R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Asosiy faoliyatning moliyaviy natijalari tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
11.4. Asosiy faoliyatning moliyaviy natijalari tahlili 
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda foyda ko‘rsatkichlaridan biri 
bo‘lgan “Asosiy faoliyat foydasi (zarari)” moddasi bo‘yicha (100-satr) xo‘jalik 
yurituvchi subyekt asosiy faoliyatining moliyaviy natijasi ko‘rsatiladi. U 
“Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishning yalpi foydasi (zarari)” ko‘rsatkichidan 
(030-satr) davr xarajatlari summalarini (040-satr) chegirish va asosiy faoliyatdan 
olingan boshqa daromadlar summalarini (090-satr) qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Ya’ni bu ko‘rsatkichni quyidagicha matematik formula ko‘rinishida ifodalash 
mumkin: 
AFF = YaF – DX + BD, (11.3) 
bunda, 
AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda; 
YaF-yalpi foyda; 
DX-davr xarajatlari; 
BD-asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar. 
Yuqoridagi formuladan ko‘rinadiki, asosiy faoliyatning moliyaviy 
natijasining o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatar ekan: 
-
yalpi foyda summasining o‘zgarishi; 
-
davr xarajatlari summasining o‘zgarishi; 
-
asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar summasining o‘zgarishi. 
Mazkur omillar asosiy faoliyatning moliyaviy natijasiga bevosita o‘zining 
ijobiy yoki salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. 
Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasiga ta’sir ko‘rsatuvchi birinchi omil, 
yalpi foyda va uni aniqlash tartibi hamda uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillar tahlilini yuqoridagi paragraflarda ko‘rib chiqdik. Shu sababli, endi ikkinchi 
omil davr xarajatlariga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. 
Davr xarajatlari deyilganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq 
bo‘lmagan xarajatlar tushuniladi. Davr xarajatlari tarkibiga quyidagi xarajatlar 


247 
kiritiladi: 
-
sotish xarajatlari; 
-
ma’muriy-boshqaruv xarajatlari; 
-
boshqa operasion xarajatlar. 
Bunda sotish xarajatlari qatoriga bevosita mahsulotlarni xaridor va 
buyurtmachilarga ortib jo‘natish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi. 
Ya’ni, sotuvchilarning ish haqi xarajatlari, ish haqidan ajratmalar, asosiy vositalar 
amortizasiyasi, reklama xarajatlari va boshqa xarajatlar. 
Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari qatoriga esa xo‘jalik yurituvchi subyekt 
boshqaruvi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiritiladi: mehnat haqi va undan 
ajratmalar, ma’muriy binolar va xizmat mashinalari amortizasiyasi, material 
xarajatlari va boshqa. 
Boshqa operasion xarajatlar qatoriga yuqoridagi sotish va ma’muriy-
boshqaruv xarajatlari tarkibiga kiritilmagan xarajatlar kiradi. Ya’ni, bank xizmati 
xarajatlari, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash xarajatlari, to‘langan 
jarima va penyalar, moddiy yordam va boshqa xarajatlar. 
Shuningdek, asosiy faoliyatning moliyaviy natijasiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
uchinchi omil asosiy faoliyatning boshqa daromadlari bo‘lib, uning tarkibiga 
quyidagilar kiradi: 
-
undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar va penyalar; 
-
hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi foyda; 
-
xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalarini va boshqa mol-
mulklarini sotishdan olingan daromadlar; 
-
da’vo bildirish muddati o‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan 
chiqarishdan olingan daromadlar; 
-
davlat subsidiyalaridan daromadlar; 
-
xolisona moliyaviy yordam; 
-
boshqa operasion daromadlar. 
Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi tahlilida birinchi navbatda ushbu 


248 
ko‘rsatkich to‘g‘ri aniqlanganligi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillarning aniq shakllantirilganligi o‘rganilgan holda baho beriladi. Shundan 
so‘ng, uning o‘zgarishi aniqlanadi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlil 
qilib o‘rganiladi. 
Tahlil natijalari asosida asosiy faoliyat foydasini oshirishning ichki 
imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi va uni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-
tadbirlar ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi. 
Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasini “Sharq” fermer xo‘jaligi misolida 
tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (11.4-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin