R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Sotish rentabelligi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

11.7. Sotish rentabelligi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili 
Sotish rentabelligi sotishdan olingan yalpi foyda summasini mahsulot (ish, 
xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum summasiga bo‘lish va 100 foizga 
ko‘paytirish orqali aniqlanadi: 
R = 
Yalpi foyda 
x 100% 
Sotishdan olingan sof tushum
Yuqorida matematik formula ko‘rinishida ifodalangan sotish rentabelligini 
aniqlash tartibidan ko‘rinadiki, uni darajasining o‘zgarishiga ikki omil ta’sir qiladi. 
Ya’ni: 

mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan sof tushum summasining 
o‘zgarishi (SST); 

mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan yalpi foyda summasining 
o‘zgarishi (YaF). 
Bunda ikkala omil bir-biridan mustaqil holda o‘zgaradi deb faraz qilinadi. 
Sotish rentabelligining o‘zgarishiga omillar ta’sirini “Qayta hisoblash” 
usulidan foydalangan holda aniqlash mumkin. Bunda har bir omilning ta’sirini 
hisoblash uchun qayta hisoblangan natija ko‘rsatkichini aniqlab olish lozim. Bu 
ko‘rsatkich birinchi omilning haqiqiy (hisobot yili) summasini (YaF
1
) ikkinchi 
omilning reja (o‘tgan yil)dagi summasiga (SST
0
) bo‘lish va 100 foizga ko‘paytirish 
orqali aniqlanadi. Ya’ni: 
R
qh
= (YaF
1
: SST
0
) × 100 % 


256 
Shundan so‘ng, sotish rentabelligining o‘zgarishiga yuqoridagi ikki omilning 
ta’sirini topish uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish lozim: 
-
sotish rentabelligining yalpi foyda summasining o‘zgarishi hisobiga 
o‘zgarganligini (∆R
yaf
) aniqlash uchun sotish rentabelligining qayta hisoblangan 
darajasidan (R
qh
) uning reja (o‘tgan yil) dagi darajasini (R
0
) ayirish lozim: 
±∆R
yaf
= R
qh
- R
0
= ((YaF
1
: SST
0
) × 100 %) - ((YaF
0
: SST
0
) × 100 %) 
-
sotish rentabelligining o‘zgarishiga mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan 
olingan sof tushum summasi o‘zgarishining ta’sirini (∆R
sst
) aniqlash uchun uning 
haqiqiy (hisobot yil) darajasidan (R
1
) qayta hisoblangan darajasini (R
qh
) ayirish 
lozim: 
±∆R
sst
= R
1
- R
qh
= ((YaF
1
: SST
1
) × 100 %) - ((YaF
1
: SST
0
) × 100 %) 
Shuni ta’kidlash lozimki, yuqoridagi ikki omilning ta’siri natijaning umumiy 
farqiga teng bo‘lishi kerak: 
±∆R = (±∆R
yaf
) + (±∆R
sst

Mazkur hisob-kitoblarning amaliy isbotini “Sharq” fermer xo‘jaligi 
ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega 
bo‘lindi (11.8-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin