Moliyaviy
natijalar hisobi
Reja:
1. Moliyaviy natijalar kursatkichlarining moxiyati va axamiyati
2. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) hisobi
3. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar va davr
xarajatlari hisobi
4. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar va xarajatlar hisobi
5. Favqulodda foyda va zararlar hamda yakuniy moliyaviy
natijalar hisobi
1. Moliyaviy natijalar kursatkichlarining moxiyati va axamiyati.
Moliyaviy natijalar - bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum hisobot davrida tadbirkorlik
faoliyati jarayonida o‘ziga qarashli mablag‘ning oshishi yoki kamayishidir. Buxgalteriya
hisobida bunday faoliyat natijasi hisobot davridagi barcha foydalar va zararlarni hisoblash
yo‘li bilan aniqlanadi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish korxonalar faoliyatini
tubdan isloh qilish, ularni yuzaga kelgan yangi iqtisodiy munosabatlar sharoitida rivojlanishini
ta’minlash, mamlakatda kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish korxonalarning moliyaviy
barqarorligiga uzviy bog‘liq. Korxonalarning moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishi ularning
faoliyati davomida olgan foydasining to‘g‘ri shakllantirilishi bilan bog‘liq. Chunki korxonalarda
foyda shu yerda ishlovchilarning moddiy ta’minlanishining, korxonalarda ishlab chiqarish
faoliyatini kengaytirishning, ishlab chiqarishda fantexnika yutuqlarini va yangi
texnologiyalarni joriy qilish kabi ishlarning asosiy moddiy manbasi hisoblanadi. Foyda moddiy
ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlik faoliyati jarayonida yaratiladi. Ishlab chiqarish omillari
(mehnat, kapital va tabiiy resurslar) va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning foydali ishlab
chiqarish faoliyati birikishi natijasida mahsulot ishlab chiqariladi, u iste’molga sotilganda,
tovar bo‘lib hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy natijalarini o’rganish va unga baxo berishda
moliyaviy natija ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Moliyaviy natija ko’rsatkichlari quydagilardan
iboratdir:
-maxsulot sotish olingan yalpi foyda;
-asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda;
-umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda;
-soliq to’languncha olingan foyda;
-sof foyda.
Maxsulot sotishdan olingan yalpi foyda (kurilgan zarar) kursatkichi xujalik yurituvchi
sub'ektning maxsulot (ish, xizmat) ko’rsatishi bilan faoliyatiga baxo berish, uni o’rganishga
yordam beradi. Ushbu ko’rsatkichni taxlil etish orkali, korxonaning xisobot davridagi va
kelgusidagi moliyaviy faoliyatiga baxo beriladi. Mazkur moliyaviy kursatkich ya'ni maxsulot
sotishdan olingan foyda moliyaviy xisobot №2 shakli buyicha “Moliyaviy natijalar to’grisidagi
xisobotda” keltirilib, undagi ma'lumotlardan ichki va tashki foydalanuvchilar bemalol
foydalanishlari va tegishli xulosa chiqarishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |