121
obyektlarining tarkibidan kelib chiqqan holda, hisob siyosatini
shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan muayyan shart-sharoitlar aniqlanadi.
Uchinchi bosqichda oldingi bosqichda aniqlangan, yo‘l quyilgan
qoidalarga nisbatan hisob siyosatining tuzilishi tahlil qilinadi.
To‘rtinchi
bosqich buxgalteriya hisobini yuritishning
muqobil usullaridan
maqbulini tanlashdan iborat.
Beshinchi bosqichda muayyan korxona
uchun buxgalteriya hisobi usullari tanlanadi. Oxirgi,
oltinchi bosqichda
tanlangan hisob siyosati hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Hisob siyosatining variantini tanlashga quyidagi omillar ta’sir
ko‘rsatadi:
-
korxonaning tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy maqomi (mulkchilik
shakli, tashkiliy-huquqiy shakli, tarmoq va faoliyat turi, ko‘lami);
-
tadbirkorlikdagi joriy va uzoq muddatli maqsadlari (korxonani
kengaytirish, qo‘shimcha moliyaviy
resurslar jalb qilish,
raqobatbardoshlikni mustahkamlash va b.);
-
faoliyat xususiyatlari – ishlab chiqarish (texnologik tuzilmasi,
ishlatiladigan resurslar), tijorat (ta’minot va sotigshni tashkil etish, hisob
kitob tizimi va shakllari), moliyaviy (bank,
soliq inspeksiyasi bilan
o‘zaro munosabatlar), boshqaruv (tuzilmasi, mulkdorlarga bog‘liqligi,
ularga hisobot taqdim etish tartibi);
-
kadr ta’minoti – xodimlarning malakasi;
-
xo‘jalik vaziyati – bozor infratuzilmasining rivojlanganligi,
buxgalteriya hisobi va soliq qonunchiligining ahvoli.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishning umumiy tamoyillari va
qoidalari O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya
hisobi
to‘g‘risida»gi Qonuni, Buxgalteriya hisobi Milliy standartlari va boshqa
me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan.
Korxona hisob siyosatini tanlashda uning muayyan xo‘jalik
vaziyatiga mos kelishini ta’minlaydigan, ma’lum tamoyillardan kelib
chiqish zarur (4.2-rasm).
To‘liqlik. Korxona tomonidan tanlangan buxgalteriya hisobini
yuritish usullari korxonadagi barcha xo‘jalik
faoliyati faqtlarini aks
ettirishi lozim. Ushbu talab har bir faktni hujjatlashtirish vap hisobda aks
ettirish yo‘li bilan ta’minlanadi.
O‘z vaqtidalik moyili xo‘jalik faoliyati faktlarini sodir bo‘lgan
paytda aks ettirish lozimligini bildiradi.
Ehtiyotkorlik. Korxonada qo‘llaniladigan usullar buxgalteriya hiso-
bida daromadlar va aktivlarni
aks ettirishga qaraganda, yo‘qotishlar va
passivlarni aks ettirish imkoniyatini ko‘proq ta’minlashi lozim. Bu hi-