Oltin pul sifatida


Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo‘lish sabablari



Yüklə 75,05 Kb.
səhifə5/12
tarix05.12.2023
ölçüsü75,05 Kb.
#173976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Oltin pul sifatida-fayllar.org (1)

37.1.Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo‘lish sabablari.
Pul maxsulot, tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli vaqt, miqdor va
sifatda ma’lum shartlarda ayirboshlashni tashkil etish va boshqarish maqsadida
vujudga keldi va xizmat qilmoqda.
Fanning predmeti, pulning paydo bo‘lish sabablari, pul shakllari va turlarining
evolyusiyasi, uning mohiyati va uning namoyon bo‘lish shakllari, funksiyalari,
Qiymat shakllarining evolyusiyasi. Qiymatning shakllari, boshqa iqtisodiy
kategoriyalardan ajralib turuvchi o‘ziga hos xususiyatlari hamda kredit pullari va
ularning turlarini chuqurroq o‘rgatadi.
SHuningdek, pul to‘g‘risidagi nazariyalar, uning shakllari,uning yuzaga kelish shart-
sharoitlari, nazariyalarni yaratgan olimlarni fikr va g‘oyalari, kamchiliklari haqida
o‘rganadi.
Pul aylanmasi va uning tarkibi, naqd va naqdsiz pullar, ularni aylanish tamoyillari,
shakllari haqida gap boradi. SHuning bilan birga, pul muomalasini tashkil qilish va
pul massasi, pul muomalasi qonunlari,
pul agregatlari
, muomala uchun zarur bo‘lgan
pul miqdorini aniqlash uslublari,pul muomalasi qonunlarining buzilishi hamda
uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari yoritilgan.
Pul tizimi: tushunchasi, shakllari va elementlari, O‘zbekiston Respublikasi pul
tizimining rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi. Pul islohotlarini amalga oshirishning
zarurligi, ularni amalga oshirish shart-sharoitlari, pul islohotlarini amalga oshirish
usullari keng yoritilgan.



Inflyasiya va uning turlari, yuzaga kelish sabablari, ijtimiy va iqtisodiy oqibatlari,


inflyasiya to‘g‘risida nazariyalar hamda pulning barqarorligini ta’minlash yo‘llari
yoritilgan.
SHuning bilan birga, kreditning zarurligi, mohiyati va funksiyalari, tamoyillari,
xarakterli belgilari, xususiyatli tomonlari yoritilgan. Kreditning iqtisodiy
barqarorlikdagi o‘rni ochib berilgan.
Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlarining yuzaga kelish sabablari.
Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlari, shakllari va turkumlanishi,
kreditning bahosi va unga ta’sir qiluvchi omillar yoritib berilgan.
SHuning bilan birga, banklarning kelib chiqishi va bank tizimi, Markaziy bank va
uning funksiyalari, ularning aktiv va passiv operatsiyalari, ularni mustaqilligi keng
yoritib berilgan.
Tijorat banklari va ularning bajaradigan funksiyalari, ularni tashkil etish va
iqtisodiyotni rivojidagi o‘rni yoritilgan.SHuning bilan birga nobank kredit
tashkilotlari, zarurligi va ularning turlari,vazifalar ularni tartibga solish masalalari
hamda kredit tizimi, elementlari va uning barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar ochib
berilgan.
SHuningdek, halqaro valyuta munosabatlari, asoslari, milliy
valyuta tizimi va turlari
,
vazifalari va ularni tartibga solish masalalari yoritilgan. SHuning bilan birga,
halqaro moliya institutlari va ularning turlari maqsadi va vazifalari bajaradigan
operatsiyalarini o‘z ichiga olgan keng qamrovli fanning predmetlarini o‘z ichiga
olgan.
Uzoq qadimdan ishlab chiqarishning va tovar munosabatlarini rivojlanishi
natijasida pul yuzaga chiqa boshlagan. Bizning fikrimizcha pulning yuzaga
chiqishiga
bevosita
quyidagi
omillar
ta’sir
ko‘rsatgan:
1. Jamiyatda mehnat taqsimotini hamda mahsulotlar almashuvini yuzaga chiqishi.
2. Natural xo‘jalikdan asta —sekin tovarlarni ishlab chiqarish va ularni
ayirboshlashga
o‘ta
boshlashi;
3. Tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va mol —mulk jihatidan mustaqil
mulkdorlarning shakllanib borishi;
4. Ayirboshlash jarayonida ekvivalentligi (moslik) yuzaga chiqishi va unga rioya
etila borishligi.



Insoniyat rivojlanishining ilk davrlarida insonlar jamoa bo‘lib yashaganlar va ular


o‘zlarining natural xo‘jaligini yuritganlar. Natural xo‘jalik sharoitida pul bo‘lmagan,
chunki unga xech qanday talab va ehtiyoj bo‘lmagan. Natural xo‘jalikda mahsulot
ishlab chiqarilgan, tovar emas. CHunki ushbu xo‘jalikda mahsulotlar o‘z
ehtiyojlarini qondirishga sarflangan. Faqatgina ehtiyojdan ortib qolgan mahsulot
tasodifiy
tarzda
boshqa
natural
xo‘jalikdagi
ortiqcha
mahsulotga
ayirboshlangan
holos.
Dexqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikning ajrab chiqishi tufayli ularda
endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo‘ldi. Ushbu ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zlaridagi etishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni o‘zlarining
ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda
ayirboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan
o‘z ehtiyojini kondirish uchun emas, balki uni ayriboshlash maqsadida etishtirgan
mahsuloti tovarga aylandi.
Umumiy ekvivalentna o‘tishning zaruriyati shundan iboratki, jamiyatda ishlab
chiqarish tarakkiyotining malum boskichida bozorda tovarlar ayirboshlashi
muntazam xodisaga, iqtisodiy xayotning muhim omiliga aylangan. Jamiyat azolari
tovarlar ayirboshlashsiz yashay olmay qolgan va xar bir ishlab chiqaruvchi mehnati
mahsuliga umumiy o‘lchov birligi zarur bo‘lib qolgan, Faqatgina umumiy
ekvivalent rolini bajaruvchi tovargina barcha mahsulotlar uchun ulchov vositasiga
aylangan. Bundan malum bir tovar egasi, o‘zining shaxsiy istemoli uchun zarur
bo‘lgan boshqa bir tovarni olish maqsadida u dastlab o‘zi etishtirgan tovarni
bozorda umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovarga ayirboshlagan.
Ishlab chiqarishning kengayib borishi, tovar munosabatlarini rivojlanishi
natijasida bozor pul rolini uynovchi metallarga quyidagi talablarni qo‘yadi:

metalning tabiatda kamyobligi

metallning
bir tarkibliligi
;

kerakli mikdorda olishning qiyinligi;

qiymatni yuqotmasdan, yoki juda kam mikdorda yo‘qotish asosida
bo‘linishi (maydalanishi);

ixchamligi va engilligi;

uzoq muddat davomida zanglamasdan saqlanishi.



Biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan talablarga aynan kumush hamda undan ko‘p mikdorda


oltin to‘la javob bergan. Ushbu talablarga javob bergan kumush ham uni ko‘p
miqdorda hamda kam harajat bilan qazib olinishi va qayta ishlanishi sababli u oltinga
bas
kela
olmagan.
SHunday qilib pulning rivojlanish bosqichida butun dunyo bo‘yicha umumiy
ekvivalent rolini o‘ynovchi pul sifatida oltin tan olingan va bozorda u
yakka xukmronga aylangan. SHu asosda butun dunyo bo‘yicha xalkaro hisob —
kitoblarda
yagona
to‘lov
vositasi
bo‘lib
oltin
hisoblangan.

Yüklə 75,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin