240
6,7 % ga hamda soliq xarajatlarining 1424 ming so‘mga yoki 7,8 % ga oshganligi
sof foydaning kamayishiga ta’sir ko‘rsatgan. Ya’ni, bu xarajatlar mahsulot
sotishdan olingan sof tushumning 29942 ming so‘mga
va asosiy faoliyatning
boshqa daromadlarini 4630 so‘mga ortganligini ham qoplab yuborgan. Shu sababli,
“Sharq” fermer xo‘jaligi rahbariyati birinchi navbatda mahsulot ishlab chiqarish
xarajatlarini nazorat qilgan holda mahsulot tannarxini
kamaytirish choralarini
ko‘rishi lozim. Shu bilan birga, soliq xarajatlarining ham ko‘payishiga nima sabab
bo‘lganligini ham o‘rganib chiqish zarur deb hisoblaymiz.
11.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida sof
foyda o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar bu mahsulotlarni sotishdan
olingan sof tushum va sotilgan mahsulotlar tannarxi ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Shu bois, keyingi paragrafda mahsulotlarni sotishdan
olingan moliyaviy natija va
uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahliliga to‘xtalib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: