5
I BOB. BUXGALTERIYA HISOBINING MOHIYATI,
PREDMETI VA METODI
1.1.
Xo‘jalik hisobining mohiyati va funksiyalari
Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanti-
rish, innovatsiya jarayonlarini jadallashtirish va bozor iqtisodiyoti sharo-
itida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida asosiy e’tiborni moddiy, mehnat va
moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanishga,
unumsiz sar-
flarni va nobudgarchiliklarni bartaraf qilishga qaratmoq kerak. Bunday
ulkan ishlarni amalga oshirishda buxgalteriya hisobining roli beqiyosdir.
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotining asosini moddiy ne’matlar ishlab
chiqarish tashkil etadi. Bu jarayonda kishilar iste’mol buyumlarini: oziq-
ovqat, kiyim-kechak, poyafzal hamda mehnat vositalarini; mashinalar,
inshootlar, asbob-uskunalar va hokazolar yaratadilar.
Ishlab chiqarish-
dan olingan mahsulotlar esa sotiladi, taqsimlanadi va iste’mol qilinadi.
Bunday uzluksiz davom etadigan ishlab
chiqarish, sotish (ayirboshlash)
va iste’mol jarayonlari ijtimoiy takror ishlab chiqarishning mohiyatini
tashkil etadi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish uchun esa
ularni muntazam ravishda nazorat qilib, ushbu jarayonlarda sodir
bo‘layotgan miqdor va sifat o‘zgarishlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga
ega bo‘lish kerak.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlari mazmunan xo‘jalik yu-
rituvchi subyektlarda sodir bo‘ladigan jarayonlar yig‘indisidan iboratdir.
Shuning uchun iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlaridagi ishlab chiqarish,
sotish, ayirboshlash va iste’mol jarayonlarini tavsiflovchi miqdor
ko‘rsatkichlarining yig‘indisi takror ishlab chiqarish jarayonlari va ijti-
moiy turmushdagi boshqa jarayonlarni butunligicha tavsiflay oladi.
Xo‘jalik jarayonlarini va ularning natijalarini nazorat qilish
ku-
zatish, o‘lchash va ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi. Kuzatish
orqali korxona va tashkilotlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tashkil
etuvchi ko‘p sonli va turli xil faktlarga ega bo‘linadi. Bu faktlarni esa
ma’lum o‘lchov birliklarida ifodalash hamda
tegishli ravishda guruh-
6
larga ajratib ro‘yxatga olib borish zarur. Shu tariqa xo‘jalik faoliyatiga
baho berish uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘linadi.
Shunday qilib, hisob yuritish xo‘jalik faoliyatini boshqarish, keng
ma’noda esa butun ijtimoiy ishlab chiqarishni, ya’ni jamiyatni
boshqarish uchun zarur ekan. Boshqacha qilib aytganda, hisobot yuritish
deb ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni
boshqarishni ta’minlash maqsadida, bu jarayonlarni
miqdor jihatdan aks
ettirib, sifat jihatdan tavsiflashga aytiladi. Demak, hisob yuritish
boshqarishning ajralmas qismi ekan.
Kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlarida hisob butun jamoaga
ishlab chiqarish va iste’mol uchun qanday mehnat qurollari va mehnat
buyumlari zarurligini bilish maqsadida kerak bo‘lgan bo‘lsa, jamiyat
sinflarga bo‘lingandan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarda esa
hukmron sinfning manfaatini himoya qilib kelgan. Boshqacha qilib ayt-
ganda, sinflar mavjud jamiyatda hisob yuritish o‘zgarib,
takomillashib
va uning roli oshib borgan. Bozor munosabatlarini rivojlantirish
bo‘yicha hukumat qabul qilgan qarorlarni hayotga tadbiq qilishda,
korxonalarni xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish sharoitida
hisob va statistikaning roli yana ham oshib bormoqda. Bunday ulkan
vazifalarni amalga oshirish uchun hisob ma’lumotlariga ishlov berishni
kompyuterlashtirish, hisobning ilg‘or shakl va uslublarini qo‘llash, hisob
ishlariga sarflanadigan mablag‘lar va mehnat
sarflarini kamaytirishga
yerishish zarur.
Har bir xo‘jalik fakti hisobda korxona faoliyatining ham miqdor,
ham sifat jihatlarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlarga aylanadi. Bular ay-
rim mahsulot turlarining haqiqiy tannarxi, korxona faoliyatining moli-
yaviy natijalari va boshqalar.
Xo‘jalik hisobi xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqarishda foy-
dalaniladigan axborot tizimidan iborat bo‘lib, unda korxona faoliyatida
sodir bo‘ladigan barcha jarayonlar va
hisob obyektlarining holati
to‘g‘risidagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlari haqidagi axborotlar ma’lum
qoidalar va standartlar bo‘yicha ularni boshqarish uchun ilmiy asoslan-
gan qoidalarga muvofiq qayd qilinadi, o‘lchanadi, ishlov beriladi,
to‘planadi va guruhlanadi. Xo‘jalik hisobi keng qamrovli va tulaqonli
bo‘lishi hamda korxona iqtisodiyotini boshqarish vazifalari to‘liq va o‘z
vaqtida amalga oshirishga yo‘naltirilgan, ya’ni boshqaruv tizimi uchun
foydali bo‘lishi lozim.
Xo‘jalik hisobining mohiyatini uning funksiyalari orqali mufassal
ochib berish mumkin (1.1-rasm).