8
Xo‘jalik mablag‘larini va jarayonlarini hisobda miqdoriy aks
ettirish uchun
natural,
mehnat va
pul o‘lchovlaridan foydalaniladi.
Natural o‘lchovlar – hisob obyektlarini og‘irlik (kg, s, t ), hajm
(m.kub, litr), uzunlik (mm, sm, m, km), maydon (kvadrat metr, ga) va
boshqa o‘lchovlarda ifodalash uchun qo‘llaniladi.
Natural o‘lchovlarda yuritiladigan hisob
miqdoriy yoki natural hi-
sob deb ham ataladi. Miqdoriy hisob asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar,
o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, xom ashyo va Materiallar,
tayyor
mahsulotlar va boshqa hisob obyektlarini natural (fizik) hajmi to‘g‘risida
axborotlar bilan ta’minlashdan iborat.
Bunday o‘lchovlar xo‘jalik mablag‘larining saqlanishini hamda
xo‘jalik faoliyatiga tezkor rahbarlik qilishni ta’minlaydi. Natural
o‘lchovlar bir xildagi xo‘jalik mablag‘larini hisobga olishda qo‘llaniladi.
Turli xil natural ko‘rsatkichlarini jamlash mumkin emas. Shuning uchun
ham har xildagi xo‘jalik mablag‘larini tavsiflovchi umumlashgan
ma’lumotlarni olishda bunday ko‘rsatkichlardan foydalanib bo‘lmaydi.
Sarflangan ish
vaqtini hisobga olish uchun mehnat o‘lchovidan
foydalaniladi. Mehnat o‘lchovlari – kishi/kuni, kishi/soati, norma/soat va
boshqalarda ifodalanadi. Mehnat o‘lchovlari ko‘p hollarda natural
o‘lchovlar bilan birga qo‘llaniladi. Masalan, bir ishchi bir soatda yoki bir
kunda qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqargan va h.k. Ular asosan
vaqtbay ishlovchilarga ish haqi hisoblashda, ishbay ishlovchilarning
normalarini
bajarishini nazorat qilishda, mehnat unumdorligini
o‘rganishda va hokazolarda qo‘llaniladi.
Shunday qilib, mehnat o‘lchovlari, natural o‘lchovlari kabi qat’iy
belgilangan qo‘llanilish chegaralariga ega.
Turli xildagi xo‘jalik mablag‘larini, xo‘jalik ehtiyojlarini,
hisoblashuv va kredit munosabatlarini hisobda aks ettirishda hamda
xo‘jalik faoliyatining yakunini pul ifodasida chiqarishda
pul o‘lchovi
qo‘llaniladi. U tovar-pul munosabatlari
mavjudligi, mablag‘lardan juda
tejab foydalanish, raqobatbardoshlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivo-
jlantirish bilan bevosita hamda chambarchas bog‘liqdir.
Pul o‘lchovi ko‘pincha natural va mehnat o‘lchovi bilan birga
qo‘llaniladi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatini aniqlash
uchun bu
mahsulot miqdorini va bahosini, ishchiga ish haqi hisoblash
uchun esa, ishchi tomonidan ishlangan kunlar va vaqt birligi uchun
to‘lanadigan haq summasini bilish zarur.