Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi
turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga
qarab farqlanadi.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, Markaziy bankning bosh maqsadi
milliy valyuta
barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bunda “milliy valyuta barqarorligi” tushunchasini
ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligi yoki
uning
ichki xarid qobiliyati barqarorligi deb talqin qilish mumkin.
Almashuv kursining erkin shakllanishi sharoitida milliy valyutaning barqarorligi
uning ichki harid qobiliyatini saqlash orqali erishiladi.
Bunda, erkin suzib yuruvchi almashuv kursi iqtisodiyotni ichki
barqarorlashtiruvchi funksiyasini bajaradi. Boshqacha qilib
aytganda, to‘lov
balansi bilan bog‘liq tashqi shok va qiyinchiliklar kuzatilganda
almashuv
kursining mos ravishda o‘zgarishi ekportyorlar va import o‘rnini
bosuvchi
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Ayni paytda Markaziy bank pul-kredit siyosatining asosiy maqsadini ikki xil
tushunilishini oldini olish va uning faoliyati asosiy yo‘nalishini
aniq belgilab
olish maqsadida qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlash lozimki, narxlar barqarorligi deyilganda nol darajadagi
yoki salbiy inflyatsiya
ko‘rsatkichlari nazarda tutilmaydi. Narxlar barqarorligi deyilganda narxlarning turg‘un
holatda turishi emas, balki ularning past darajada o‘sishi tushuniladi. Bir qarashda
narxlarning turg‘un turishi maqbul ko‘rinsa-da, narxlarning past va barqaror o‘zgarishi
iqtisodiyotning samarali faoliyati uchun eng qulay sharoit hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: