bo‘lmagan tashqi foydalanuvchilar
– bu birinchi navbatda soliq organlari. Ularning asosiy vazifasi soliqlar
va boshqa to‘lovlar (bojxona to‘lovlari, jarimalar va boshqalar) ni
yig‘ishdan iborat.
Moliya bozorining ishtirokchilari – investorlarni emitent qimmatli
qog‘ozining daromadliligi (kotirovkasi), asosan aksiya sotib olish bilan
bog‘liq risk (tavakkalchilik) darajasi qiziqtiradi. Aksiyalar va boshqa
qimmatli qog‘ozlarning sotilish va sotib olinish bahosi o‘rtasidagi
farqqa, vositachilik xizmatlari ko‘rsatishda uning ishtirokchilari o‘z
moliyaviy natijalarini shakllantiradi. Emitentning qimmatli qog‘ozlariga
bo‘lgan talab va taklif uning moliyaviy barqarorligiga bog‘liq holda
aniqlanadi.
Moliya bozorining professional ishtirokchilari, moliyaviy
barqarorlik darajasini, mulkdorlarning fond birjasida ro‘yxatga olingan
va e’lon qilingan moliyaviy hisobotlaridagi ma’lumotlar asosida
aniqlashlari mumkin.
Davlat organlari – bu mamlakat iqtisodiyotini boshqaruv organlari
(Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, inves-
titsiyalar va savdo vazirligi, Davlat statistika komiteti va b.) bo‘lib, ular
hisob va moliyaviy axborotlarni milliy iqtisodiyotning tarmoqlari va


21
alohida ishlab chiqarishlarning rivojlanishini bashorat qilish, nisbatlarni


va o‘sish sur'atini aniqlash, yalpi daromadni hisob-kitob qilish va boshqa
shunga o‘xshash statistik ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilishga zarur
bo‘lgan me’yorda o‘rganish bilan shug‘ullanadilar.
Moliyaviy manfaati bo‘lmagan buxgalteriya hisobi axborotidan 
foydalanuvchilar guruhiga auditorlik tashkilotlari, kasaba uyushmalari,
yollangan shaxslar, davlat muassasalari va shu kabilarni kiritish mum-
kin.
Kasaba uyushmalari xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hi-
sobotini uning bilan jamoa shartnomasi tuzish yoki muddatini uzaytirish
maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganadilar.
Mahalliy davlat muassasalari va aholi korxonalar moliyaviy hi-
sobotlari bilan ularning moliyaviy holati va ijtimoiy-iqtisodiy muam-
molarni ayrim tumanlar, fuqarolar yig‘ini va boshqalar doiralarida hal
eta olishlari nuqtai nazaridan qiziqadilar.
Shunday qilib, hisob axborotlari moliyaviy hisobotda muayyan
xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini
ko‘rsatilgan yo‘nalishda ochib berishi uchun, buxgalteriya hisobining
butun metodologiyasi axborotdan foydalanuvchilar tomonidan belgilan-
gan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilishi lozim. Ayni vaqtda bux-
galteriya axborotlaridan foydalanuvchilar o‘rtasida raqobatli muhit
mavjud bo‘lgan va uning tijorat sirini saqlash obyektiv zarurati, hisob
axborotlarining mazmuniga ichki va tashqi foydalanuvchilar tomonidan
quyiladigan talablardan kelib chiqqan holda bozor iqtisodiyotida bux-
galteriya hisobining ikkita turi mavjud: boshqaruv hisobi va moliyaviy 
hisob.
Boshqaruv hisobi ichki foydalanuvchilar-xo‘jalik yurituvchi
subyektni boshqaruvchi menejerlar uchun axborotlarni tayyorlaydi.
Moliyaviy hisob tashqi foydalanuvchilar uchun axborot taqdim et-
ishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun uning negizida shakllanadi-
gan moliyaviy hisobotda tijorat siri bo‘lmaydi va e’lon qilinishidan oldin
uning ishonchliligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tekshiriladi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin