R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Buxgalteriya hisobining mohiyati, turlari va tamoyillari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə7/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   226
1.4. Buxgalteriya hisobining mohiyati, turlari va tamoyillari 

Bozor iqtisodiyotining buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yadigan


talablari rejali-taqsimot iqtisodiyotiga qaraganda ancha keng. Bu eng
avvalo, boshqaruv maqsadlari xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining
yakuniy natijasi – foyda olishga qaratilganligi bilan bog‘liq. Hozirgi


12
sharoitda buxgalteriya hisobi ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda


uch turga bo‘linadi (1.3-rasm).

1.3-rasm. Buxgalteriya hisobining turlari 

Moliyaviy hisob tashqi va ichki axborotdan foydalanuvchilar
talabini qondirishga qaratilgan hisob va hisobot tizimidan iborat. Bosh-
qaruv hisobi faqat ichki axborotdan foydalanuvchilar, ya’ni xo‘jalik yu-
rituvchi subyekt boshqaruv apparatini axborot bilan ta’minlaydi va
uning joriy vazifalari (ishlab chiqarish hisobi) kabi strategik
maqsadlariga (strategik hisob) xizmat qiladi. Soliq hisobi soliqlarning
alohida turlari bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazani to‘g‘ri hisoblash va
budjet bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlashga
qaratilgan. Shunday qilib, boshqaruvning ko‘rib chiqilgan rejalashtirish,
nazorat va qabul qilingan qarorlar bajarilishining samaradorligini
baholash kabi funksiyalari buxgalteriya hisobi tufayli amalga oshiriladi.
Uning axborot tizimi ichki va tashqi axborotdan foydalanuvchilarning
xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida yaqqol
tasavvurga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobi axborotlarini hisobning boshqa turlarida
shakllanadigan axborotlar bilan qiyoslaganda farq qiladigan belgilari
uning asosiy tamoyillariga tayanadi. Ularga asoslangan holda har bir
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ma’lum mahsulot, ish va
xizmatlar bozorida o‘zining moliya-xo‘jalik strategiyasi ishlab chiqiladi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunning 6-moddasiga muvofiq
buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari quyidagilar:

buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish;

uzluksizlik;

xo‘jalik muomalalari, aktivlar va passivlarni pulda baholash;

aniqlik;

hisoblash;

oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik);

mazmunning shakldan ustunligi;
Buxgalteriya hisobi

Moliyaviy hisob


Boshqaruv hisobi

Soliq hisobi




13


ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi;

moliyaviy hisobotning betarafligi;

hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;

aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin