251
bunday o‘zgarishiga har bitta ko‘rsatkichning ta’sirini farq qatoriga qarab baholash
mumkin. Masalan, mahsulotlarni sotishdan olingan
sof tushum summasining
o‘tgan yilga nisbatan hisobot yilida 29942 ming so‘mga ko‘payishi, sof foyda
summasini shuncha so‘mga oshishiga olib kelgan. Biroq,
sotilgan mahsulotlar
tannarxining 36740 ming so‘mga ko‘payishi, sof foyda summasini shuncha so‘mga
kamayishiga ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga, o‘tgan yilga nisbatan hisobot yilida
davr xarajatlari summasining 6170 ming so‘mga kamayishi va asosiy faoliyatning
boshqa daromadlari summasining 4630 ming so‘mga ko‘payishi, sof foyda
summasini 10800 ming so‘mga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa,
foydadan
to‘langan boshqa soliqlar va yig‘imlar summasining 1424 ming so‘mga ko‘payishi,
uning shuncha summaga kamayishiga olib kelgan.
Dostları ilə paylaş: