143
Xo‘jalik mablag‘larini baholash uchun haqiqiy tannarx faqat
ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlari bilan bog‘liq xara-
jatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida olinishi mumkin. Hi-
sob-kitob asosida tannarxni aniqlash usuliga
kalkulyatsiyalash deb ata-
ladi. Baholash va kalkulyatsiyalash buxgalteriya hisobi metodining
asosiy usullaridan bo‘lib, ularsiz buxgalteriya hisobining muhim umum-
lashtiruvchi qiymat o‘lchovlari to‘g‘risidagi axborotlarni shakllantira-
digan tizim sifatidagi asosiy tavsifi ro‘yobga chiqmaydi. Yerkin
iqtisodiyot sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlari,
passivlari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari o‘zlarining aniq
ifodasini qiymat shaklida aks ettirishi lozim. Xarajatlar va ishlab
chiqarish natijalari, soliq, bank va boshqa kredit muassasalari, korxo-
nalar hamda tashkilotlar bilan o‘zaro
munosabatlar, xodimlar bilan
hisob-kitoblar, xususiy kapital va kapital quyilmalarning harakati faqat
qiymat shaklida aks ettirilishi mumkin va tegishli tarzda baholashni ta-
lab etadi.
Demak, baholash va kalkulyatsiya korxona aktivlari, passivlari
hamda xo‘jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tizimin-
ing ajralmas qismidir. Ta’minot jarayonini buxgalteriya hisobida aks et-
tirish Materiallarni tayyorlash tannarxini
aniqlash bilan yakunlanib, ular
ishlab chiqarishga shu tannarx bo‘yicha beriladi. Ishlab chiqarish jaray-
onini buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida tayyor mahsulot (ba-
jarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)larning haqiqiy tannarxi aniqlanib, ular
shu tannarx bo‘yicha sotiladi. Realizatsiya jarayonini buxgalteriya hiso-
bida aks ettirish natijasida mahsulot(ish, xizmat)larning to‘la tannarxiga
qo‘shilmaydigan realizatsiya xarajatlari hamda realizatsiya ning moli-
yaviy natijasi aniqlanadi.
Xo‘jalik mablag‘lari va ularning vujudga kelishi manbalari alohida
elementlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi schotlarida pul ifodasida aks et-
tiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya
hisobining asosiy
obyektlariga quyidagilar kiradi: o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lar va
ularning harakati; xo‘jalik jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan jonli va bu-
yumlashgan mehnat xarajatlari; xo‘jalik munosabatlari ya’ni mol yet-
kazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar,
davlat budjeti va shunga
o‘xshashlar bilan bo‘ladigan hisob-kitob munosabatlari. Byudjetdan
moliyalashtiriladigan subyektlarda ayrim o‘ziga xos hisob obyektlari
mavjud. Bularga davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar; byudjetdan
ajratilgan mablag‘lar hisobidan qilingan sarflar (tasdiqlangan smetalar
bo‘yicha); pullik va hisob-kitob muomalalari misol bo‘ladi.