22
Shuningdek, buxgalteriya hisobi ham iqtisodiy fanlarning mustaqil bir
tarmog‘i sifatida o‘z predmeti va metodiga ega.
Korxonalar xo‘jalik faoliyati amaldagi qonunchilik va tasdiqlangan
biznes-rejasiga muvofiq amalga oshirilib, ishlab chiqarishni beto‘xtov
o‘stirishga, mehnat unumdorligini oshirishga, resurslarni juda ham tejab
sarflashga, mahsulot sifatini yaxshilash
va tannarxini pasaytirishga,
foydani ko‘paytirish va natijada rentabellikni o‘stirishga yordam berishi
kerak.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga
oshirishi uchun zarur mablag‘lar va ularning vujudga kelish manbalariga
ega bo‘lishlari lozim. Mablag‘lar va manbaar ta’minot,
ishlab chiqarish
va realizatsiya jarayonlarida sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalari
ta’sirida o‘zgaradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni
rivojlantirish va biznesni boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Lekin,
buxgalteriya hisobi korxona xo‘jalik faoliyatining pulda ifodalanadigan
qisminigina aks ettiradi. Bu esa buxgalteriya
hisobining obyektlarini
belgilab beradi.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasiga
muvofiq «Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital,
zaxiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda,
zararlar hamda ularning
harakati bilan bog‘liq xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobining
obyektlaridir». Korxonalar o‘z xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishlari
uchun zarur mablag‘lar, mashinalar, qurilmalar, pul,
moddiy boyliklar
va boshqalarga ega bo‘lishlari kerak. Bu mablag‘larning tarkibi va
ko‘lami korxonalarning xo‘jalik faoliyatining yo‘nalishi (sanoat, qishloq
xo‘jaligi, savdo va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lib, ularning biznes-rejalari
bilan belgilanadi.
Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi va joylashishi bo‘yicha
hisobga
olish korxonaning muayyan mablag‘lari (mashinalar, bino va inshootlar,
Material va mahsulotlar va h.k.) to‘g‘risida ma’lumot bersa, ularni
vujudga kelish manbalari va tayinlanishi bo‘yicha hisobda aks ettirish
esa, bu mablag‘larning xususiy mulk
hamda ularning korxonaga
biriktirilganligi yoki vaqtincha ishlatilayotganligi va xo‘jalik
Dostları ilə paylaş: