14
Uchinchi vazifa korxona xo‘jalik faoliyatini boshqarishning sama-
radorligini oshirishga qaratilgan.
Shu
bilan birga, shartnomalarning bajarilishini, tejamkorlikka rioya
qilishni va mulkning saqlanishini ta’minlashni nazorat qilish ham hi-
sobning vazifasiga kiradi.
Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish buxgal-
teriya hisobi tomonidan ikkita vazifani bajarishda ifodalanadi. Bir-
inchisi, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirishning
joriy va is-
tiqbolli rejalarini tuzish uchun zarur dastlabki ma’lumotlar beradi.
Chunki mavjud bozor konyunkturasini, moddiy, mehnat va moli-
yaviy resurslarni hisobga olmay turib, haqqoniy biznes-reja top-
shiriqlarini tuzish mumkin emas. Ikkinchidan,
shartnoma majburiyat-
larini bajarish uchun bir vaqtning o‘zida ularning bajarilishini nazorat
qilishni tashkil etish zarur.
Ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmat-
larning tannarxini pasaytirish, korxonalarda va uning bo‘linmalarida
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tadbirkorlikni
rivojlantirish
buxgalteriya hisobining muhim vazifasidir. Bundayulkan vazifalar
korxonalarning hamma ichki imkoniyatlarini axtarib topish va ulardan
samarali foydalanish, iqtisodiy tejamkorlikka rioya qilish,
ishlab chiqar-
ish zaxiralarini va xarajatlarini o‘z vaqtida hisobga olib borish bilan mu-
vaffaqiyatli amalga oshiriladi
Buxgalteriya hisobi boshqaruv tizimida quyidagi
funksiyalarni
bajaradi (1.4-rasm).
Dostları ilə paylaş: