Oltin pul sifatida



Yüklə 75,05 Kb.
səhifə1/12
tarix05.12.2023
ölçüsü75,05 Kb.
#173976
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Oltin pul sifatida-fayllar.org (1)


Oltin pul sifatida




OLTIN PUL SIFATIDA 
Pul tizimi bu mamlakatda tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan tasdiqlangan
pul muomalasini tashkil qilish shaklidir. Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab
chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan
shakllangan, biroq shunday bo’lsa ham, uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo
bo’lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi
bilan pul tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi.
Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya’ni pul: umumiy
ekvivalent - tovar sifatida, yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab quyidagicha pul
tizimlar mavjud bo’lgan.
Metall pul muomalasi tizimlari va qog’oz va kredit pullar muomalasi tizimlari.
Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo’ladi va pulning barcha
funktsiyalarni bajaradi, kredit pullar esa
metallga almashinishi mumkin
;
Kredit va qog’oz pullar muomalaga chiqib ketishi bilan qog’oz pullar muomalasi tizimi
yuzaga kelgan.
Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va pul muomalasi
bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo’linadi.
Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (ko’pincha oltin va kumush)
bajargan, bu tizimda ikkala metalldan ham tangalarning erkin muomalaga chiqarilishi
va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan.
Parallel valyuta tizimida ikki metall qiymati stixiyali, metallning bozor bahosiga
munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar orasidagi mutanosiblikni
o’rnatib qo’ygan. Oltin va kumush tangalarning chiqarilishi va ulaming aholi tomonidan
qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq amalga oshirilgan.
Bimetalizm XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan bo’lib G’arbiy Evropaning qator
mamlakatlariga esa XIX asrgacha etib kelgan.
1865 yili Frantsiya, Belgiya, Shveytsariya va Italiya mamlakatlari bimetalizmni xalqaro
sulh - Lotin tanga Ittifoqi yordamida saqlab qolishga urinishgan. Tuzilgan
konventsiyada ikkala metalldan ham 5 frank va undan yuqori
qiymatli tangalarni
chiqarish
, oltin va kumush o’rtasida 1:15,5 qiymat mutanosibligini o’rnatish shartlari
ko’zda tutilgan.



Biroq bimetallik pul tizimining qo’llanilishi rivojlangan kapitalistik xo’jalik


ehtiyojlariga mos kelmasdi, chunki qiymat o’lchovi sifatida bir vaqtning o’zida ikki
metall - oltin va kumushning qo’llanilishi pulning ushbu funktsiyasi tabiatiga to’g’ri
kelmagan. Umumiy qiymat o’lchovi bo’lib faqat birgina tovar xizmat qilishi mumkin.
Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan o’rnatiladigan nisbat ularning
bozor narxiga to’g’ri kelmas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab chiqarishning
arzonlashishi va uning qadrini yo’qotishi natijasida oltin tangalar muomaladan xazinaga
keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning qonuni yuzaga chiqqan, ya’ni yomon
pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan.
Kapitalizm taraqqiyoti mustahkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo’lishni
talab qildi
,
shuning uchun bimetalizm o’z o’rnini monometalizmga bo’shatib berdi.
Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush) umumiy ekvivalent
va pul muomalasining asosi bo’lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga va boshqa
qiymat belgilari qimmatbaho metallarga almashiniladi.
Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada - 18471875 yy.
da mavjud bo’lgan.
Chor Rossiyasida kumush monometalizmi tizimi 1839-1843 yillarda o’tkazilgan pul
islohoti natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli bo’lgan. Keyichalik
muomalaga kredit biletlari ham chiqarilgan, ular kumush tanga bilan teng muomalada
qatnashgan va erkin tarzda metallga almashtirilgan. Lekin bu islohot so’nayotgan
krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo balansi taqchilligi sharoitida pul
muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan. 1853-1856 yillardagi Qrim
urushi ko’p miqdorda qo’shimcha kredit pullar emissiyasini talab qildi va amalda ular
qog’oz pulga aylanib qoldi.
Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada XVIII asr
oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. Ko’pchilik boshqa
davlatlarda u XIX asrning oxirlarida joriy qilingan: Germaniyada - 1871-1873 yilda,
Shvetsiya,
Norvegiya
, Daniyada - 1873 yilda, Frantsiyada - 1876-1878 yilda, Avstriyada
- 1892 yilda, Rossiya va Yaponiyada - 1897 yilda, AQSh da - 1900 yilda.
Qiymat belgilarining oltinga almashinishiga qarab oltin monometalizmi uch ko’rinishga
ajratiladi: oltin tanga standarti (zolotomonetniy standart), olting’isht (zolotoslitkoviy)
standarti, va oltin valyuta (zolotovalyutniy ili zolotodevizniy) standarti.



Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab chiqarish,


kredit tizimi
, jahon savdo kapitali kelib chiqishining rivojlanishiga yordam bergan. Bu
standart quyidagi asosiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi:
Mamlakat ichki muomalasida to’laqonli oltin tanga mavjud bo’ladi, oltin pulning barcha
funktsiyalarni bajaradi;
Xususiy shaxslarga tangalarni erkin zarb qilishga ruxsat etiladi (ko’pincha mamlakat
zarbxonasida);
Muomaladagi to’la qiymatli bo’lmagan pullar (banknota, kredit pullar) erkin va cheksiz
tarzda oltin pullarga almashiniladi;
Oltin va chet el valyutasini erkin tarzda olib chiqish va olib kirishga hamda erkin oltin
bozorlarining amal qilishiga yo’l qo’yiladi.
Oltin tanga standartining amal qilishi Markaziy emissiya banklarida oltin zaxiralari
bo’lishini talab qilgan. Bular tanga muomalasining rezervi bo’lib xizmat qilgan,
banknotalarning oltinga almashinishi ta’minlangan va jahon pullari rezervi bo’lgan.
Birinchi jahon urushi davrida byudjet taqchilligining o’sishi, uning zayomlar chiqarish
va tabora o’sib borayotgan pul emissiyasi bilan qoplanishi muomalada pul hajmining
ortib ketishiga olib kelgan. Bu pul massasi emissiya hajmi va banklarning oltin
zaxiralaridan anchagina ustun edi. Bu hol esa qog’oz pullaming oltin tangalarga erkin
almashinishini xavf ostiga qo’ydi. Bu davrda oltin tanga standarti
urushda qatnashgan
davlatlarda
, keyinchalik esa ko’pchilik boshqa mamlakatlarda ham (AQSh dan tashqari,
unda 1933 y. gacha bu tizim amal qilgan) hayot davrini o’tab bo’ladi: banknotalarning
oltinga almashtirishi tugatildi, uni chegaradan olib chiqish man qilindi, hamma oltin
tangalar xazinaga qaytarildi. Birinchi jahon urushi tugagandan so’ng kapitalizmning
umumiy inqirozi sharoitida hech qanday kapitalistik mamlakat o’z valyutasini
barqarorlashtirishni oltin tanga standartiga qaytish asosida amalga oshira olmadi.
Oltin
qolip standartida
, oltin tanga standartidan farqli o’laroq, muomalada oltin tanga va uning
erkin zarb etilishi ko’zda tutilmaydi. Banknota va boshqa to’la qiymatga ega bo’lmagan
pullar oltin quyilmalarga almashiniladi. Angliyada standart 12,4 kg oltin quyilmasi 1700
f. st., Frantsiyada esa 12,7 kg oltin quyilmasi 215 ming frankka tenglashtirilgan.
Avstriya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda oltin deviz standarti
o’rnatilgan, bunda ham oltin tangalar muomalasi va erkin zarb etilishi ko’zda tutilmaydi.
To’la qiymati bo’lmagan pullarni oltinga almashish oltin ko’yilma standarti bo’lgan



davlat valyutasiga almashish orqali amalga oshirilgan. Bu yo’l bilan oltin valyuta


standarti o’rnatilgan davlat pul birligini oltin bilan bilvosita aloqasi saqlanib turilgan.
Shunday qilib, oltin deviz standartida bir mamlakat valyutasi boshqa davlat valyutasiga
bog’liq bo’lgan.
1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi natijasida oltin standart barcha
mamlakatlarda bekor qilindi (masalan, Buyuk Brirtaniyada - 1933 yilda, AQSh da - 1933
yilda, Frantsiyada - 1936 yilda) va banknotalar muomalasi qaror topdi.
1944 yilda tashkil qilingan Bretton-vud Jahon valyuta tizimi o’zi bilan davlatlararo oltin-
valyuta standarti tizimini, boshqaga qilib aytganda o’z mohiyati bo’yicha erkin
konvertatsiyalanadigan valyuta assosida davlatlar uchun oltin-dollar standarti tizimini
qaror toptirgan. Oltin-dollar standartining mohiyati shundaki, u faqat markaziy banklar
uchun o’rnatilgan va bunda faqat bitta valyuta - AQSh dollari oltin bilan aloqador
bo’lgan. Oltin zaxira salmog’ining susayib ketishi sababli qo’yilmalarni dollarga sotish
to’xtatildi va oltin-dollar standartga ham yakun yasaldi.
Rivojlangan kapitalizm sharoitida banknotalar kredit tabiatini saqlab
qolgan -
ular iqtisodiyot
,davlatni kreditlash uchun mo’ljallangan bo’lib rasmiy chiqariladi va
qog’oz-pul muomalasi qonuniyatlariga bo’ysunadi.
Pul
tizimining
holati
mamlakat
iqtisodiga, ishlab
chiqarishning
rivojlanishigauzviy bog’liq bo’ladi. Pul tizimi ishlab chiqarishini sur’atlarini ushlab
turish yoki tezlashtirishga ta’sir ko’rsatadi.
Tarixan jahon puli funktsiyasini oltin va kumush bajarib kelgan bo`lsada,
Parij valyuta tizimi (1867yil) doirasida faqatgina oltin jahon puli sifatida qabul
qilingan. Biroq, demonetizatsiya natijasida oltinning ahamiyati bir muncha
kamaydi. Oltin demonetizatsiyasi - bu oltinning pul funktsiyalarini bajarishdan
asta-sekin maxrum etish jarayonidir. Demonetizatsiya jarayoni, XIX asr
oxirigacha bir necha yuz yil davom etgan kumush demonetizatsiyasi kabi uzoq
muddatli jarayondir.
Oltin demonetizatsiyasiob`ektiv va sub`ektiv sabablar bilan izohlanadi:
oltin pullar zamonoviy tovar ishlab chiqarish talablariga javob bermaydi;
kredit munosabatlari rivojlanishi bilan, kredit pullar - banknota, veksel, cheklar asta-
sekin oltinni avval ichki pul muomalasidan, keyin esa, xalqaro valyuta



munosabatlaridan sikib chiqardi; oltin muomalasining davlat tomonidan tartibga


solinishi - uning demonetizatsiyasini tezlashtiradi;
sub`ektiv omillar sifatida AQSHning valyuta siyosatini ko`rsatish mumkin. AQSH
valyuta siyosatining strategiyasi dollarning xalqaro mavqeini
mustahkamlash
maqsadida, oltinni jahon valyuta tizimining asosi sifatida
diskreditatsiya qilishga yo`naltirilgan edi. Birinchi Jahon urushidan so`ng, moliya
markazi Yevropadan Amerikaga kuchdi va bu AQSH dollarining etaqchiligiini
kuchaytirdi. Ikkinchi Jahon urushidan keyin, AQSH o`zining yirik valyuta- iqtisodiy
potentsialiga tayanib, «dollar oltindan yaxshirok» shiori ostida, dollar
hukmronligi uchun kurashni boshlab yubordi.
Adabiyotlar ro`yxati:



Yüklə 75,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin